qiyg‘os gulda”, “Bahor keldi, seni so‘roqlab”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush” she’rlari. (2 soat, A2+:3 soat) Shoira hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Zulfiya she’rlarida yashagan umridan va qilgan mehnatidan iftixor tuyg‘usiga
to‘lgan kishi ruhiy olamining ifodalanishi. Shoira she’rlarida hayotga, yashashga
bo‘lgan zavqning turli shakllarda mujassamlanishi. Shoira she’rlarining badiiy
jozibasi.
“O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush” she’rida urush keltirgan baxtsizliklar, uning
mudhish oqibatlari, yurt tinchligi, xalq farovonligi buyuk ne’mat ekanligi, uni
qadriga yetish haqidagi lirik qahramon kechinmalarining kuylanishi.
40-43-mavzu. Pirimqul Qodirov. “Yulduzli tunlar” asari. (4 soat A2+:6 soat) Adib hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
“Yulduzli tunlar” asaridan olingan parchada chin insoniy fazilatlarning
favqulodda holatlarda namoyon bo‘lishi va bu holning mahorat bilan ifodalanishi.
Asarda murakkab davr shiddati va talotumlarining aks etishi. Ezgu insoniy
xislatlarning milliy, irqiy va diniy tafovutlardan qat’i nazar har kimning o‘ziga
bog‘liqligi masalasi va bu masalaning asarda ifodalanishi. Asarning badiiy
xususiyatlari.
44-46-mavzu. Tog‘ay Murod. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi. (3 soat A2+:5 soat) Yozuvchi hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
“Yulduzlar mangu yonadi” qissasida o‘zbek xalqiga xos urf-odat, ruhiyat va
ma’naviy qadriyatlarning o‘ta ta’sirchan, o‘ziga xos yo‘sinda aks ettirilganligi.
Qissa qahramoni Bo‘ri polvonga xos mardlik, tantilik, halollik xislatlarining turli
vaziyatlarda namoyon bo‘lishi.
Asarda o‘zbek qishloqlari hayotiga doir holatlarning g‘oyat jonli aks
etganligi. Ajdodlarga mansub ezgu odatlarning Shukur, Tilovberdi, Temir singari
obrazlar tasvirida talqin etilganligi. Qissaning ta’sirchanligi va o‘ziga xosligini
ta’minlagan omillar. Asarning til xususiyatlari.