Zoologiya uzb 2017. indd


Koloniya hosil qiluvchi poliðlar



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   171
zoologiya 7 uzb

Koloniya hosil qiluvchi poliðlar
. Koloniya hosil qiluvchi polið-
lar koloniyasi gidraga o‘xshash tuzilgan juda ko‘p sonli poliðlardan 
iborat. Koloniyadagi poliðlarning ichki bo‘shliqlari o‘zaro tutashgan 
bo‘ladi. Shuning uchun har bir poliðning tutgan ozig‘i hamma 
koloniya a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi. Koloniya hosil qiluv-
chi poliðlar mayda organik qoldiqlar va mikroorganizmlar bilan 
oziqlanadi. Ko‘pchilik turlarining tanasi devorida ohak skelet hosil 
bo‘ladi. Qattiq skeletli, koloniya bo‘lib yashovchi bo‘sh 
li 

ichlilar 
korall poliðlar deb ataladi (15-rasm, 5, 6).
Koloniya bo‘lib yashovchi poliðlar jinsiy ko‘payganda tu 
xum 
dan 
chiqqan lichinkasi aktiniyalar lichinkasi singari suv tubiga yopishib, 
kichkina polið hosil qiladi. Polið davrida esa gidra singari jinssiz 
kurtaklanish orqali ko‘payadi. Lekin kurtakdan hosil bo‘lgan yosh 
poliðlar ona tanasidan ajralib ketmasdan birga kurtaklana boshlay-
di. Shu tariqa koloniya hosil bo‘ladi.


28
III bob. Ko‘p hujayrali hayvonlar: bo‘shliqichlilar tiрi
15-rasm. Dengiz bo‘shliqichlilari:
1 – ildizog‘iz meduza; 2 – qutb meduzasi; 3 – aureliya; 4 – aktiniyalar; 
5 – qizil korall polið; 6 – korall poliðlar koloniyasi
2
3
1
6
5
4


29
Korall riflari.
Tropik dengiz sohillari yaqinida, okeanning uncha 
chuqur bo‘lmagan joylarida korall poliðlar zich joylashib, juda yirik 
koloniyalar riflarini hosil qiladi. Koloniya suv yuzasiga qarab o‘sa-
di; suv tubida esa koloniyaning halok bo‘lgan ostki qismi ko‘plab 
to‘planib qoladi. Shu tarzda vaqt o‘tishi bilan poliðlar koloniyasi 
korall orollarini hosil qiladi. Shamol, suv va qushlar orqali har xil 
o‘simliklarning urug‘i kelib qolishi natijasi 
da riflarda hayot boshla-
nadi. Bunday riflar Tinch okeanning tropik qismida, ayniqsa, Avs-
traliya qirg‘oqlari yaqinida ko‘p uch 
raydi.
Korall riflaridan qurilish materiali (ohaktosh) sifatida foydala-
niladi. Ayrim riflardan (qizil korall) zeb-ziynat buyumlari tay-
yorlanadi. Korall riflari turli baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari 
uchun makon bo‘ladi. Shuning uchun riflar tarqalgan joylar qo‘riq-
xonalarga aylantirilgan.
Meduzalar.
Meduzalarning tanasi birmuncha tiniq, shishasimon 
dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga o‘xshab ketadi (15-
rasm, 1, 2, 3). Soyabonning ostki tomoni markazida joylashgan 
og‘iz teshigi atrofida va soyabonning chetida juda ko‘p paypa 
s-
lagichlari bo‘ladi. Tana devori hujayralari hamma bo‘sh 
liqichlilar 
singari ikki qavat joylashgan, lekin oraliq moddasi juda kuchli 
rivojlangan. Meduzalarning soyaboni qisqarganda uning ostidagi suv 
kuch bilan otilib chiqib, reaktiv harakat paydo bo‘ladi.
Meduzalar yirtqich bo‘lib, qisqichbaqasimonlar, chuval-
changlar, baliq chavoqlari va boshqa mayda suv hayvonlari bi-
lan oziqlanadi. Ular o‘ljasini otiluvchi tolalari yordamida falaj -
lab, og‘iz atrofidagi yirik paypaslagichlari yordamida og‘ziga 
soladi. Ayrim meduzalar 
ning otiluvchi tolalari kuydirish xususi-
yatiga ega. Shimoliy dengizlarda uchraydigan qutb meduzasi va 
Qora dengizda ildizog‘iz meduza cho‘miluvchilar uchun xavfli 
hisoblanadi. Dengiz likopchasi deb ata 
ladigan, barcha dengiz-
larda keng tarqalgan aureliya meduzasi odam uchun zararsiz. 
Meduzalar baliqlar chavoqlarini yeb, baliqchilikka birmuncha 
ziyon yetkazadi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin