30
poliðlar va meduzalar kelib chiqqan. Bo‘shliqichlilar tanasida
oziqni qamrab olib hazm qiladigan hujayralarning bo‘lishi bu
ning
dalili hisoblanadi.
1. Aktiniyalar qanday tuzilgan?
2. Korall poliðlar koloniyasi qanday hosil bo‘ladi?
3. Meduzalar qanday tuzilgan?
4. Meduzalar qanday harakat qiladi?
5. Qaysi meduzalar odam uchun xavfli?
6. Bo‘shliqichlilar qanday kelib chiqqan?
1. Qaysi javob aktiniyalar uchun xos?
a) koloniya bo‘lib
yashaydi;
b) paypaslagichlari bir necha qator joylashgan;
d) kurtaklari ona organizmidan ajralib ketmaydi.
2. Qaysi javob korallar uchun xos emas?
a) erkin suzib yashaydi;
b)
ohak skelet hosil qiladi;
d) koloniya bo‘lib yashaydi.
Dengiz bo‘shliqichlilari va ular tarqalgan joylarni juftlab yozing.
a) ildizog‘iz;
1) shimoliy dengizlar;
b) aureliya;
2)
tropik dengizlar;
d) qutb meduzasi;
3) Qora dengiz;
e) korall riflari.
4) barcha dengizlar.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Korall poliðlar, aktiniyalar, polið, riflar,
korall orollari, qizil korall, medu zalar,
aurelia, ildizog‘iz meduza,
qutb meduzasi, soyabon, reaktiv hara katlanish.
Jumboqni yeching.
Nima sababdan korall poliplar koloniyasi iliq suvli dengiz lar
sohili yaqinida keng tarqalgan?
Topishmoqda qaysi hayvonning tuzilishi va zahari to‘g‘risida so‘z yuritiladi?
6. Soyabonga o‘xshar tanasi,
Tega ko‘rmang, chaqar ninasi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-4, d-1, e-2.
III bob. Ko‘p hujayrali hayvonlar: bo‘shliqichlilar tiрi
?!