Muomala odobi: Minnatdorchilik bildirishga oid so‘z va jumlalar.
Adabiy o‘qish: Milliy bayramlar va sayillari bilan bog‘liq ma’lumotlar,
rivoyatlar, hikoyalardan parchalar, she’rlar.
Nazorat ishi: diktant. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. (1 soat) 33-35-mavzu. Onajonlar bayrami. (3 soat, A2+: 5 soat) Leksika: onajonlar, buvijonim, qadrli, singlim, guldasta, tabriklamoq, uzoq umr, tilamoq, sovg‘a tayyorlamoq, o‘z qo‘li bilan yasamoq, xursand qilmoq kabi tayanch so‘z va birikmalar;
Grammatika:O‘zlik olmoshi (1soat). O‘zlik olmoshining egalik va kelishik
bilan turlanishi (2 soat).
Muomala odobi: Tabriklashga oid so‘z va jumlalar.
Adabiy o‘qish: Onalar haqidagi suhbatlar, matnlar, she’rlar, maqollar,
hikoyalardan parchalar.
36-38-mavzu. Assalom, Navro‘z! (3 soat, A2+: 5 soat) Leksika:qadimdan, yil boshi, qariyalar, ziyorat, mehr-muruvvat, hashar,
sayil, tozalamoq, sumalak pishirmoq kabi tayanch so‘z va birikmalar.
Grammatika: Sifat haqida ma’lumot. Sifatning turlari (1soat). Maza-ta’m
bildiruvchi sifatlar (1soat). Rang-tus bildiruvchi sifatlar (1soat).
Muomala odobi: Tabrikka javob berishga oid so‘z va jumlalar.
Adabiy o‘qish: Navro‘z bayramiga oid suhbatlar, matnlar, she’rlar, maqollar,
hikoyalardan parchalar.
Nazorat ishi: test. (1 soat) Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A2+: 2 soat) 39-41-mavzu. Qadimiy shaharlar. (3 soat, A2+: 4 soat) Leksika: qadimiy shaharlar, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, ko‘p ming yillik tarixga ega, qadimiy obidalar, muzey-shaharlar, sayyohlar, turli mamlakatlar kabi tayanch so‘z va birikmalar.
Grammatika: Hajm-o‘lchovni bildiruvchi sifatlar (1soat). Bir-biriga
ma’nodosh va qarama-qarshi belgi-xususiyatni ifodalovchi sifatlar (1soat).
Ularning nutqda qo‘llanishi (1soat).