20
Bu parazitni odamga bezgak chivini yuqtiradi. Parazit qizil qon
tanachalariga kirib, tez bo‘linib ko‘payadi (10-rasm). Parazit qon
hujayralari ni yemirib, qon plazmasiga chiqqanida
odamning harorati
keskin ko‘tarilib, bezgak xuruj qiladi. Bu sinfga tut iðak qurti va
asalari paraziti
nozema ham kiradi.
1. Infuzoriyalar tuzilishining qaysi xususiyatlari boshqa
bir hujayralilardan farq
qiladi?
2. Tufelka sitoplazmasida qanday organoidlar joylashgan?
3. Tufelka oziqni qanday hazm qiladi?
4. Tufelkaning jinssiz ko‘payishi qanday sodir bo‘ladi?
5. Nima sababdan tufelka murakkab tuzilgan bir hujayralilarga kiri tiladi?
6. Bir hujayralilar hujayrasi ko‘p hujayralilar bitta hujayrasidan qanday farq
qiladi?
1. Tufelka hujayrasida bo‘ladi:
2. Sporalilar hujayrasida bo‘lmaydi:
a) bitta katta va bitta kichik yadro;
a) yadro,
qisqaruvchi vakuolasi;
b) bitta qisqaruvchi vakuolasi;
b) hujayra membrana hazm vakuolasi;
d) bitta hazm vakuolasi.
d) harakatlanish organoidlari.
Bir hujayralilar nomi va ularga mos keladigan yashash tarzini juftlab yozing.
a) nozema;
1) qon hujayralarini yemiradi;
b) tufelka;
2) arilar va iðak
qurti paraziti;
d) bezgak paraziti.
3) bakteriyalar bilan oziqlanadi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Infuzoriya, tufelka, kiðriklar, halqum, chiqarish teshigi, katta yadro,
kichik
yadro, kuydiruvchi tanacha, sporalilar, spora, bezgak paraziti, nozemalar.
Jumboqni yeching. Siz o‘tgan darslardan birida mikropreparatda amyobaning
tufelka infuzoriyasini qamrab olib oziqlanishini
mikroskop ostida olingan
video
film orqali tomosha qilgan edingiz. Tufelka esa amyobaga nisbatan an-
cha harakatchan hayvon hisoblanadi. U holda nima sababdan tufelka amyoba
qamrovidan qutulib ketolmagan?
Quyidagi topishmoqda qaysi hayvon to‘g‘risida so‘z yuritiladi?
4.
Suvga biroz pichan soldik,
O‘sha suvdan tomchi oldik.
Unda tirik jonni ko‘rib,
Biz hammamiz hayron qoldik.
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-3, d-1.
?!
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar