Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   171
zoologiya 7 uzb

YASSI VA TO‘GARAK 
CHUVALCHANGLAR TIPLARI
Yassi chuvalchanglar – tanasi ikki yonlama simmetriyali ko‘p 
hujayralilar. Ularning hazm qilish, ayirish, sezgi, germofrodit jinsiy 
organlari rivojlangan. Ular kiðrikli chuvalchanglar, so‘rg‘ichlilar, tas-
masimon chuvalchanglar sinflariga bo‘linadi.
Yassi chuvalchanglar tiði:
8-§.
kiðrikli chuvalchanglar sinfi
Kiðrikli chuvalchanglarning gavdasi bargsimon shaklda bo‘lib, 
mayda kiðriklar bilan qoplangan. Ular dengiz va chuchuk suvlarda 
erkin yashaydi. Oq planariya – tiðik vakili hisoblanadi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.
Oq planariya daryo va ko‘llar-
ning tubida hayot kechiradi. Uni ayrim kichikroq soylar 
ning tubi-
da yotgan tosh, barg va cho‘plarning ostidan topish mumkin. Oq 
planariya tanasining uzunligi 2–3 sm, oqish yoki kulrang tusda. 
Tanasi 
ning biroz kengaygan oldingi tomoni ikki yonida kalta o‘sim-
talarga o‘xshash ikkita sezgi paypaslagichlari va ikkita qora nuqta 
shaklidagi ko‘zcha 
lari joylashgan (16-rasm, A). Tanasi sirti bir qa-
vat kiðrikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Planariya kiðriklar 
yordamida sirpanib harakat qiladi.
Tana simmetriyasi.
Agar oq planariyaning tanasi bo‘ylab xayo 
lan 
to‘g‘ri chiziq o‘tkazi 
ladigan bo‘lsa, uning organlari shu chi 
ziqning 
ikki tomonida bir xil miqdorda joylashadi, ya’ni tananing har ikki 
qismi teng bo‘ladi. Tana organlarining ana shunday joylashishi ikki 
tomonlama simmetriya deyiladi.
Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi.
Planariyaning og‘iz teshigi 
qorin tomonida joylashgan. Og‘iz qisqa halqum bilan tutashgan. 
Halqumdan uch shoxli ichak boshlanadi (16-rasm). Shoxlardan biri 
tananing oldingi tomo 
niga, ikkitasi keyingi tomoniga yo‘nalgan. 
Ichak shoxlari juda ko‘p, uchi berk yon shoxchalar hosil qiladi. 
8-§. Yassi chuvalchanglar tiрi: kiрrikli chuvalchanglar sinfi


32
Og‘iz teshigi, halqum, ichak hazm qilish sistemasini hosil qiladi. 
Plana 
riyaning orqa ichagi va orqa chiqaruv teshigi bo‘lmaydi.
Planariya – yirtqich hayvon. U mayda suv hayvonlari – chuval-
changlar, qisqichbaqasimonlar va hasharotlarning lichin 
kalari bilan 
oziqlanadi. O‘ljani tanasi bilan qoplab olib, so‘radi. Oziq ichagida 
hazm bo‘lgach, ichak shoxchalari orqali tanaga tarqaladi. Oziq 
qoldiqlari og‘iz teshigi orqali chiqarib yuboriladi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin