26
Gidra tuxum hujayrasining soxta oyoqlari bo‘ladi. Spermato-
zoidlar esa mayda, tez harakatlanadigan kichik hujayralardan iborat.
Ular suv orqali borib, tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘langan
tuxum
hujayra zigota deb ataladi. Zigotaning sirti qalin qobiq
bilan qoplanadi. Gidra qishda nobud bo‘ladi, zigota esa qishlab
qoladi. Bahorda zigotadan yosh gidra hosil bo‘ladi. Tuxum po‘sti
yorilishi bilan yosh gidra suvga chiqadi va o‘z
hayotini davom et-
tiradi.
1. Tana simmetriyasi nima?
2. Gidra ektodermasida qanday hujayralar bor?
3. Otuvchi hujayralar qanday vazifani bajaradi?
4. Endoderma hujayralari qanday vazifani bajaradi?
5. Regeneratsiya nima?
1. Poliðlar – bu bo‘shliqichlilar:
2. Zigota – tuxum hujayra:
a) erkin yashaydigan;
a) urug‘langan;
b) tuban tuzilgan;
b)
qishlab qoladigan;
d) yopishib yashaydigan.
d) urug‘lanmagan.
Gidra tanasi hujayralari va ular vazifasini juftlab yozing.
a) teri-muskul;
1) ta’sirlanish, refleks hosil qilish;
b) otuvchi;
2)
regeneratsiya;
d) nerv;
3) hazm qilish;
e) oraliq;
4) qoplash, harakatlanish;
f) xivchinli;
5)
hazm shirasi ishlab chiqarish;
g) bezli.
6) o‘ljani falajlash, himoya.
Dostları ilə paylaş: