Ўзр вазирлар Маҳкамасининг



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

Nutq namunalari: Sport bilan shug‘ullanish kerak. Sport bolalarni 
chiniqtiradi. Men badiiy gimnastika bilan shug‘ullanaman. Akam futbolga juda 
qiziqadi. Keling, biz bilan voleybol o‘ynashni mashq qiling. Sport bilan 
shug‘ullanganlar har doim sog‘lom bo‘ladi. 
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
150 


Tinglab tushunish va so‘zlash: sport, sport turlari, sport anjomlari
salomatlikka oid so‘zlar, ular yuzasidan berilgan savollarni, shu mavzudagi kichik 
matnlarni tushunib, savollarga javob bera olish. 
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni 
to‘g‘ri talaffuz qilish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan 
qo‘llab, gaplar tuzish. Shu mavzuda berilgan gaplar va matnlarni o‘qib, 
topshiriqlarni yoza olish. 
 
41-42-mavzu. Har doim tinchlik bo‘lsin! (2 soat, A1+4 soat) 
Lug‘at: tinchlik, barqaror, dunyo, xotirjamlik, chunki, vayron, xotira, 
hech kim kabi tayanch so‘zlar; bo‘lsin, ko‘paymasin, istamaydi, olib boradi 
kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar. 
Nutq namunalari: Har doim tinchlik bo‘lsin! Hech kim urushni istamaydi. 
Chunki urush uylarni vayron qiladi, odamlar halok bo‘ladi. Dunyoda yetimlar 
ko‘paymasin. Har yili ustozimiz “Xotira maydoni”ga olib boradilar. 
Buyruq-istak maylining -sin qo‘shimchasi. U va O‘ tovushlari talaffuzi (2 
soat). 
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar 
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid so‘zlar, berilgan savollarni, shu 
mavzudagi kichik matnlar mazmunini tushunib, savollarga javob bera olish. 
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni 
to‘g‘ri talaffuz qilish, berilgan matn, kichik hikoyalarni o‘qiy olish, she’rlarni 
ifodali o‘qiy olish, mavzuga oid ko‘p bo‘g‘inli murakkab so‘zlarni to‘g‘ri ko‘chira 
olish, matn bo‘yicha berilgan savollarga javoblarni yoza olish, tayanch so‘zlar 
asosida matnni to‘ldirib yoki davom ettirib yoza olish, o‘zlashtirilgan mavzular 
bo‘yicha 25-30 ta so‘zdan iborat diktant yoza olish. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin