1. Allohning sevgan bandasining diliga solgan ilohiy so‘zlari nima



Yüklə 10,75 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü10,75 Kb.
#164604
Buxoriy


2-&. IMOM BUXORIY

1.Allohning sevgan bandasining diliga solgan ilohiy so‘zlari nima


deyiladi?
A) hadis B) musnad
C) vahiy D) sanad
2.Yosh Buxoriyning onasi tushida qaysi payg‘ambarni ko‘radi va u
qanday bashorat beradi?
A) Muhammad s.a.v.ni; duolari sharofatidan o‘g‘lining muhaddis
bo‘lishini
B) Ismoil a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘liga ko‘rish ne’mati
berilishini
C) Ibrohim a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘liga ko‘rish ne’mati
berilishini
D) Yusuf a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘lining muhaddis bo‘lishini
3.Hadislar tuzilishiga ko‘ra necha qismga bo‘linadi?
A) 3 ta: matn, sanad, musnad B) 2 ta: sanad, musnad
C) 2 ta: matn, roviy D) 2 ta: sanad, matn
4.Muhaddis kim?
A) «ma’lumot beruvchi», «hadis biluvchi»
B) «rivoyat qiluvchi», «hadis aytuvchi»
C) «hadis to‘plovchi», «hadis biluvchi»
D) «hadis biluvchi», «hadis aytuvchi»
5.Namoz jamoa bo‘lib o‘qilganda, oldinda boshlab boruvchi kim?
A) mulla B) imom
C) muhaddis D) roviy
6. Hadislarning «sahih» (ishonchli)larini «nosahih» (ishonchsiz)laridan ajratish bilan kimlar shug‘ullanadi?
A) tobeinlar B) roviylar
C) sahobalar D) hadisshunoslar
7. Imom Buxoriy «Al-jome’ as-sahih» kitobi ustida necha yil ishlagan va qancha hadis ichidan nechta hadisni saralab olgan?
A) 10 yil, 600 ming hadis ichidan 7437 ta hadis saralagan
B) 12 yil, 800 ming hadis ichidan 7437 ta hadis saralagan
C) 14 yil, 800 ming hadis ichidan 7397 ta hadis saralagan
D) 16 yil, 600 ming hadis ichidan 7397 ta hadis saralagan
8. Payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbatda bo‘lgan
izdoshlari kimlar hisoblanadi?
A) muhaddislar B) tobeinlar
C) sahobalar D) roviylar
9. Roviylar ikki xil bo‘lgan:
A) muhaddislar, sahobalar B) sahobalar, tobeinlar
C) muhaddislar, tobeinlar D) tobeinlar, hadisshunoslar
10. Payg‘ambarimiz so‘zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar
huzurida aytilganligi hujjati nima deyiladi?
A) matn B) hadis
C) sanad D) musnad
11. Hadis yig‘ish an’anasi qachondan boshlangan?
A) islom dini paydo bo‘lgandan
B) payg‘ambarimiz yashagan davrdan
C) sahobalar davridan
D) Imom Buxoriy davridan
12. Payg‘ambarimizni emas, sahobalarni ko‘rib, ulardan eshitganlarini aytuvchilar kimlar?
A) roviylar B) tobeinlar
C) sahobalar D) muhaddislar
13. Imom Buxoriyning otasi kim?
A) Ahmad al-Buxoriy B) Ibrohim Buxoriy
C) Ismoil Buxoriy D) Imom Buxoriy
14. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
«Imom Buxoriyning otasi … edi, goho … bilan shug‘ullanardi».
A) muhaddis, tabib B) xudojo‘y, savdogar
C) muhaddis, tijorat D) savdogar, tijorat
15. «Qur’on» xalq orasida qanday nom bilan mashhur?
A) «Kalomulloh» B) «Tafsir»
C) «Tafsiri Hilol» D) «Muqaddas kitob»
16. Zamondoshlari kimning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror
dirham ham pul kirmaganligi haqida yozadilar?
A) Xorazmiy B) Ibrohim Buxoriy
C) Ismoil Buxoriy D) Ahmad al-Buxoriy
17. Imom Buxoriy necha yoshlaridan o‘z zehni va yod olish quvvati
bilan ustozlarini shoshirib qo‘yardi?
A) olti yoshlaridan B) sakkiz yoshlaridan
C) o‘n yoshlaridan D) o‘n olti yoshlaridan
18. Imom Buxoriy qanday unvonlarga ega bo‘lgan?
A) «muhaddislar imomi», «muhaddislar sultoni»
B) «muhaddislar sultoni», «muhaddislar donosi»
C) «muhaddislar donosi», «muhaddislar imomi»
D) «muhaddislar podshosi», «muhaddislar sultoni»
19.Imom Buxoriydan bizgacha qancha ilmiy asar meros qolgan?
A) 10 dan ortiq B) 20 dan ortiq
C) 40 ga yaqin D) 30 ga yaqin
20.Hadisni davom ettiring. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan bir kishi so‘radi: «Islomda eng yaxshi xislatlar
qaysidir?» …
A) «Ochlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom
bermoqlik».
B) «G‘azablangan taqdirda ham kechira olmoq, barchaga salom
bermoq».
C) «Insofli va adolatli bo‘lmoq, kambag‘alligida ham sadaqa berib
turmoq».
D) «Ochlarga taom bermoqlik, kambag‘alligida ham sadaqa berib
turmoq».
21.Hadisni to‘ldiring. «Birovni kurashib, yiqitgan polvon emas,
balkim ... polvondir».
A) fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchi odam
B) odamlarning gunohlarini o‘tuvchi odam
C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchi odam
D) g‘azablangan vaqtida jahlini yutuvchi odam
22.Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, payg‘ambarimiz
ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib «ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz» deb kimni nazarda tutgan?
A) g‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odamni
B) ilm o‘rgangan va uni boshqalarga o‘rgatgan odamni
C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qilgan odamni

D) yetimning kafilini olgan odamni


23.Al-Buxoriy hadislarida keltirilgan «qavl» so‘zining ma’nosi
nima?
A) gap B) so‘z
C) naql D) va’da
24.Hadislarda ilmni o‘rganib, o‘zgalarga o‘rgatib, o‘zi amal
qilmaydiganlar nimaga o‘xshatiladi va qanday nomlanadi?
A) unumdor yerlarga, mo‘min B) qurg‘oq yer, fosiq
C) tekis yer, kofir D) unumdor yer, fosiq
25.Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, rasululloh bergan hidoyani
(ilmni) o‘zi o‘rganib o‘zgalarga o‘rgatadigan, o‘zi ham amal
qiladigan kishini kim deb ataydi va qanday yerga o‘xshatadi?
A) ulamo, unumdor yerga B) fosiq, qurg‘oq qattiq yerga
C) kofir, qurg‘oq yerga D) mo‘min, unumdor yerga
26.Hadislarda aytilishicha, qaysi xislatlarni o‘zida mujassam qilgan
kishining iymoni mukammal bo‘ladi?
1) Insofli va adolatli bo‘lmoq. 2) Barchaga sadaqa bermoq.
3) Kambag‘allikda ham sadaqa berib turmoq.
4) Ochlarga taom bermoq. 5) Barchaga salom bermoq.
A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) l, 2, 4
27.Imom Buxoriy hadislarida keltirilgan «riyo» nima?
A) tovlamachilik B) ikkiyuzlamachilik
C) firibgarlik D) yolg‘onchilik
28.Hadislarda keltirilishicha, zolim kim?
A) Alloh taolo nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlarga muvofiq hukm
qilmaydiganlar
B) yomonlikka ko‘mak beradigan kishilar
C) birovga azob beradiganlar
D) yolg‘onchilar
29.Al-jome’ as-sahih» asari yana qanday nom bilan ham
mashhur?
A) «Tafsiri Buxoriy» B) «Buxoriy hadislari»
C) «Ishonchli hadislar to‘plami» D) «Sahihi Buxoriy
30.Hadislardagi o‘xshatishlarga mos javoblarni tanlang.
1) suvni o‘zida tutib turmaydigan, ko‘kat ko‘kartirmaydigan yer;
2) unumdor yer;
3) suvni shimmaydigan, o‘zida to‘playdigan yer.
a) kofir; b) mo‘min; s) fosiq.
A) 1-b, 2-a, 3-s B) 1-a, 2-b, 3-s
C) 1-s, 2-b, 3-a D) 1-s, 2-a, 3-b
31.Hadis haqidagi noto‘g‘ri fikrni toping.
1) Hadis payg‘ambarimizning so‘zlari.
2) Qur’oni karimdagi oyatlarni tushuntiradi, sharoitga tatbiq etadi.
3) O‘z ahamiyati jihatidan Qur’oni karimdan keyingi eng muhim
qo‘llanma.
4) Hadislarni yig‘ish sahobalar davridan boshlangan.
5) Hadislar sanaddan iborat.
A) 1, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 2, 4 D) 4, 5
32.Uning otasi muhaddis bo‘lib, goho
tijorat bilan ham shug‘ullangan.
Lekin juda halol, xudojo'y odam
bo'lgan. Zamondoshlari uning
xonadioniga mehnatsiz topilgan biror
dirham ham pul kirmaganligi haqida
yozadilar.
... mana shunday oilada o‘sdi. Otasi
erta vafot etganidan tarbiyasida
onasining xizmati katta bo‘ldi.
U kichkinaligidan hadis ilmiga ko‘ngil
qo'ydi.
Ushbu ma’lumot kim haqida?
A) Ahmad Yassaviy
B) Yusuf Xos Hojib
C) Imom Buxoriy
D) Rabg‘uziy
Yüklə 10,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin