Yosh davrlar psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari Bajardi: Ahrorova Sitora



Yüklə 42,19 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü42,19 Kb.
#179486
Psixologiya 1

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • The end

Yosh davrlar psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari

Bajardi:Ahrorova Sitora

R e j a

  • Muammoli savol: Yosh davrlar psixologiyasida psixologik qonuniyatlarni tekshirish qanday bosqichlarda olib boriladi
  • Muammoli savol: Yosh davrlar psixologiyasining maxsus metodlari qaysilar

Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi.

Demak, Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.

Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.

Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish bilan amaliy maqsadlarni ruyobga chiqaradi. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Mazkur fan soxasi o‘zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy tamoyillari va qoidalariga tayangan xolda belgilaydi. Yosh davrlar psixologiyasi quyidagi tamoyillarga rioya qiladi:

1. Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tassavur, xotira tafakkur, nutk xayol kabi bilish jarayonlarida , shuningdek shaxsning xususiyatlari va xolatlarida diqqati xis-tuyg‘usi va xarakter xislatlarida, qizikishi va ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.

2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik xodisalarning fiziologik asoslari xisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida xosil bo‘ladi. Bosh miya po‘stlog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari I.P.Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, konsentratsiyasi hamda o‘zaro induksiyasi qonunlari zamirida ruy beradi. Bu qonunlar turli yo‘sinda muvaqqat bog‘lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitda tormozlanish va qo‘zgalish sodir bo‘lishini, muvaqqat nerv bog‘lanishlarining yo‘qolayotgani yoki payd

3.Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini - uning nazariy hamda amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdan iboratdir. Odam zotining ongliligi uning turli tuman faoliyatida, hatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi xar xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat jarayonida tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilar, tarbiya asosiy omillar xisoblanadi.

4.Insoning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to‘g‘riroq, to‘larok va aniqrok aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl moxiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlair va aloqalarini tabora aniqrok yoritadi. SHu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqka, vokelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.

5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo‘ladi. Tarixiy materializm ta’limotiga ko‘ra, insoning moddiy turmushi, u xayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, extikodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy vokelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod maxsullari va xatti-xarakatlarining majmuasidir.

6. Insoninng borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Ma’lumki, inson zotining rivojlanishi ob’ektiv borliqka va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan uyini, kuzatishi, mexnati, o‘qishi, adabiy asarni mutoala qilishi hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorning takomillashishi va boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.

The end


Yüklə 42,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin