O‘tgan asrning eng mashhur adabiy ertakchisi Janni Rodari
hayoti va ijodi
haqida qisqacha ma’lumot. Uning “Rim ertaklari” asari va “Uchtadan
oxiri bor
ertaklar” turkumi to‘g‘risida. Bir ertakning uch turli tugallanishi jahon ertakchiligi
tarixidagi yangilik ekanligi va buning ma’rifiy-didaktik ahamiyati. “Hurishni
eplolmagan kuchukcha” ertagining turli tugallanishlarida kuchukchaning
turlicha
holati tasviri va buning sabablari.
Ertakning uchinchi tugallanishidagi tabiiylik va kuchukning
sevinib ketishi
sabablari. Ertakning badiiy jihatlari va undan kelib chiqadigan ijtimoiy ma’no.
Ertakning to‘rtinchi va hokazo tugallanishini o‘quvchilarga vazifa qilib
berish
mumkinligi va uni muhokama qilish.
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili.
(2 soat, A2+: 3 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Nazorat ishi: Test topshiriqlari asosida. (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat)
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan
asarlar:
G‘afur G‘ulom. “Shum bola” qissasi.
Turob To‘la. “Yetti zog‘ora” qissasi.
X.To‘xtaboev. “Sariq devni minib” romani.
Janni Rodari. “Hurishni eplolmagan kuchukcha” asari.
II.
KECHAGI KUN SABOQLARI
(14 soat, A2+:6 soat)
14-15-mavzu. Muqimiy. “Tanobchilar” asari. (2 soat)
Muqimiyning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Muqimiyning “Tanobchilar” hajviyasida foydaxo‘r, imonsiz va yolg‘onchi
kimsalarning tasvir etilishi. Hajv qahramonlari Sulton Ali va Hakimjon o‘rtasidagi
munosabatlar tufayli tug‘iladigan hajviy kulgining kuchi. Muqimiy asarlarining
xalqchilligi, soddaligi va ta’sirchanligi.
Hajviya haqida tushuncha.
Dostları ilə paylaş: