27
7-§. Dengiz bo‘shliqichlilari
7-§. Dengiz bo‘shliqichlilari
Dengiz bo‘shliqichlilariga dengizlar tubida yakka o‘troq yashay-
digan aktiniyalar va o‘troq koloniya hosil qiladigan korall poliplar
hamda suv qa’rida erkin suzib yurib hayot
kechiradigan meduzalar
kiradi.
Yakka o‘troq yashovchi aktiniyalar
tanasining tuzilishi va shak-
li gidraga o‘xshash bo‘ladi. Lekin ancha yirik (tana
diametri
0,5 m gacha) va rangli bo‘lishi bilan gidradan farq qiladi (15-
rasm, 4) aktiniyalar). Paypaslagichlari og‘iz teshigi atrofida bir
necha qator bo‘lib joylashgan. Aktiniyalar suv tubidagi narsalar-
ga
yopishib yashaydi, ba’zan tovonida asta-sekin harakat qiladi.
Gidra singari ular ham o‘ljasini otiluvchi tolalari bilan jarohatlab,
paypaslagichlari yordamida og‘ziga soladi (9-video. Aktiniyaning
oziqlanishi). Ayrim aktiniyalar zohid
qisqichbaqalar va baliqlar
bilan simbioz yashashga moslashgan. Simbioz yashash har ikkala
hayvon uchun ham foydali bo‘ladi. Ulardan biri, masalan,
aktiniya
qisqichbaqa chig‘anog‘iga o‘tirib olib, uni yirtqich hayvonlardan
himoya qiladi. Qisqichbaqa esa aktiniyani o‘zi topgan ozig‘iga
sherik qiladi.
Dostları ilə paylaş: