Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

 
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan 
asar:
“Kuntug‘mish” dostoni. 
 
II. 
O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXIDAN 
(13 soat, A2+: 6 soat) 
 
7-11-mavzu. Lutfiy. “Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma”, “Meni 
shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul”, “Ayoqingg‘a tushar har lahza 
gisu” g‘azallari va tuyuqlari. (5 soat) 
Shoirning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Lutfiy merosi va xalq 
og‘zaki ijodi. “Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma”, “Meni shaydo qiladurg‘on 
bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul”, “Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu” g‘azallarining 
tahlili. Ularning vazni, tasvir vositalari va boshqa badiiy xususiyatlari (2 soat). 
Lutfiy – tuyuq ustasi. “Ko‘ngluma har yonki boqsam dog‘i bor”, “Men sening 
ilkingdin, ey dil, bandamen”, “Charxi kajraftor elidin yozamen” tuyuqlarida so‘z 
o‘yinlari. So‘z o‘yinlarining yuzaga kelishida tajnisning o‘rni. Tuyuqlarning vazn, 
qofiya va boshqa badiiy xususiyatlari (2 soat). 
Nazariy ma’lumot. Tuyuq, irsoli masal (1 soat).
 
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili.
 (2 soat) 
89 


Nazorat ishi: Test. (1 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi. (1 soat)
 
12-17-mavzu. Alisher Navoiy. G‘azal va qit’alar. “Qaro ko‘zum kelu 
mardumlig‘ emdi fan qilg‘il”, “Qoshi yosinmu deyin...”, “Kecha kelgumdur 
debon...”, “Yordin ayri ko‘ngul...” g‘azallari, “Kamol et kasbkim, olam 
uyidin” qit’alari. (6 soat, A2+: 10 soat)) 
Navoiy g‘azal mulkining sultoni ekanligi. “Xazoyin ul-ma’oniy” haqida 
qisqacha ma’lumot. Navoiy she’riyatining mavzu qamrovi va badiiyati. “Qaro 
ko‘zum kelu mardumlig‘ emdi fan qilg‘il” g‘azali tahlili (1 soat).
“Qoshi yosinmu deyin...”, “Kecha kelgumdur debon...”, “Yordin ayri 
ko‘ngul...” g‘azallarida majoziy va ilohiy ishq talqini. “Jonga chun dermen…” 
singari g‘azallari tahlili (2 soat).
Navoiy g‘azallaridagi tasvirlarning favquloddaligi. Buning shoir mahorati 
bilan aloqadorligi. Navoiy va o‘zbek g‘azalchiligining taraqqiyoti (1 soat).
“Kamol et kasbkim, olam uyidin”, “Jahon ganjig‘a shoh erur ajdaho” qit’alari. 
Ularning g‘oyaviy-badiiy mazmuni va mohiyati, qit’alarning tuzilishi, tarkibi, 
tasvir xususiyatlari (1 soat).
Nazariy ma’lumot. Qofiya, radif, g‘azal haqida (1 soat). 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin