1- mavzu: O`zbek leksikografiyasi va terminologiyasining shakllanish bosqichlari O`zbek tili òz boyligida sohaviy terminlar va ularning til xususiyatlari



Yüklə 61,8 Kb.
səhifə1/3
tarix02.05.2023
ölçüsü61,8 Kb.
#105778
  1   2   3
Hulkar opaga


1- Mavzu: O`zbek leksikografiyasi va terminologiyasining shakllanish bosqichlari O`zbek tili òz boyligida sohaviy terminlar va ularning til xususiyatlari.
Muayyan adabiy tilning so‘z boyligi o ‘z tarkibida maxsus tushunchalami ifodalovchi terminologik leksikani u yoki bu darajada qamrab olishi lingvistikada e’tirof etilgan voqelik hisoblanadi. 0 ‘zbek terminologiyasi tizimi ham bundan mustasno emas). Umumiste’mol so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalami anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan terminlar o‘zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zaminida tarkib topdi va takomillashdi. 0 ‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan terminologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (V1I-X) terminologiyasi, eski turkiy til (XI-XIV) terminologiyasi, eski o‘zbek adabiy tili (XV-XX asr boshi) terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o‘n to‘rt asrlik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida intralingvistik va ekstralingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlami anglab yetish imkonini beradi. 13 Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan, o ‘zbek tili leksik xazinasida muayyan darajada qo'llanishda davom etayotgan yoki bugun iste’moldan butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar tarkibida terminologik leksika ham sezilarli o ‘rinni egallaganligi bilan xarakterlidir. Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha terminologiyasi asosan sof turkiy tub va yasamalar hamda buddizm va moniyizm ta’sirida sug‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalardan tashkil topgan edi. Jumladan, bargu “o‘lja”, qargii “soqchi, dozor”, tamga “tug‘ro”, korug “ayg‘oqchi”, elci “elehi; hukmdor, yurtboshi”, yolci “sardor”, cigay “yo‘qsil, kambag‘a r , qislag(q) “qo‘shinning qishki qarorgohi”, ayguci “davlat maslahatehisi” singari asl turkcha, cerig/ cerik “qo‘shin, armiya”, sart “tojir, savdogar” kabi sanskritcha, xatun/ qatun “m alika”, kent “qishloq; shahar” singari sug‘dcha, qagan “hukmdor”, xan “hokim”, tegin “xonzoda, shahzoda”, yabgu “xoqondan keyingi oliy lavozim egasi”, setjiin “xitoy generali”, tarqan “tarxon”, lit tug “tuman hokimi” kabi xitoycha, sad “Turk xoqonligida oliy lavozim”, sadapit singari eroncha terminlar faol qo‘llanishda bo‘lganligini manbalar so‘z boyligi yaqqol ko‘rsatadi. Ayni chog‘da e’tirof etish joizki, sanskrit, eron, xitoy tillarida bitilgan asarlaming turkiy tilga qilingan tarjimalarida qayd etilgan ijtimoiy-siyosiy, harbiy, iqtisodiy, sotsial, hayvonot dunyosi-fauna, o‘simlik dunyosi-fiora, ilmi nujum-astronimiya va sh.k. sohalarga xos terminlar keyinchalik deyarli qo‘llanmadi, turkiy tillar, chunonchi, o ‘zbek tili ulami qabul qilmadi. Sakkizinchi asrdan e’tiboran arab tili, arab xati va islom mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolalar (Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga chiqishi singari obyektiv jarayonlar ostida o‘zligini yo‘qotmagan eski turkiy til(XI-XIV)da terminologik leksika ko‘lamining bir qadar kengayganini kuzatish mumkin. Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada taraqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori, so‘z yasash andozalari - modellari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli o‘laroq eski turkiy tilda sanskrit, sug‘d, xitoy tiliga oid o ‘zlashmalaming ishlatilish sur’ati pasaydi, aksincha, arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalaming qo‘llanish chastotasi va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o‘zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi.

2 Mavzu : Terminologiyaning lingvistika ob'ekti sifatida òrganilishi.


O‘zbek tilida hozirgi ilmiy-texnikaviy terminologiya o‘z aksini keng qamrovda topgan. 0 ‘zbek adabiy tili leksikasining ajralmas bo‘lagi hisoblanmish terminologiya hozirgi o ‘zbek tilshunosligi fanining o ‘ta shahdam va dinamik tarzda taraqqiy etayotgan kategoriyalardan biri bo‘lib, til lug‘at boyligining muttasil o‘sib hamda kengayib borishida tuganmas manba rolini bajaradi. 0 ‘zbek tili ilmiy terminologiyasida terminlaming uch turi farqlanadi (Begmatov 1988; 140): 1) tarixiy-an’anaviy terminlar. Ushbu turga taalluqli leksemalar juda qadimdan termin vazifasida qo‘llanib keladi va o‘zbek terminologiyasining o‘zagini tashkil qiladi. Masalan, to ‘siq, yulduz, soliq, kirim, pul, oldi-sotti, so ‘roq, tomir (tib. arteriya), oqsillar (tib. belok, belki), isitma (tib. lixoradka) singari ko‘pgina terminlar shular sirasidandir; 2) terminologik tizimning boyishiga bois bo‘lgan nisbatan yangi termin-o‘zlashmalar: skaner, sayt, karate, Internet auksion, tomografiya, spektr, respirator, psixolingvistika, pragmatika, lingvokulturologiya, semema, parodontoz, bakteriya, videotelefon, katapulta, radiolokator, tatami, pley-off, gravatizatsiya, spagetizatsiya, transgender, freym, geshtalt, konsept, disskurs, lemmatizatsiya va sh.k.; 21 3) o‘zbek tili so‘z yasovchi qoliplari negizida hosil qilingan terminlarni ikki guruhga taqsimlash mumkin: a) ona tili materiallari negizida paydo boMgan tenninlar: bog'lovchi, to'ldiruvchi, kesim, tenglik, qayta saylov, to'lov, boshqaruv, bo'g'ilish (tib. asfiksiya), titrash (tib.trepetaniya), boshqarma, yasama ('til. derivat), qo'nish, qurilma, ko'chish (til. transpozitsiya), suzg'ich, yutgich (harbj, ikkilamchi bozor; qo'shimcha qiymat solig'i, terma jamoa va sh.k.; b) o‘zlashmalar ishtirokida yuzaga kelgan terminlar: raketaeltgich (raketanosets), avtomobilsozlik (avtomobilostroyeniye), raketasozlik (raketostroyeniye), eshelonlashtirish (eshelonirovaniye), shturmchi (shturmovik), shifrlash (s hi fг о v an i у e ), /и / о /шjj a t (fotodokument), kompyuterlashtirish (kompyuterizatsiya), kateterlash (kateterizatsiya), bombaqidirgich (bomboiskatel), dzyudochi (dzyudoist), signalchi (signalist; signalshik), minalashtirish (minirovaniye), dislokatsiyalash (dislokatsiya) va sh.k. 0 ‘zbek terminologik leksikasining shakllanish manbasi m a’lum va mashhur qadimgi turkiy til (VII-X), eski turkiy til (XI-XIV) va eski o‘zbek adabiy tili obidalariga borib taqaladi. Ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy (Dadabayev, 1991), harbiy (Dadabayev, 1990; 3-83), huquqiy (Tursunova, 2009), zoologik (Abdushukurov 1998), kitobat (Yuldashev, 2005) va boshqa terminologik leksikaning shakllanish va rivojlanish ibtidosi aynan mana shu yodgorliklardan boshlangan. Matematika, geometriya, geodeziya, geografiya, tibbiyot, astronomiya kabi aniq fanlaming taraqqiyoti oqibatida maxsus nomlami ifodalovchi xilma-xil terminologik tizimlar shakllana boshlagan. Shubhasiz, o‘zbek terminologiyasi ilmiy-texnikaviy inqilob davri deb nom olgan XX asrda ham miqdor, ham sifat tomondan jiddiy o'zgarishlarni boshidan kechirdi. Bunday o ‘zgarishlar intralingvistik va ekstralingvistik omillar ta’siri ostida umum o‘zbek adabiy tilida sodir bo‘lgan jarayonlar yordamida aniqlanadi. Mubolag‘asiz ta’kidlash lozimki, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi (1989) hamda 0 ‘zbekiston Respublikasining Istiqlolni qo‘lga kiritishi (1991) ilm-fan va texnika tilining keng qamrovli taraqqiyotini ta’minladi. 0 ‘zbek tili terminologik leksikasining faollashish jarayoni respublikaning davlat qurilishi, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, madaniy va m a’naviy taraqqiyoti, shuningdek, ijtimoiy turmushning turfa jabhalariga doir talaygina yangi hodisa va tushunchalami ifodalash zaruriyati bilan cham22 barchas bog‘liqdir. Shu sababli hozirgi paytda o ‘ta tezlik bilan boyib borayotgan qator terminologik tizimlarni yana ham takomillashtirish, yuqori bosqicha ko‘tarish o ‘zbek terminologiyasi oldida turgan dolzarb, kechiktirib bo‘lmas masalalardan hisoblanadi.

3 Mavzu : Terminologiyaning hozirgi òzbek tili leksik strukturasidagi òrni.


Terminologiyaning shakllanish va taraqqiy etish jarayoni tilga xos so‘z yasalishi qonuniyatlari hamda tilning leksik fondi asosida sodir bo‘ladi. Umumiste’molga oid leksikaning terminlashuvi tarixiy hisoblanadi. Bu hodisa til va terminologiya orasidagi ikki tomonlama munosabatning mavjudligini ko‘rsatadi. Mazkur jarayon shuningdek, umumadabiy leksika va terminologik leksika o‘rtasidagi jips aloqalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Umumadabiy so‘zlar so‘zlashuv tili, dialektlar, lahjalar va sotsial jargon, argolaming leksik boyligi va meyorini tashkil qiladi. Ayni zamonda, umumxalq so‘zlari har qanday milliy til terminologiyasini hamisha to‘ldirib, kentaytirib boruvchi manbalardan biri tarzida e’tirof etiladi. Umumadabiy so‘zlaming terminologik leksika tizimiga ko‘chishi, ya’ni transterminlashuv (Ismailov 2011)ning ikki turi mavjudligi aniqlangan. Terminologiyaga ko‘ehgan umumadabiy leksik birliklaming ma’lum qismi o ‘z ma’nosini saqlab qolgan holda ishlatiladi: ildiz, suv, shamol, dengiz, daiyo, oy, quyosh, bug'doy, tol, uzum, shimoljanub, yet: ayg'ir, baliq va sh.k. Bu o‘ta keng qamrovli leksika qatlami bo‘lib, mavzu jihatdan jamiyat, inson, tabiat, ekologiya, hayvonot (fauna) va o‘simlik dunyosi (flora) bilan mustahkam aloqada bol’gan. Qayd etilgan so‘zlar keng umumadabiy hamda o‘z navbatida, tor, maxsus sohaga taalluqlidir. Mazkur so‘zlaming ifoda30 lanuvchisi va ifodalovchisi turli sohalarda mos tushadi, ammo ular ma’no obyekti, axborot ko‘lami, mazmun-ma’no turi bilan farqlanadi (Danilenko, 1977; 23). Umumadabiy leksikaning boshqa bo‘lagi yuz bergan ma’noviy o‘zgarish oqibatida terminlar safiga o‘tadi. Qoidaga ko‘ra, umumadabiy tildan terminologik tizimga olingan so‘zlar muayyan ilmiy tushunchani ifodalash uchun xoslanadi, ilmiy termin maqomiga ega bo‘ladi. Masalan, o ‘zbek tili texnik terminologiyasi tizimida detallar, mexanizmlar, mashina qismlari hamda turli buyum-asboblami anglatish uchun xoslangan ко 'z, oyoq, qadam, barmoq, qo ‘Itiq, to ‘siq, qobirg'a, og'iz, tirnoq, quloq, pichoq, quti, taroq, qozon, qoshiq, panja, musht, tuynuk, til, tish singari so‘zlar talay miqdorni tashkil qiladi. Ilmiy matnlarda bu so‘zlar o ‘zlarining birlamchi (denotativ) m a’nosini yo‘qotib, yakka ma’noli ilmiy terminga aylanadi. Ushbu maxsus tushunchalami atash usuli an’anaviy, obyektiv hamda juda sermahsul hisoblanadi. Yangi terminlami hosil qilish hisobiga mavjud ehtiyojlarni qondirish mushkul kechgan hollarda majburiy chora sifatida til lug‘at fondidagi so‘zlarga murojaat etiladi (Danilenko, 1977; 23). Mazkur guruhga tegishli so‘z-ot va termin-otlar har xil denotatlami ifodalashi bilan o‘zaro farq qiladi. Ba’zi bir leksik birliklar misolida maxsus ma’noning shakllanish jarayonini kuzatish mumkin. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida canaq so‘zi 1) o ‘yib yasalgan kichik hajmdagi yog‘och idish; 2) kosa, tovoq, lagancha ma’nolarida qo‘llanagan (DTS, 1969; 138). Bu leksema eski o‘zbek adabiy tilida “ hayvonlar suv ichadigan idish”(ANATIL, III, 1984;450) m a’nosini anglatgan. Fanning keyingi rivoji bosqichlari davrida kuzatilayotgan so‘z tibbiyot terminologiyasi tizimiga maxsus m a’noni ifodalovchi termin sifatida kirgan hamda “tos suyagi, dumg‘aza suyagi” va “kosasimon o ‘yiqli suyak” m a’nolarini ifodalashga yo‘naltirilgan .
Umumilmiy leksika tarzida kuch fizika, texnika, harbiy ish, iqtisodiyot, huquqshunoslik sohalarida “ qudrat”, “kuchlar, qo‘shinlar”, “quvvat,qonuniy huquqqa egalik” kabi ma’nolami ifodalashga xizmat qilmoqda -iroda kuchi; Yerning tortish kuchi; ish//ishchi kuchi; mamlakatning harbiykuchlari; yangi qonun kuchga kirdi va sh.k.
Umumadabiy leksik birlikning terminlashuv jarayoni natijasida
omonimlashish sodir bo‘ladi, ya’ni yangi ifodalanmish uchun ilgaridan
ma’Lum bo‘lgan qobiqdan foydalaniladi.

4 Mavzu: Terminologiyaning òzgarishlarning umumadabiy tildagi jarayonlar bilan vosita boģliqligi.


0‘zbek milliy tilining ikki turi hisoblanmish adabiy til va dialektlar o‘zaro chambarehas bog‘langan. Ma’lumki, qarindosh turkiy tillar orasida o‘zbek tili sheva va lahjalarining ko‘pligi va turfaligi jihatidan yaqqol ajralib turadi. 0 ‘zbek milliy tilining uch mustaqil, ya’ni - a) qorluq-uyg‘ur; b) qipchoq; v) o‘g‘uz dialektlari zaminida shakllanganligi ayni haqiqat (Polivanov,1933; Doniyorov, 1979; Shoabdurahmonov, 1962; 1976). 0 ‘zbek tilining leksik boyligi ushbu dialektlardagi so‘zlar hisobiga asrlar osha to iib borgan. Kasb-hunar leksikasi, maishiy leksika, kiyim-kechak nomlari, qarindoshlik istilohlari, oziq-ovqat nomlari bevosita ko‘p sonli shevalaming lug‘at zahirasi yordamida shakllangan. Chunonchi, geografiyaga xos arna, bo'g'oz, geologiyaga oid quv va sh.k. so‘zlar shular jumlasidandir. 1100 dan ortiq mahalliy o‘simlik nomlari o‘zbek shevalari va lahjalari vakillari tilida faol qo‘llanadi. Bular sirasiga igii; qumarchiq, suvsumbul, ho ‘kiztili, g ‘ozyaproq, ко ‘kmaraz, oqsasir, randak singari fitonimlami kiritish mumkin. Keyingi vaqtlarda adabiy tilga dialektlardan yelvizak, tangi (tog‘dagi tor so‘qmoq), sukchak, sinchalak, soz (qamishli botqoq) kabi so‘zlarning kirib kelishi oddiy holatga aylandi (Ishayev. 1986.16-17). Pilla, sizlog 'ich, sachratqi, qorason, qizilcha, tirsak singari sheva elementlarining tibbiy terminologiyada tez-tez ishlatilishi kuzatiladi (RLO’TTIL, 1999). Alohida shevaga oid so‘zning adabiy tilga kirish tarixi har doim individual, o ‘ziga xos bo‘lib, har xil lingvistik va ekstralingvistik omillarga bog‘liq. 0 ‘zbek adabiy tili tomonidan otlarning turfa nomlari xalq - sheva tilidan o ‘zlashtirilgan edi.
Ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimi - qagan “Oliy hukmdor, xoqon”’ tegin “taxt vorisi, xonzoda”, sad “Turk va Uyg‘ur xoqonligida oliy harbiy-ma’muriy unvon”, yabgu “G ‘arbiy turk xoqonligi hukmdori”, qatun “ malika”, tudun “nazoratchi”, tutuq “viloyatning harbiy hukmdori ”, tarqan “ hokim, boshliq”, beg “bek, boshliq”, eltabar “azlaming sarkardasi”, sabci “elchi”, yolci “boshliq”, baga fsug‘dj “unvon, lavozim”, 'isbara (sanskrit) “unvon, mansab” va sh.k. Harbiy terminlar - koriig “ayg‘oqchi, josus”, ayguci “harbiy maslahatchi”, siibasi “sarkarda, lashkarboshi”, yerci “yo‘l ko‘rsatuvchi, qulavuz”, siirjiis “jang, urush”, swjilg “nayza”, su “lashkar, qo‘shin”, buyruq/ buyuruq “farmonbardor”, qislaq “qish mavsumi uchun mo‘ljallangan lashkargoh, lager”, qurgan “qo‘rg‘on, istehkom”, bargu “o ‘lja”, tegis “jang”, kedim “sovut; yopinchiq”, yelma “g ‘oratgar askariy guruh”, hulun “bandi, tutqun”, asir (ar.) “tutqun, asir” va sh.k.
Keltirilgan misollar qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzu nuqtayi nazaridan turfa, miqdor jihatdan ancha ko‘pligi, istilohlaming asosini asl turkiy so‘zlar tashkil etganini tasdiqlaydi. Ayni paytda, sanskrit, xitoy, sug‘d, arab, fors-tojik tillariga xos o‘zlashmalaming ham o ‘mi bilan qo‘llangani kuzatiladi
Otlarning nomlanishida ularga xos belgilar: tashqi ko‘rinish- qamishquloq, qilich oyoq, echki oyoq va sh.k., nasi- laqayi, yovmuti, bayir va sh.k., rang turi va tuslar - b o ‘z, qo'ng'ir, chipor, to'riq, 33 g'irko ‘к va sh.k., yosh - g'o ‘nan, do ‘nan, tallon, to ‘Ion, kaltatoy va sh.k., odat, qiliq - gajir, gijing, juyruq va sh.k. o‘z in’ikosini topgan (Usmonov, 1986; 89-910). Ayni shunday holatni o‘zbek chorvachilik terminologiyasi tizimida ham kuzatish mumkin ( 0 ‘rinova, 2007). Sheva elementlarining tanlanishi va o‘zbek tili terminologik leksikasi tarkibiga kiritilishining bosh sababi, shubhasiz, adabiy tilda kerakli ekvivalent(teng m a’noli) so‘zning mavjud bo‘lmasligidir.
Eski o‘zbek tili terminologiyasi (XV-XIX asr oxiri) sistemasi qadimgi turkiy til va eski turkiy til terminologiyasidek o ‘z ichki imkoniyatlari hamda o‘zlashmalar hisobiga shakllandi va rivojlandi. Eski o ‘zbekcha terminlar yasalish jihatdan tub va derivatlardan tashkil topgan edi.
5 Mavzu: Òzbek terminologiyasi va leksikografiyasi òzaro yondosh soha sifatida
Hozirgi vaqtda o ‘zbek terminologiyasi har tomonlama shahdam qadamlar bilan taraqqiy etmoqda. Ilm, fan va texnika, siyosat, iqtisodiyot va madaniy hayotga doir asosiy tushunchalar mutanosib terminologiya tizimi bilan ta’minlangan. Mustaqillik yillari mamlakatda turfa ikki tilli, ko‘p tilli hamda izohli lug‘atlar dunyo yuzini ko‘rdi. Ayni paytda turli sohaga oid terminologik lug‘atlar tuzish borasida jadal ishlar amalga oshirilmoqda, terminlogiyaga oid o ‘quv, o ‘quv-metodik va ilmiy adabiyot nashrdan chiqmoqda. 0 ‘zbek terminologiyasining yanada rivojlanishida ommaviy axborot vostalarining о ‘m i salmoqli bo‘lmoqda. Hozirgi o ‘zbek adabiy tili muayyan terminologik tizimi boyishi, to‘ldirilishi va takomillashishining bosh manbasi, boshqa tillarda kechayotganidek, shubhasiz, o‘z lug‘at boyligi ekanligi ayni haqiqat. 0 ‘zbek terminologiyasining o‘z boyliklari va imkoniyatlari hisobiga taraqqiy etishi ikki yo‘l bilan voqelanadi: a) tilda mavjud, tayyor so‘zlardan yangi narsa-predmet va tushunchalami ifodalashda foydalanish; b) o‘zbek adabiy tili so‘z yasash imkoniyatlari zaminida yangi terminlar yaratish. 43 Yangi terminlami ro‘yobga keltirishda so‘z yasashning morfologik, semantik va sintaktik usullaridan unumli istifoda etiladi. Terminlar yaratishda kalkalash usulining ham sezilarli о‘mi bor. 0 ‘zbek tili terminologiyasining ulkan ulushini mscha-baynalmilal fond asosida yuzaga chiqqan nomlar tashkil etadi. Boshqa noturkiy tillardan o ‘zlashgan terminlar o‘zbek xalqi faoliyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, sotsial, madaniy, m a’naviy jabhalarini qamrab olganligi bilan xarakterlidir. 0‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989-yilning 21-oktabrida “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi o'zbek tili so‘z boyligining asosiy qatlamlaridan hisoblanmish terminologik leksikaga yangicha munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Qonunning 7-moddasida ta’kidlanganidek, “Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e ’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalami joriy etish hisobiga ta’minlaydi”. Ushbu jahonshumul ahamiyatga molik Qonunning qabul qilinishidan so‘ng, taxminan 3-5 yil davomida ilgaridan tilda qo‘llanishda bo‘lgan terminlami, ayniqsa, mscha-baynalmilal qatlamni qaytadan ko‘rib chiqish tendensiyasi kuchayib ketdi. So‘zsiz, bunday sa’y harakatlar o‘zbek tilining sofligini saqlash, uning asl tabiatini qayta tiklashga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Sobiq sho‘rolar hukmronligi davrida o ‘zbek tili lug‘at tarkibining shakllanishi va rivojlanishida alohida rolga ega bo‘lgan ko‘pdan ko‘p ko‘hna so‘zlar asossiz ravishda eskirgan leksik birliklar kategoriyasi, ya’ni arxaizmlar sirasiga kiritilgan edi. Ayni nohaqlikni o ‘nglash, tarixiy haqiqatni tiklash muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilgan edi. 0 ‘zbek ziyolilari, chunonchi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil qilingan Atamashunoslik qo‘mitasining samarali mehnati evaziga muxtoriyat, та ’muriyat, та ’mur, muqobil, hakam, tashrif, insonparvarlik, xususiylashtirish, boshboshdoqlik, qoldiq fsaldo), iqtisodiyot, та ’lumotnoma, reja, dastur, kengash singari juda ko‘p ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminlar qaytadan qo‘llanishga kiritildi. Biroq bu kezlarda terminlami almashtirish va ishlatishda ma’lum chalkashlik hamda xatoliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Terminologiyaga xos me’yorlarga har doim ham amal qilinmadi. Ilgari muvaffaqiyatli qoilangan terminlami muomaladan zo‘rma-zo‘raki siqib chiqarish, ulami so‘z yasalish qonuniyatlariga javob bermaydigan leksik birliklar bilan almashtirish harakati avj oldi. Vaqtinchalik eyforiya natijasida totalitar tuzumga nisbatan yillar davo44 mida shakllangan sovuqlik oqibatida qator ruscha-baynalmilal terminlarni almashtirish harakati ko‘zga yaqqol tashlandi.

6 Mavzu: ,,Devonu luģatit turk" òrganilishi va tarixi


„Devonu lugʻotit turk“ (arabcha; tarjimasi „Turkiy soʻzlar devoni“) — Mahmud Koshgʻariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071—72).[1][2] Bu asarda 11-asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va Gʻarbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urugʻ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geogr.si, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirilgan. „Devonu lugʻotit turk“ning qoʻlyozmasi 1914-yil Turkiyaning Diyorbakr sh.dan topilgan. 319 sahifali bu qoʻlyozma hozirgi Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa „D.t.l.“ yozilganidan salkam 200 yildan keyin, yaʼni Mahmud Koshgʻariyning oʻz qoʻli bilan yozilgan nusxadan 1266-yilda kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy aldamashqiy tomonidan koʻchirilgan.
„Devonu lugʻotit turk“ arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish maqsadida arabcha hara-katlar (harflardagi ost-ust ishoralar)dan foydalanilgan. Bunda, albatta, muallif ancha qiyinchilikka uchragan, chunki arabcha harf va alif, vov, yo ishoralari bilan turkiy tovushlarni berib boʻlmas edi. Turkiy tildagi choʻziq va qisqa unlilar, yumshoq va qattiq tovushlar uchun Maxmud Koshgʻariy maxsus belgilar (harakatlar)ni qoʻllaydi yoki soʻz boshidagi choʻziqlikni ikki alif bilan koʻrsatadi yoki 2 xil talaffuz qilinadigan soʻzlarga 2 xil ishora qoʻyadi: azuqluq, eritmak soʻzlaridagi 3 va R harflari ustiga ham kasra, ham damma ishorasini qoʻygan, demak, bu soʻzlar oʻsha davrda ikki xil talaffuz etilgan: azmqluq — azuqluq, eritmak — erutmak kabi. Arabcha harf bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turkiy talaffuzni „Devonu lugʻotit turk“da izohlab, taʼriflab oʻtgan. „Devonu lugʻotit turk“da, avvalo, otlar, soʻng feʼllar izohlanadi. Soʻzlar tartibi ularning tarkibidagi harflarning orta borishiga (2 harfdan 7 harfgacha) qarab amalga oshirilgan. Mahmud Koshgʻariy „Devonu lugʻotit turk“ga oʻzi tuzgan dunyo xaritasi (dunyoning doira shaklidagi tasviri)ni ilova qilgan. Xaritada mamlakat, shahar, qishloq, togʻ, choʻl, dovon, dengiz, koʻl, daryo va h.k.ning nomlari yozilgan. Xaritaga yozilmay qolgan bir qancha nomlar asar matnida izohlangan. Harita, asosan, hozirgi Sharqiy yarim sharga toʻgʻri keladi. Asarda 11-asrdagi shaharlar, qishloqlar, dengiz, koʻllar, turkiy qabilalar va urugʻlar haqida, urugʻlarning ijtimoiy ahvoli, kelib chiqishi, nomlanishi, ichki urugʻ va toifalari, ularning joylanishi, urf-odatlari, til xususiyatlari haqida batafsil maʼlumotlar beriladi. Bundan tashqari, hayvonot va oʻsimliklari, ularning nomlanishiga toʻxtalib oʻtadi, astronomik maʼlumotlar, burj va muchal haqida ham maʼlumotlar bor. „Devonu lugʻotit turk“da ayniqsa qabila va urugʻ tillariga oid lingvistik maʼlumotlar ancha batafsil berilgan. Bunda har soʻzning maʼnolari (polisemiya, omonim, sinonim, antonim va arxaik soʻzlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim soʻzlarning etimologiyasiga toʻxtalib oʻtadi. Tovushlar (fonemalar)ning taxlili ancha mukammal: unli va undosh fonemalar, choʻziq va qisqa unlilar, ularning urugʻ tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil izohlangan. Morfologiya sohasida soʻz turkumlarini, davr anʼanasiga koʻra, 3 soʻz turkumiga: feʼl, ism, bogʻlovchiga boʻlib, ularning yasalish va turlanish yoʻllarini koʻrsatib oʻtadi. „Devonu lugʻotit turk“da 250 dan ortiq maqol va matallar, oʻnlab sheʼriy parchalar keltirilgan.
V. V. Bartold „Devonu lugʻotit turk“dan oʻz ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin koʻrsatib oʻtgan. Til-shunos olim V. I. Belyayev „Devonu lugʻotit turk“ haqida shunday yozadi: „Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan… Muallif bergan maʼlumotlar… arxeologik kashfiyotlar bu maʼlumotlarning aksariyatini isbot etmoqda“.

7 Mavzu: Qadimgi turkiy til harbiy terminologiyasi



Yüklə 61,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin