2.
Parallel proektsiyalar. Agar proektsiyalar markazi S berilgan yo`nalish
bo`yicha cheksiz
uzoqda deb faraz qilsak, fazodagi nuqtalarni proektsiyalovchi
hamma nurlar o`zaro parallel bo`lib qoladi. Bu yerda S yo`nalish proektsiyalash
yo`nalishi,
а, b, с, d nuqtalar esa, berilgan nuqtalarning
parallel proektsiyalari
deyiladi. Demak, nuqtaning parallel proektsiyasi deganda, shu nuqta orqali
berilgan yo`nalishga parallel qilib o`tkazilgan
proektsiyalovchi nur bilan
proektsiyalar tekisligining kesishuv nuqtasini tushunish kerak. Parallel
proektsiyalarga misol qilib, narsalarning Quyoshdan уoki Oydan tushgan soyalarni
ko`rsatish mumkin.
Proektsiyalash yo`nalishining proektsiyalar tekisligi bilan hosil qilgan
burchagiga ko`ra, parallel proektsiyalar ikkiga: qiyshiq burchakli va to`g`ri
burchakli -
ORTOGONAL parallel proektsiyalarga bo`linadi.
To`gri burchakli parallel proektsiyalarni bundan keyin to`g`ri
burchakli
proektsiyalar deb ataymiz, to`g`ri burchakli proektsiyalashda proektsiyalar tekisligi
berilgan bo`lsa, yo`nalish berilmaydi eki yo`nalish berilgan bo`lsa, proektsiyalar
tekisligi berilmaydi.
Тo`gri burchakli proektsiyalash usuli, shartli bo`lishiga qaramay,
aniq va
o`lchash uchun qulay bo`lganligi sababli, texnikaviy chizmalar tuzishning asosiy
usulidir.
3
Ortogonal proektsiyalar metodi
(моnj epyuri)
Narsalarni bir-biriga perpendikulyar ikkita tekislikdagi to`gri burchakli
proektsiyalari
bilan tasvirlash metodi ORTOGONAL PROEKTSIYALAR
METODI deyiladi.
Ortogonal so`zi – to`gri burchakli degan so`z bo`lib, ortogonal proektsiyalar
termini bundan keyin bir-biriga perpendikulyar ikkita tekislikdagi to`gri burchakli
proektsiyalarni ko`rsatish uchungina ishlatiladi.
3
George Young “Descriptive geometry”. Forgotten Books. Great Britain-2013.
4
Geometriya nuqtai nazardan olganda, har qanday narsani fazoda ma`lum
tartibda joylashgan nuqtalar, chiziklar va sirtlarning yi`gindisi deb qarash mumkin.
Shu sababli, fazoviy shakllarni tasvirlash usullarini o`rganishni, ya`ni
ularning
proektsiyalarini yasashni eng oddiy elementlar: nuqtalar, chiziqlar va x.k. larning
alohida tasvirlarini o`rganishdan boshlash ma`quldir.
Dostları ilə paylaş: