Zoologiya va biokimyo


Kalan yoki daryo qo‘ng‘izi



Yüklə 379,69 Kb.
səhifə14/21
tarix14.06.2022
ölçüsü379,69 Kb.
#61448
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
2 5276148906869135149

Kalan yoki daryo qo‘ng‘izi suv qirg‘oqlarida yashovchi yarim suv hayvoni hisoblanib, ozig‘i baliq, baqa, qisqichbaqa va boshqalar, ularni suvda ovlaydi, ko‘pincha bu hayvonni dengiz yoki kamchatka bobri deb ham atashadi, tanasini uzunligi 1,5 m bo‘lgan yirik hayvon. Tinch okeanning Shimoliy qismidagi dengizlarda keng tarqalgan. Dengiz tipratikanlari, mollyuskalar va ayrim vaqtlarda baliqlar bilan oziqlanadi. Qirg‘oqqa dam olish va ko‘payish paytida chiqadi. Mo‘ynasi qimmatbaho, uni ovlash man qilingan.
O‘zbekiston sharoitida quyidagi turlar tarqalgan:

  1. Qunduz -Lutra lutra L.

Zarafshon va Surxandaryo havzalarida ba’zi-ba’zida qunduz uchrab, uning mo‘ynasi juda qimmat turadi. Tanasining uzunligi 63-70, dumi 41-45 sm., erkaklari 6-8, urg‘ochilari 5 kg atrofida bo‘lib, barmoqlari suzgich parda bilan bir – biriga qo‘shilgan. Tanasining orqasi, ikki yon tomoni va dumi yaltiroq, och qo‘ng‘ir tusda, bosh qismi orqasiga qaraganda ochroq rangda bo‘ladi. Tanasining pastki tomoni yon tomonlariga nisbatan ochroqdir. Junining tagidagi momiq tuklari oqish rangda bo‘lib, uchi to‘q qo‘ng‘irdir. Yozda juni qishdagidan ko‘ra sal to‘qroq va kaltaroq bo‘ladi.
Qo‘nduz daryo ko‘llarining bo‘ylarida yashaydi. Tik qirg‘oqlardan in kovlab oladi. Iniga kirish yo‘li suv tagida bo‘ladi. Uya kamerasi suv damidan baland joylashadi. Goho inini toshlar orasiga quradi. Bu hayvon odatda suv havzalaridan 150 – 200 m dan uzoq ketmaydi.
Qunduz juda yaxshi suzadi va sho‘ng‘iydi. Suv ostida u 100 m gacha suzib borishi va 2-3 minut suv tagida turishi mumkin. Tunda yashirincha hayot kechiradi, asosan baliqlar bilan oziqlanadi. Baqalar, mollyuskalar, suv hasharotlari, suzuvchi qushlar va ularning tuxumlari, mayda hasharotlar va ba’zan o‘simliklarni ham yeydi, tutib olgan o‘ljasini sudrab, qirg‘oqqa olib chiqib, o‘sha yerda iste’mol qiladi.




4.1.1-rasm.Qunduz-Lutra lutra L



  1. Yüklə 379,69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin