mavzuga oid matnning mazmunini so‘zlab bera oladi, savollarga javob bera
oladi;
mavzuga oid dialoglarda so‘zlovchining fikriga munosabat bildira oladi;
mavzular bo‘yicha matnlarni to‘g‘ri o‘qiy oladi;
berilgan topshiriqlar asosida savollarga javoblar yoza oladi;
grammatik bilimlardan
aniq va mavhum otlar, o‘rin-joy otlari, kasb-hunar
otlari, narsa-buyum otlari, belgilash, jamlash, bo‘lishsizlik, gumon olmoshlari,
sanoq, tartib, chama, taqsim, butun va kasr sonlarni nutqda qo‘llay oladi;
nuqtalar yoki savollar o‘rniga mos so‘zlar va grammatik shakllarni qo‘yib
yozish orqali matnni to‘ldira oladi;
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha 41-50 so‘zdan
iborat diktant yoza oladi;
berilgan mavzular bo‘yicha 10-14 ta gapdan iborat matn tuzib yoza oladi.
A2+
o‘rganilgan mavzuga oid matnlar, ular yuzasidan topshiriqlar, audiovizual
vositalar orqali berilgan xabarlar, muloqotda suhbatdoshining
nutqini tinglab
tushuna oladi;
berilgan topshiriqlar asosida javoblarga savollar tuza oladi;
berilgan mavzu yoki rasm bo‘yicha 10-14 ta gapdan iborat matn tuzib yoza
oladi.
Dostları ilə paylaş: