Nazorat ishi: test. (1 soat)
Takrorlash. (1 soat)
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A1+: 2 soat)
37-38-mavzu. Orasta bo‘ling. (2 soat, A1+: 4 soat)
Lug‘at: tozalik, sog‘lik, tumov, kasal, tish, yuvadi, sovun bilan, doimo,
iflos, toza tuting, dazmollab kiying, havasi keladi, amal qiling, kir, bo‘lmaydi,
tirnog‘ini oladi, artadi, tozalaydi kabi tayanch so‘zlar (1 soat).
-lik qo‘shimchasining ishlatilishi (1 soat).
Nutq namunalari: Orasta bo‘ling. Har doim ozodalikka amal qiling.
Tishingizni ertalab va kechqurun yuving. Qo‘llarni doim sovun bilan yuvish kerak.
Lola qanday qiz? Lola ozoda qiz. Ozoda bolalar kasal bo‘lmaydilar. Tozalik –
sog‘lik garovi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid so‘zlar, ular yuzasidan berilgan
savollar, shu mavzudagi kichik matnlar mazmunini tushuna olish, savollarga javob
berish, o‘qilgan ertak, hikoya yoki ko‘rilgan film mazmunini so‘zlab bera olish,
o‘zaro muloqotda ruxsat so‘rash, minnatdorchilik bildirish, iltimos qilish kabi
muomala odobiga oid so‘z va iboralarni to‘g‘ri qo‘llay olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qilish, berilgan matn, kichik hikoyalarni o‘qish, she’r, hikmatli
so‘zlarni ifodali o‘qib, yoddan ayta olish, matn tarkibidagi so‘zlarni bo‘g‘inga
to‘g‘ri ajratib ko‘chira olish.
39-40-mavzu. Sport va salomatlik. (2 soat, A1+: 4 soat)
Lug‘at: sport, sport turlari, suzish, yugurish, badiiy gimnastika, kurash,
mashq qilish, chiniqish, sport anjomlari, shug‘ullanish, sog‘lom bo‘ladi, toza
havo, sog‘lik, boylik kabi tayanch so‘zlar (1 soat).
-ish qo‘shimchasi bilan yasalgan sport turlari hamda harakatni bildiruvchi
so‘zlar (1 soat).
Dostları ilə paylaş: |