1 – amaliy mashg’ulot To‘g‘rilagich diodlarni qo‘llashga doir misollar ishlash. Ishdan maqsad



Yüklə 107,86 Kb.
səhifə1/3
tarix08.11.2022
ölçüsü107,86 Kb.
#67960
  1   2   3
1 amaliy mashg\'ulot


1 – amaliy mashg’ulot


To‘g‘rilagich diodlarni qo‘llashga doir misollar ishlash.


Ishdan maqsad: kremniy va germaniyli yarim o’tkazgichli tugirlovchi diodlarni tuzilishi, vazifasini va xarakteristikasini o’rganib, asosiy parametrlarini aniqlashdir.


Umumiy ma'lumotlar
Bir p-n o’tish va ikki elektrodga ega bo’lib, elektr tokini bir tomonlama o’tkazish xususiyatiga ega bo’lgan yarim o’tkazgichli asbob – yarim o’tkazgichli diod deyiladi. Yarim o’tkazgichli diodlar quyidagi klassifikatsiyaga ega:

1-jadval. Diodlar klassifikatsiyasi va shartli belgilari.





Diodlar klassifikatsiyasi

Shartli belgilari

1

To’g’irlovchi diod



2

O’ta yuqori chastotali diod

3

Stablitron

4

Tunnel diod

5

Varikap

6

Fotodiod

7

Nurlangich diod

Yarim o’tkazgichli diod asosini p-n o’tish tashkil qiladi. Ikki xil o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan, ya'ni p-n o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan materiallar kontakti p-n o’tish deb ataladi.

1.1. – rasm. p-n o’tishni xosil bo’lish mohiyati

Elektronli o’tkazuvchanlikka (n-tip) ega bo’lgan yarim o’tkazgich bilan teshikli o’tkazuvchanlikka (p-tip) ega bo’lgan yarim o’tkazgichni o’zaro kovsharlash natijasida, asosiy tok tashuvchilarni gradienti tufayli, diffuziya sodir bo’ladi. n-soha chegarasi mussbat va p-soxa chegarasi manfiy zaryadlar bilan zaryadlanishi natijasida, ikki sirt chegarasida potensiallar farqi xosil bo’ladi. Bu qatlam bekituvchi qatlam, yoki p-n o’tish deb ataladi. U asosiy tok tashuvchilarni diffuziyaga to’siq qiladi. Bekituvchi qatlam qalinligi amalda mikroning ulushlariga teng bo’ladi.



p-n o’tishga tashqi elektr maydoni ta'sirini ko’ramiz. Agar tashqi elektr energiya manbasining manfiy qutbi p-o’tkazuvchanlik sohasiga, musbat qutbi esa n-o’tkazuvchanlik sohasiga ulangan bo’lsa, bu holda tashqi elektr maydon bekituvchi qatlam elektr maydoni bilan mos kelib umumiy elektr maydoni kuchlanganligi ortadi, natijada kovshar potensiallari farqi ham ortadi bo’ladi.

1.2-rasm. p-n o’tish to’g’ri ulash
Bu holda p-n o’tish qarshiligi Rpn , tok I p-n cheksiz kichik qiymatga intiladi, bunday ulash p-n o’tishni teskari ulash deb ataladi. Teskari yo’nalishdagi Itesk asosiy bo’lmagan tok tashuvchilarni dreyfi tufayli xosil bo’ladi (dreyf asosiy bo’lmagan tok tashuvchilarni tashqi elektr maydoni tasirida xarakatlanishdir). Elektr maydoni qutbini o’zgartirganimizda, ya'ni p – sohaga manfiy, n – sohaga musbat maydon berilganida (1.2-rasm) tashqi elektr maydoni p-n o’tish elektr maydoni bilan qarama-qarshi yo’nalgan bo’lib, umumiy maydon keskin zaiflashadi. Bunday ulash p-n o’tishning teskari yo’nalishidagi ulashi deb ataladi, bu holda Eum=Epn-Etashqi bo’lib, kavshar potensial farqi kamayadi, . Natijada asosiy tok tashuvchilarni xarakatlari tufayli to’g’ri yo’nalishdagi Ito’g’ xosil bo’ladi.
Bunda p-n o’tishni Rpn qarshiligi juda kamayib ketadi va Ito’g’ri yo’nalishdan tok o’zining katta qiymatiga erishadi. Asosiy tok tashuvchiar konsentratsiyasi, asosiy bo’lmagan tok tashuvchilar konsentratsiyasidan ko’p marta katta bo’lgani uchun Ito’g’ri>>Iteskari bo’ladi. To’g’ri yo’nalishdagi tokni, teskari yo’nalishdagi tokka nisbati bilan ulanadigan kattalik – to’g’irlash koefitsenti deb ataladi (K). .
p-n o’tishning asosiy xarakteristikasi voltamper xarakteristika bo’lib, u ikki sohadan iborat:
1. To’g’ri soha – to’g’ri yo’nalishdagi tokni (Ito’g’ri) to’g’ri yo’nalishdagi kuchlanishga (Uto’g’ri) bog’lik grafigi, ya'ni bo’ladi.
2. Teskari soha – teskari yo’nalishdagi tokni (Iteskari), teskari yo’nalishdagi kuchlanishga (Uteskari) bog’lik grafigi, ya'ni bo’ladi.
p-n o’tishning umumiy voltamper xarakteristikasi quyidagi ko’rinishga ega.

1.3 - rasm. p-n o’tishning umumiy voltamper xarakteristikasi.
Teskari yo’nalishdagi kuchlanishni ma'lum miqdorda boshlab teskari tok keskin ortib borib, p-n o’tishda elektrik uzilish sodir bo’ladi, u ishdan chiqadi.



Yüklə 107,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin