25
2
1
3
4
5
6
7
14-rasm. Gidraning
jinsiy ko‘payishi:
1 –
tuxum hujayra;
2 – urug‘ hujayra;
3 – urug‘langan hujayra;
4, 5 – urug‘langan hujay-
raning bo‘linishi;
6, 7 – ikki qavatli
embrion.
Ta’sirlanishi va refleks hosil qilishi.
Ektodermada uzun o‘sim
tali
yulduzsimon
nerv hujayralari tarqoq joylashgan. Ularning o‘simtalari
tutashib, nerv to‘rini hosil qiladi. Nerv hujayralari yor
damida gidra
tashqi muhit ta’sirini sezadi va tanasini yig‘ib oladi. Gidraning
ta’sirlanishga
javob berish xususiyati refleks deb ataladi.
Endoderma hujayralari, oziqlanishi.
Endoderma qavati soxta
oyoq
lar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan
yirik xivchinli va bez-
li hujayralardan iborat. Hujayralar hazm shirasi ishlab chiqarish
va hazm qilish vazifasini bajaradi. Gidraning ozig‘i ham bir hu-
jayralilar singari hujayra ichida hazm bo‘ladi. Gidra tutilgan o‘lja-
ni paypaslagichla
riga
yopishtirib, og‘ziga olib boradi. Oziq tana
bo‘shlig‘iga tushib, hazm suyuqligi ta’sirida maydalanadi. Xivchinlar
oziqni hujayralarga haydaydi.
Hujayralar soxta oyoq
lari yordamida
oziqni qamrab olib, hazm qiladi.
Regeneratsiya.
Ektoderma hujayralari
orasida yirik yadroli may
da
oraliq hujayralar bo‘ladi. Gidra tanasi jarohatlanganda bu hujayralar
tez o‘sa boshlaydi va shikastlangan hujayralar o‘rnini to‘ldiradi.
Tananing jarohatlangan yoki yo‘qotilgan qismining tiklanishi
regene-
ratsiya deyiladi. Gidra tanasi 200 bo‘lakka
ajratilganda ham har
qaysi bo‘lakdan bittadan gidra tiklanishi aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: