Mavzu: yosh psixologiyasining tadqiqot metodlar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə1/4
tarix13.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#174685
  1   2   3   4
Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari

Mavzu:YOSH PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT METODLAR

Reja:

1.Kuzatish va eksperiment yosh psixologiyasining asosiy metodi sifatida.

2. Tasdiqlovchi va shakllantiruvchi tadqiqot strategiyalari

3. Tadqiqotning yordamchi metodlari.

Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yondashish uchun ularning individual-psixologik xususiyatlarini, o‘quvchilar shaxsining o‘ziga xosligini bilish, o‘rganish zarur. «Agar pedagogika odamni har jihatdan tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u oldin o‘sha odamni ham har jihatdan bilib olishi kerak», — deb yozgan edi K.D. Ushinskiy.

Rus psixologi B.G. Ananyev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga bo‘linadi:

  • Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari kiradi.
  • II. Empirik metodlar: kuzatish va o‘z-o‘zini kuzatish; eksperimental psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervyu); faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari

    III. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statistika) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi.

    IV. Sharhlash metodlari: genetik va donalash metodlari. Genetik metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holatlari ajratib ko‘rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa shaxsning barcha xarakteristikalari o‘rtasidagi «gorizontal» aloqalar aniqlanadi.

Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali, biror maqsad asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish — kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi.

Kuzatish - Psixologik holatlarning sabablarini ilmiy tarzda tushuntirib beruvchi tadqiqot metodi.

Eksperiment - Psixologik ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan sharoitlarni yaratish maqsadida tadqiqotchining tekshiriluvchi faoliyatlariga faol aralashuvi.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin