Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


A2+  badiiy asarlarda aks etgan insoniy fazilatlar, yuksak badiiyat namunalarini  anglay olish, his etish



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

A2+ 
badiiy asarlarda aks etgan insoniy fazilatlar, yuksak badiiyat namunalarini 
anglay olish, his etish.  
 
Milliy va umummadaniy kompetensiya: 
A2 
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik 
g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik 
va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish. 
A2+ 
badiiy asarlarda aks etgan tarixiy, ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini 
to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish. 
 
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish 
hamda foydalanish kompetensiyasi: 
A2 
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy 
rejalarini tuza olish; 
kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni 
o‘qiy olish va undan foydalana olish. 
A2+ 
inson mehnatini yengillashtiradigan, fan va texnika yangiliklaridan xabardor 
bo‘la olish hamda ulardan foydalana olish. 
 
1-mavzu. Kirish. (1 soat)
Davr, ijodkor va adabiyot. Adabiyotda muayyan millat hayotiga daxldor 
jihatlarning aks ettirilishi. Muayyan davrga xos xususiyatlarning badiiy asarlarda 
tasvirlanishi. Badiiy adabiyotda zamondosh obrazining ifodalanishi. Adabiyotning 
ijtimoiy muammolarga hamohangligi va umrboqiyligi o‘rtasidagi aloqa. Badiiy 
adabiyot adabiy til shakllanishidagi asosiy vosita sifatida.
88 


 
I. 
XALQ OG‘ZAKI IJODI 
(5 soat, A2+: 1 soat)) 
 
2-6-mavzu. “Kuntug‘mish” dostoni. (5 soat, A2+: 6 soat))
Xalq dostonlarining millat ruhiyatini aks ettirishdagi o‘rni. Ularning turlari (1 
soat) 
“Kuntug‘mish” ishqiy-sarguzasht dostonlarning namunasi sifatida. Asar 
syujetining sarguzashtlarga boyligi. Qahramonlar taqdirini belgilovchi 
hodisalarning maishiy turmushga yaqinligi. Kuntug‘mish obrazi. Unga xos 
jo‘mardlik, tantilik, jasurlik va ayni vaqtda soddalik sifatlari. Kuntug‘mish 
tabiatidagi samimiyat va ishonuvchanlik xislatlari. Xolbekada o‘zbek qizlariga xos 
go‘zallik, o‘ktamlik, erkalik, shaddodlik, mayinlik va mehribonlik sifatlarining 
namoyon bo‘lishi. Dostonda ayollarga xos shubhaga berilish, injiqlik, sinchkovlik 
sifatlarining ishonarli tasvirlanganligi (2 soat).
Dostondagi Gurkiboy va Mohiboy obrazlarining tasviri. Gurkiboyga xos 
bosiqlik, mehribonlik, mulohazakorlik hamda Mohiboyning quv, tajang, qaytmas 
yigitcha ekanligi. Dostondagi boshqa obrazlar tasviri (1 soat).
Dostonning badiiy xususiyatlari. Nazariy ma’lumot. Doston (1soat).

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin