Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171
zoologiya 7 uzb

3
2
1
4
5
6
7
B
A


25
2
1
3
4
5
6
7
14-rasm. Gidraning 
jinsiy ko‘payishi:
1 – tuxum hujayra
2 – urug‘ hujayra; 
3 – urug‘langan hujayra; 
4, 5 – urug‘langan hujay-
raning bo‘linishi; 
6, 7 – ikki qavatli 
embrion.
Ta’sirlanishi va refleks hosil qilishi.
Ektodermada uzun o‘sim 
tali 
yulduzsimon nerv hujayralari tarqoq joylashgan. Ularning o‘simtalari 
tutashib, nerv to‘rini hosil qiladi. Nerv hujayralari yor 
damida gidra 
tashqi muhit ta’sirini sezadi va tanasini yig‘ib oladi. Gidraning 
ta’sirlanishga javob berish xususiyati refleks deb ataladi. 
Endoderma hujayralari, oziqlanishi.
Endoderma qavati soxta 
oyoq 
lar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bez-
li hujayralardan iborat. Hujayralar hazm shirasi ishlab chiqarish 
va hazm qilish vazifasini bajaradi. Gidraning ozig‘i ham bir hu-
jayralilar singari hujayra ichida hazm bo‘ladi. Gidra tutilgan o‘lja-
ni paypaslagichla 
riga yopishtirib, og‘ziga olib boradi. Oziq tana 
bo‘shlig‘iga tushib, hazm suyuqligi ta’sirida maydalanadi. Xivchinlar 
oziqni hujayralarga haydaydi. Hujayralar soxta oyoq 
lari yordamida 
oziqni qamrab olib, hazm qiladi.
Regeneratsiya.
Ektoderma hujayralari orasida yirik yadroli may 
da 
oraliq hujayralar bo‘ladi. Gidra tanasi jarohatlanganda bu hujayralar 
tez o‘sa boshlaydi va shikastlangan hujayralar o‘rnini to‘ldiradi. 
Tananing jarohatlangan yoki yo‘qotilgan qismining tiklanishi regene-
ratsiya deyiladi. Gidra tanasi 200 bo‘lakka ajratilganda ham har 
qaysi bo‘lakdan bittadan gidra tiklanishi aniqlangan.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin