" Tasdiqlayman " o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə1/4
tarix27.09.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#149628
  1   2   3   4
8-sinflarga I, II, III, IV chorak davomida o\'tilgan ochiq dars ishlanmalar


Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: Yazdanov I. ________

Sana: 12.10.02022-yil Sinf: 8V sinflarga O’quvchilar soni: 29 ta


Dars: Kimyo Fan o’qituvchi: Tuxsanov F.S. _______


Mavzu: “Kimyoviy elementlarning davriy sistemasi”.


Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Kimyoviy elementlarning davriy jadvali.
haqida bilim, ko`nikma va malaka berish
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: Noana`naviy . Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: musobaqa . Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.


3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash (qisqa testlar va savol-javob orqali). 5. Yangi mavzuni tushuntirish


Yangi darsni rejasi.

  1. Katta davrlar.

  2. Kichik davrlar.

  3. Bosh guruhacha.

  4. Yonaki gurupacha.



Yangi darsning bayoni.

Barcha kimyoviy elementlar kimyoviy elementlarning davriy sistemasida davrlarga, qatorlarga va guruhlarga bo‘lingan holda joylashtirilgan. Davriy jadvaldagi gorizontal qatorlardan davrlar hosil bo‘ladi. Davrlar katta va kichik davrlarga bo‘linib, kichik davrlar bittadan qatorni, katta davrlar esa ikkitadan qatorni o‘z ichiga olgan. Ishqoriy metallar bilan boshlanib inert gazlar bilan tugaydigan qatorlardan davrlar hosil bo‘ladi. Mavjud barcha elementlarni atom massalarini ortib borish tartibida yozib chiqamiz. Bunda siz elementning metallik xossasi sekin-asta kamayib borishini, metalmaslik xossasi ortib borib tipik metalmasga o‘tishini kuzatasiz. Litiydan boshlab to‘qqizinchi elementning xossalari (bu element natriy) litiyning xossalarini takrorlaydi, tipik metaldir. Natriydan boshlab sanalganda to‘qqizinchi element (bu element kaliy) litiy va natriyning xossalarini takrorlaydigan tipik metaldir. Ishqoriy metaldan boshlanib inert gazlar bilan tugaydigan elementlarning gorizontal qatori davrlar deb ataladi. D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasida 7 ta davr bor.1-davrda faqat ikkita element vodorod va geliy joylashgan.2 va 3-davrlarda 8 tadan element bor.1-, 2-, 3-davrlar kichik davrlar deyiladi.


4-, 5-, 6-, 7-davrlar katta davrlar deyiladi.4-, 5-davrlarda 18 tadan, 6-davrda 32 ta element bor, 7-davr tugallanmagan davr deb ham ataladi. Katta davrlar juft va toq qatorlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bitta vertikal qatorga joylashgan o‘xshash elementlar guruhlarni tashkil qiladi. Davriy sistemada 8 ta guruh bor. Har bir guruh jadvalning yuqori qismida rim raqamlari bilan belgilanadi. Ham kichik, ham katta davr elementlarini o‘z ichiga olgan guruhchalar bosh guruhchalar, faqat katta davr elementlarini o‘z ichiga olgan guruhchalar qo‘shimcha guruhchalar deb ataladi. Bosh va qo‘shimcha guruhchalar har bir guruh kataklarining chap va o‘ng tomoniga surib yoziladi. Masalan I guruhning ishqoriy metallardan iborat vertikal qatori bosh guruhcha, mis, kumush va oltinlar esa qo‘shimcha guruhcha elementlaridir. Vodorod davriy jadvalning I guruhida joylashgan, chunki uning oksidi. (suv)da valentligi I ga teng. Uni VII guruhga ya’ni, galogenlar vertikal qatoriga ham kiritish mumkin, chunki uni tashqi energetik qobig‘ini to‘ldirish uchun 1 ta elektron kam. Bosh guruhchalarda joylashgan elementlarning tashqi qavatidagi elektronlar soni guruh raqamiga son jihatdan teng. Kislorodga nisbatan yuqori valentligi ham asosan guruh raqamiga son jihatdan teng (kislorod va ftor bundan mustasno). Vodorod bilan hosil qiladigan uchuvchan birikmalaridagi valentligi ham davriy ravishda 4 dan 1 ga qadar kamayib boradi (faqat metalmaslar). Bosh guruhchalarda nisbiy atom massalari ortib borgan sari metallik xossasi ham kuchayib boradi. Metalmaslik xossasi esa susayib boradi. Masalan, I guruhning bosh guruhchasida litiydan boshlab pastga tushgan sari metallik xossasi ortib, fransiyda eng yuqori metallik xossalari namoyon bo‘ladi. Galogenlarda esa metallik xossasi ftordan boshlab yodga tomon susayib boradi. Eng kuchli metalmas bu ftordir



Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin