1 – mavzu: Kirish. «Chizma geometriya» fani. Proekstiyalash metodlari. Monj metodi Reja



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix16.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#131280
  1   2   3   4
1-ma\'ruza (1)



1 – mavzu: 
Kirish. «Chizma geometriya» fani. 
Proekstiyalash metodlari.Monj metodi 
Reja: 
1. Kirish.
2. “Chizma geometriya” fani. 
3. Chizma geometriyada uchraydigan shartli belgilar. 
4. Proeksiyalash usullari: 
a) Markaziy proeksiyalash. 
b) Paralel proeksiyalash .
Chizma geometriya fazoviy geometriyaning maxsus bo`limi bo`lib, umumiy 
injenerlik fanlari qatoriga kiradi. Chizmalarni chizish, o`qish, chizmachilik 
asboblaridan foydalanish va qo`lda tasvirlar yasashni o`rgatadigan fan 
texnikaviy chizmachilik deyiladi. 
Chizma geometriya proektsiya qurishni o`rgatuvchi fandir.Chizma 
geometriyaning asosida uch o`lcham (X, Y, Z) bo`yicha proektsiyalash 
usuli bor.Chizma geometriya tasviriy san`at va texnikaning ko`pgina 
masalalarini o`z ichiga oladi. 
Chizma geometriya insoniyatning amaliy faoliyayidagi e`htiyog`lari natig`asida 
vujudga keladi.Qadimgi greklarning tasviriy san`at sohasidagi madaniyati ancha 
yuksak bo`lishiga qaramay, ularda nazariya hali vuj`udga kelmagan edi. 
Qadimgi rassomlar va ayniqsa haykaltaroshlar asosan fahm va qobiliyat bilan 
hamda tajribaga asoslanib ish qilganlar. 
Geometriyaning rivojlanishi natijasida uyg`onish davrida (XV-XVI asrlarda) 
tasvirlar chizish nazariyasi vujudga kela boshladi. Bu sohada italyan olimi Leon 
Battista Albert (1404-1472), italyan rassomi, olimi va muhandisi Leonardo da 
Vinchi (1452-1519), nemis rassomi va o`ymakori Albrext Dyurer (1471-
1528), italyan olimi Gvido Ubaldi(1545-1607) va fransuz me`mori va 
matematigi Dezarg (1593-1662) asarlari ayniqsa diqqatga sazovordir. 
Burjuaziya jamiyatininig paydo bo`lish va taraqqiy qilish davrida sanoatning, 
to`qimachilik korхonalari va bug` texnikasining rivojlanishi natigasida 
muhandislik tajribasida va yirik inshoatlar barpo qilishda mashinasozlik tipidagi 
ancha kichik obуektlar barpo qilishga o`tildi. 
Tasvirning o`zida o`lchash va har-xil konstruktiv masalalarni уechish 
imkonini beradigan aniq chizmalarga bo`lgan ehtiyojlarni vujudga kelishi, hozirgi 
zamon mashinasozlik chizmalari tipidagi maxsus chizmalarni kelib chiqishiga 
sabab bo`ldi. Bunday chizmalar yasash nazariyasi chizma geometriyaining to`g`ri 
burchakli(ortogonal) proektsiyalar bo`limida bayon etiladi. 
Chizma geometriya o`quv fani sifatida birinchi marta fransuz olimi Gaspar 
Monjning 1798 yilda nashr etilgan «Geometriy descriptive» degan asari 
natijasida vujudga keldi. Monj o`zining bu asarida fan va texnikaning taraqqiy 
qilishi natijasida dunyodagi bir qator mamlakatlarda ortogonal proektsiyalar 
bo`yicha orttirilgan ayrim qoida va usullarni ilmiy sistemaga soldi hamda har 
taraflama ishlab chiqdi. 


GASPAR MONJ
KURDYUMOV VALERIY 
IVANOVICH
VLASOV ALEKSEY 
KONSTANTINOVICH 
GLAGOLEV NIL 
ALEKSONDROVICH 
KARGIN DMITRIY 
IVANOVICH 
N.A.RININ 
V.O. GORDON 
CHETVERUXIN NIKOLAY 
FYODOROVICH 
KIRGIZBAYEV YUNUS 
MURODOV SHMIT 
KARIMOVICH 


Shuning uchun chizma geometriya kursida otrogonal proektsiyalar metodi 
Monj metodi deb ataladi. 
Chizma 
geometriya 
fani 
Monj 
zamonasidan 
boshlab, 
barcha 
mamlakatlardagi texnik maktablarda o`qitila boshlandi. 
Chizma geometriya Rossiyada 1810 yildan boshlab, endigina tashkil etilgan 
Peterburf yo`llar injenerlari korpusi institutida o`qitildi. Dastlabki vaqtda bu 
institutda Chizma geometriyadan Monjning shogirdlari Fabr va Pote dars berdilar. 
Darslar fransuz tilida olib borildi. 
1814 yilda shu institutni bitirgan Yakov Aleksandrovich Sevastyanov
(1796-1849) chizma geometriyadan repititor qilib tayinlandi. Sevastyanov 1818 
yilda rus tilida mustaqil leksiya o`qiy boshladi va 1821 yilda bu fandan rus tilida 
«Chizma geometriya darslari asoslari» degan birinchi original darslik nashir 
ettirdi. 
Rossiyada chizma geometriya o`qitish metodlarining rivojlanishiga 
professorlardan Nikolay Ivanovich Makarov (1824-1904) va Valerian Ivanovich 
Kurdyumov (1853-1904)ning ilmiy pedagogik faoliyatlari katta ta`sir qildi. 
Chizma geometriyainig nazariy asoslarini o`sishi Evgraf Stepanovich 
Fedorov(1853-1919), 
Nikolay 
Aleksуevich 
Rening(1877-1942), 
Nil 
Aleksandrovich Vlagolov (1888-1945), Aleksandr Ivanovich Dobriyaruxin
(1895-1947), Nikolay Fedorovich Chetveruxin(1891-1974) va boshqalarning 
asarlarida aks ettirildi. «Chizma geometriya «faniga o`zbek olimlaridan
Yu. Qirg`izboуev, R. Xorunov, Sh. Murodov, Sobitovlar katta hissa qo`shgan. 
Chizma geometriya fanini yaratgan frantsuz olimi va muhandisi Gospar 
Monjning ta`biri bilan aytganda, chizma dunyodagi barcha millatlar uchun 
tushunarli til, ya`ni texnika tilidir. Chizma geometriya mashhur olimi 
V.I.Kurdyumovning ta`rificha «texnika tilining gramatikasi»dir. 
Narsaning qog`ozdagi har qanday tasviri ham shu narsaning geometrik 
shakli to`g`risida aniq tasavvur beravermaydi. Narsaning geometrik shakli 
to`g`risida aniq tasavvur olish uchun uning tasviri (chizmasi) tekislikdagi 
(o`zgargan) shaklidan fazodagi haqiqiy shakliga o`tish imkonini beruvchi ma`lum 
geometrik qoidalar asosida yasalgan bo`lishi lozim. 
Fazoviy narsaning tekislikdagi ana shunday geometrik tasviri proektsiyalar 
metodi yordami bilan chiziladi. 
Chizma geometriya kursidan ko`zda tutiladigan maqsad quyidagilardir: 
1. Fazoviy shakllarni(narsalarni) tekislikda proektsiyalash metodi bilan 
tasvirlash nazariyasini va tasvirlar yasashni o`rgatish. 
2. Bu tasvirlarni(chizmalarni) o`qishni o`rgatish. 
3. Fazoviy shakllarga oid konstruktiv va metrik masalalarni shu shakllar 
ning tekislikdagi tasvirlarida yasash yo`li bilan уechish usullarini o`rgatish. 
4. Talabaning fazoviy tasavvurini o`stirish.
1
1
George Young “Descriptive geometry”. Forgotten Books. Great Britain-2013.
2



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin