2 mavzu o‘zgaruvchan massali jismning harakati



Yüklə 64,72 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix13.12.2023
ölçüsü64,72 Kb.
#174811
2 - Mavzu



 
2 - MAVZU 

O‘zgaruvchan massali jismning harakati 
 
Mexanikani o`rganishda fizikaning saqlanish qonunlari deb ataluvchi eng muhim 
qonunlarini o`rganamiz. Bular energiyaning saqlanish qonuni, impulsning saqlanish 
qonuni. Ilgarilanma mexanikaviy harakat ikki o`lchovga: mϑ impuls va energiyaga ega 
ekanligi to`g`risidagi faktlar Dekart bilan Leybnislar orasida, bu kattaliklardan qaysi biri 
harakat o`lchovi hisoblanishi to`g`risidagi tarixiy tortishuvga olib keldi. Energiyaning 
saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuni ochilmaguncha bu tortishuv hal 
bo`lmas edi. Mexanikaviy energiyaning boshqa turdagi energiyaga aylanish qonuni analiz 
qilingandan so`ng, bu tortishuvni F.Engels o`zining “Tabiat dialektikasi” nomli kitobida 
yorqin yozgan edi. 
“Shunday qilib, -deb yozgan edi F.Engels, -haqiqatdan ham mexanikaviy harakat ikki xil 
o`lchamga ega ekanligini ko`rdik... Agar mavjud mexanikaviy harakat shunday 
ko`chirilsa-ki, bunda u mexanikaviy harakat sifatida saqlansa, u holda bu harakat massani 
tezlikka ko`paytmasi formulasiga muvofiq uzatiladi. Agar bu harakat shunday uzatilsa-
ki, 
bunda u potensial energiya
, issiqlik, elektr va hokazolar shaklida qayta namoyon bo`lib, 
mexanik harakat sifatida yo`qolsa yoki bir so`z bilan aytganda, bu harakat qandaydir 
boshqa formadagi harakat miqdori dastlabki harakatlanayotgan massa va tezlik 
kvadratiga ko`paytmasiga proporsional. Umuman aytganda, -mexanikaviy harakatning 
o`zi bilan o`lchanadigan mexanikaviy harakatdir; ma’lum miqdordagi boshqa harakat 
formasiga aylanish xususiyati bilan o`lchanadigan mexanikaviy harakatdir. 
 
Aylanma harakat uchun mexanikaviy harakat o`lchovi, mexanikaviy harakatning o`zi 
bilan o`lchanadigan jismning impuls momenti hisoblanadi. 
Mexanikada impuls, impuls momenti va energiyadan tashqari saqlanuvchi kattalik 
jismning massasidir. 
Ma’lumki, massa-jismning inertlik o`lchovidir. Boshqa saqlanish qonunlari bilan keyinroq 
tanishamiz. 
Saqlanish qonunlari tabiatning eng umumiy qonunlariga taalluqli. Suyuqlik va gazlar 
uchungina haqiqiy bo`lgan Paskal qonunidan, qo`llanilish sohasi chegaralangan Om 
qonunidan va boshqa shunga o`xshash qonunlardan tashqari energiya, impuls va impuls 
momentining saqlanish qonunlari hozirgi kunda ma’lum bo`lgan barcha fizikaviy 
protsesslarda bajariladi. 
Energiya impuls va impuls momentining saqlanish qonunlarini dinamika qonunlarining 
davomi sifatida hosil qildik. Biroq, bu qonunlar Nyuton dinamikasi qonunlarini qo`llab 
bo`lmaydigan vaqtda ham bajariladi. 
Masalan, yorug`lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanganda Nyuton qonunlari 
buziladi. Biroq bu holda ham saqlanish qonuni bajariladi. Nyuton qonunlarini atom 
ichidagi zarralar harakatini bayon qilish uchun ham qo`llab bo`lmaydi, biroq saqlanish 
qonuni atom ichidagi protsesslarda ham to`griligicha qoladi. 
 
Fizikaning asosiy kursida dinamika qonunlarini o`rganishda o`zgarmas kuch ta’siri ostida 
bo`lgan m massali jismning harakat qonunini topishni o`rgandindingiz. Jismga kattaligi va 
yo`nalishi vaqt o`tishi bilan o`zgaruvchi kuch ta’sir etgan holda mexanikaning to`g`ri 
masalalarini taqribiy yechish usullaridan biri bilan siz ushbu kitobdagi 18-§ da va 5-
laboratoriya ishini bajarishda tanishgansiz. Endi uchinchi mumkin bo`lgan holni-
o`zgaruvchan massali jismning harakatini qarab chiqamiz. Masalan, raketaning harakat 
tezligini va koordinatasini aniqlashda xuddi shunday masalani yechishda to`g`ri keladi. 
O`zgaruvchan massali jismlarning harakati to`g`risidagi masalani implsning saqlanish 


qonunini qo`llash asosida yechish mumkin ekan. 
O`zgaruvchan massali jismlar harakatining qonunini birinchi marta Peterburg 
universitetining professori I.V.Mishcherskiy va taniqli rus olimi K.E.Sialkovskiylar 
tekshirganlar. 
1897-yilda I.V.Mishcherskiyning “O`zgaruvchan massali nuqtaning dinamikasi” nomli 
monografiyasi chop etildi. Bunda o`zgaruvchan massali jismlar harakatining asosiy 
tenglamasi keltirib chiqarilgan. 
 
O`zgaruvchan massali jism harakati qonunining soddalashtirilgan natijasini quyidagicha 
keltirish mumkin. Faraz qilaylik, Yerdan va boshqa osmon jismlaridan yetarlicha uzoqlikda 
massasi yonilg`isi bilan birga bo`lgan raketa turgan bo`lsin. Agar barcha osmon jismlarining 
raketaga ta’siri 
hisobga olinmasa
, u holda “raketa-yonilg`i” jismlar sistemasi berk 
hisoblanadi. 
Klassik mexanikada, harqanday moddiy nuqtaning yoki sistema zarrachalarining massalari 
harakat mobaynida o’zgarmas deb hisoblanadi. Lekin, ayrim hollarda sistemani yoki jismni 
tashkil etuvchi qismlarining massalari [bazibir qism (massa)larni sistemaga tashqaridan 
qo’shilishi yoki undan olib tashlanishi hisobiga] o’zgaruvchan bo’lishi mumkin; natijada 
sistemaning umumiy massasi o’zgaruvchan bo’ladi.
 

Yüklə 64,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin