29
Korall riflari.
Tropik dengiz sohillari yaqinida, okeanning uncha
chuqur bo‘lmagan joylarida korall poliðlar zich joylashib, juda yirik
koloniyalar
riflarini hosil qiladi. Koloniya suv yuzasiga qarab o‘sa-
di; suv tubida esa koloniyaning halok bo‘lgan ostki qismi ko‘plab
to‘planib qoladi. Shu tarzda vaqt o‘tishi bilan poliðlar koloniyasi
korall orollarini hosil qiladi. Shamol, suv va qushlar orqali har xil
o‘simliklarning urug‘i kelib qolishi natijasi
da riflarda hayot boshla-
nadi. Bunday riflar Tinch okeanning tropik qismida, ayniqsa, Avs-
traliya qirg‘oqlari yaqinida ko‘p uch
raydi.
Korall riflaridan qurilish materiali (ohaktosh) sifatida foydala-
niladi. Ayrim riflardan (qizil korall) zeb-ziynat buyumlari tay-
yorlanadi. Korall riflari turli baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari
uchun makon bo‘ladi. Shuning uchun riflar tarqalgan joylar qo‘riq-
xonalarga aylantirilgan.
Meduzalar.
Meduzalarning tanasi birmuncha tiniq, shishasimon
dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga o‘xshab ketadi (15-
rasm, 1, 2, 3). Soyabonning ostki tomoni markazida joylashgan
og‘iz teshigi atrofida va soyabonning chetida juda ko‘p paypa
s-
lagichlari bo‘ladi. Tana devori hujayralari hamma bo‘sh
liqichlilar
singari ikki qavat joylashgan, lekin oraliq moddasi juda kuchli
rivojlangan. Meduzalarning soyaboni qisqarganda uning ostidagi suv
kuch bilan otilib chiqib, reaktiv harakat paydo bo‘ladi.
Meduzalar yirtqich bo‘lib, qisqichbaqasimonlar, chuval-
changlar, baliq chavoqlari va boshqa mayda suv hayvonlari bi-
lan oziqlanadi. Ular o‘ljasini otiluvchi tolalari yordamida falaj -
lab, og‘iz atrofidagi yirik paypaslagichlari yordamida og‘ziga
soladi. Ayrim meduzalar
ning otiluvchi tolalari kuydirish xususi-
yatiga ega. Shimoliy dengizlarda uchraydigan
qutb meduzasi va
Qora dengizda
ildizog‘iz meduza cho‘miluvchilar uchun xavfli
hisoblanadi. Dengiz likopchasi deb ata
ladigan, barcha dengiz-
larda keng tarqalgan
aureliya meduzasi odam uchun zararsiz.
Meduzalar baliqlar chavoqlarini yeb, baliqchilikka birmuncha
ziyon yetkazadi.
Dostları ilə paylaş: