Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171
zoologiya 7 uzb

Ayirish sistemasi.
Tanasining g‘ovak to‘qimasida juda ko‘p uchi 
berk naychalar joylashgan (16-rasm, B, D). Bu naychalar tananing 
ikki yonidagi yirikroq ikkita naychaga kelib tutashadi. Moddalar 
almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan zararli moddalar tanadagi 
ortiqcha suv bilan birga mayda naychalarning ichiga sizib o‘tadi va 
ikki yon tomonda joylashgan yirik naylar orqali chiqarib yuboriladi.
Nerv sistemasi.
Planariyaning nerv hujayralari tananing ol 
dingi to-
monida to‘planib, ikkita nerv tugunini hosil qiladi (16-rasm, E). Nerv 
tugunlaridan tananing keyingi tomoniga ikkita yirik nervlar chiqadi. 
Nerv tugunlaridan tananing hamma qismiga nervlar ketadi. Nerv 
hujayralari va nerv tolalari birgalikda nerv sistemasini hosil qiladi.
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
16-rasm. Oq planariyaning ichki tuzilishi:
A – hazm qilish organlari (1 – halqum, 2 – ichak shoxchalari); B, D – ayirish 
sistemasi (3 – ayirish naychalari, 4 – naycha larning uchki hujayralari, 5 – nay-
chalarning alohida hujayralari); E – nerv sistemasi (6 – nerv tuguni, 7 – nerv 
stvoli); F – jinsiy organlar (8 – tuxumdon, 9 – urug‘don, 10 – tuxum yo‘li, 
11 – qo‘shilish organi, 12 – jinsiy teshik)
1
A
B
D
5
7
11
12
10
9
8
6
4
3
2
E
F


33
8-§. Yassi chuvalchanglar tiрi: kiрrikli chuvalchanglar sinfi
Sezgi organlari.
Planariya terisi orqali har xil ta’sirlarni sezadi. 
Agar unga biron narsa tegib ketsa, tanasini birdaniga qisqar 
tirib 
oladi. Paypaslagichlari, terisi va ko‘zchalari planariya 
ning sezgi or-
ganlari hisoblanadi.
Jinsiy sistemasi va ko‘payishi.
Tanasining oldingi qismida ikkita 
urg‘ochilik jinsiy organi – tuxumdonlar; ulardan keyinroqda pufakka 
o‘xshash erkaklik jinsiy organi – urug‘donlar joylashgan (16-rasm, F). 
Bu organlar jinsiy sistemani tashkil etadi. Tuxumdon 
larda tu 
xumlar, 
urug‘donlarda esa urug‘ hujayralari – spermato 
zoidlar hosil bo‘ladi. 
Urug‘langan tuxumlar to‘p-to‘p bo‘lib pilla ichiga qo‘yiladi. Tuxum-
dan chiqqan yosh planariyalar pilla devorini yorib suvga chiqadi.
Shunday qilib, planariya tanasidan bir vaqtning o‘zida tuxum 
va urug‘ hujayralar rivojlanadi. Planariya va unga o‘xshash ikki xil 
jinsga ega bo‘lgan hayvonlar germafrodit deyiladi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin