Proeksiyalash usullari
Proektsiyalar usulida tasvirlar yasash, chizma geometriyaning asosiy
metodidir. Fazodagi narsalarning ayrim nuqtalaridan o`tkazilgan proektsiyalovchi
to`g`ri chiziqlar (nurlar) yordamida tekislikka tushirilgan tasviri fazodagi
narsaning proektsiyasi deyiladi.
2
Chizma geometriyada ikki хil proektsiyalar metodi mavjud:
а)markaziy proektsiyalar metodi;
b) parallel proektsiyalar metodi .
Markaziy proektsiyalashning asosiy mohiyati shundan iboratki, bunda
proektsiya markazi deb ataluvchi qo`zg`almas nuqta beriladi va hamma
proektsiyalash nurlari shu qo`zg`almas nuqtadan o`tadi.
1. Markaziy proektsiyalar. Fazoda qo`zgalmas S nuqta, Р tekislik va A, В,
С, F nuqtalar berylgan deb faraz qilaylik. S nuqtani А, В, С, F nuqtalar bilan
tutashtirib, hosil bo`lgan chiziqlarni davom ettiramiz. Bu chiziqlar Р tekislikni
а,
Ь,
с,
d nuqtalarda kesib o`tadi.
P tekislik proektsiyalar tekisligi, S nuqta proektsiyalar markazi, SA, SB, SC,
SF chiziqlar proektsiyalovchi nurlar;
а, Ь, с, f nuqtalar esa, proektsiyalar deyiladi.
Demak, nuqtaning proektsiyasi deganda, shu nuqtani proektsiyalovchi nur bilan
proektsiyalar tekisligining kesishuv nuqtasini tushunish kerak.
Fazoning istalgan joyida olingan to`rtta nuqta, umuman, fazoviy shaklni
ifodalaydi; shuning uchun tekis
abcf shаkl fazoviy shaklning markaziy
proektsiуasidir.
Markaziy proektsiyalarga misol qilib, narsalarning fotosuratlarini va
chiroqdan tekislikka (polga yeki devorga) tushgan soyalarni ko`rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: