Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


O‘ZBEK TILI FANI O‘QUV DASTURI



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

O‘ZBEK TILI FANI O‘QUV DASTURI 
(2-9-sinf) 
 
UQTIRISH XATI 
 
Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
o‘zbek tili fanidan 2-9-sinflari o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartining A1, A1+, A2, A2+ 
darajasi talablari asosida tuzilgan. Ushbu ta’lim bosqichlari bitiruvchilari Davlat 
ta’lim standartining mazkur darajalari uchun qo‘yilgan talablarga javob berishlari 
shart.
120 


Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
o‘zbek tili kommunikativ tamoyil asosida ikkinchi til sifatida o‘qitiladi. Shuning 
uchun ta’lim mazmunida asosiy diqqat-e’tibor nutqiy va lingvistik kompetensiyaga 
qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning o‘zbek tilidan egallaydigan lingvistik bilimlari 
vositasida kundalik turmush, ijtimoiy-madaniy hayot, mutaxassislik sohalarida 
og‘zaki va yozma erkin muloqot yurita olishlariga qaratilgan.
Boshlang‘ich ta’limda o‘zbek tili fanini o‘qitishdan maqsad, avvalo, o‘zbek 
tilining nutq tovushlari va harflari bilan tanishtirish, so‘ngra o‘quvchilarning lug‘at 
boyligini oshirish, o‘zbek tilida muloqotga kirisha olish ko‘nikmalarini hosil 
qilishdan iboratdir. Shunga ko‘ra 2-4-sinflar o‘quv dasturida avval talaffuz qilish, 
o‘qish, yozish, so‘ngra lug‘at, nutq namunalari, tinglab tushunish, so‘zlash, 
o‘qish va yozish bo‘yicha o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi shakllantiriladi. 
5-9-sinflardan boshlab esa o‘quvchilarga o‘zbek tilida so‘z tarkibi, 
so‘zlarning yasalishi va o‘zgarishi, so‘z turkumlari, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, 
so‘z birikmasi hamda gap tuzish qonuniyatlarini o‘rgatish yuzasidan nazariy 
bilimlarni berish ko‘zda tutiladi. Ushbu bilimlar asosida hosil qilinadigan 
ko‘nikma-malakalar bitiruvchilarda o‘zbek tilida so‘zlarni o‘zaro to‘g‘ri bog‘lab 
gap tuza olish, nutqning dialogik va monologik shakllarida erkin muloqot yurita 
olish kompetensiyasini shakllantirishi lozim. Shundan kelib chiqib o‘quv dasturida 
sinflar kesimida har bir nutqiy mavzu doirasida leksik-grammatik minimum (faol 
so‘zlar, birikmalar, so‘z shakllari), muomala odobi, adabiy o‘qish va ish 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin