38
To‘garak chuvalchanglar tiði:
10-§.
odam askaridasi
To‘garak chuvalchanglar tanasi ko‘ndalang kesimi to‘garak shakl-
da, tana shakli iðsimon, ichki organlari tana boshlig‘ida joylashgan.
Dengiz, chuchuk suv
va tuproqda hayot kechiradi; odam, hayvon
va o‘simliklarda parazitlik qiladi. Bu tiðga odam askaridasi misol
bo‘ladi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.
Odam
askaridasi ingichka
ichakda parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasi ikki uchi ingichkalash-
gan duksimon shaklda. Urg‘ochisining uzunligi 20–40 sm, erkagi
15–25 sm bo‘ladi. Erkak askaridaning dumi ilmoqqa o‘xshash
egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po‘st –
kutikula bilan qoplangan. Yopishuv
organlari rivojlanmagan, uning
elastik tanasi ichak devoriga taqalib turganidan ichakdan tashqariga
chiqib ketmaydi.
Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi.
Askaridaning
hazm qi-
lish sistemasi ikki uchi ochiq uzun nayga o‘xshaydi. Bu nay og‘iz
teshigidan boshlanib, qisqa halqum,
qizilo‘ngach, o‘rta ichak hamda
keyingi ichak orqali
orqa chiqaruv (anal) teshigi bilan tamom bo‘la
-
di. Tanasi oldingi uchida joylashgan og‘iz teshigi uchta lab bilan
o‘ralgan (21-rasm). Askarida ingichka ichakda hazm bo‘layotgan
oziqni so‘rib oladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi uning
anal
teshigi orqali chiqib ketadi.
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
Dostları ilə paylaş: