5-mavzu. Harakat xavfsizligini ta’minlash huquqini boshqa tarmoq huquqlari bilan bog‘liqligi. Reja



Yüklə 102,53 Kb.
səhifə1/16
tarix05.04.2023
ölçüsü102,53 Kb.
#93609
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
5-MAVZU


5-MAVZU. HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH HUQUQINI
BOSHQA TARMOQ HUQUQLARI BILAN BOG‘LIQLIGI.


Reja:
1. Harakat xavfsizligini ta’minlash munosabatlarida ma’muriy huquqning ishtiroki.
2. Harakat xavfsizligini ta’minlash munosabatlarida fuqarolik huquqi ishtiroki.
3. Harakat xavfsizligini ta’minlash munosabatlarida mehnat huquqi ishtiroki.
4. Harakat xavfsizligini ta’minlash munosabatlarini jinoyat huquqi ishtirokida tartibga solish. Harakat xavfsizligini ta’minlash munosabatlarida xalqaro huquqining ishtiroki.
5. Harakat xavfsizligini ta’minlash va ekologiya qonunchiligi.


Tayanch so‘zlar va iboralar: harakat xavfsizligi, harakat xavfsizligini huquqi, manbalari, qonunchiligi, qonunchilikning tizimi, tarkibi va hakamlar sudi.


1. Harakat xavfsizligini ta’minlash munosabatlarida
ma’muriy huquqning ishtiroki.
(Erkin Xojiyev, To‘Lqin Xojiyev.
Ma’muriy Huquq. Darslik 2008)

Davlat boshqaruvi o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hayotning eng muhim tomonlarini qamrab oladi. Bu jarayonda xo‘jalik tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy ishlar amalga oshiriladi, ma’muriysiyosiy masalalar hal qilinadi. Davlat boshqaruvini tashkil etish va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi — ma ’muriy huquq tarmog‘ini tashkil etadi. Davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish — munosabatlaming barcha ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini ma’muriy huquq normalarida mustahkamlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday qoidalarni o‘rnatish orqali, davlat boshqaruvi va u bilan bog‘liq boigan munosabatlarda vujudga keladigan funksiyalarni amalga oshirishning muayyan huquqiy tartibini yaratadi. Aniq ijtimoiy munosabat ma’muriy munosabat boiib, birinchidan — unda tegishli davlat organi, albatta qatnashadi; ikkinchidan — davlat boshqaruvi organi unga berilgan vakolatlardan foydalanganida ma’muriy huquqning tartibga solish ta’siriga uchraydi. Davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlaming deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi.


Ma’muriy huquq — huquq tizimining yirik, murakkab va rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu uning tartibga solinuvchi predmetining o‘ziga xos xususiyatlaridan, munosabatlaming keng qamrovliligidan kelib chiqadi. Ijro hokimiyati, boshqaruv faoliyati va boshqaruvning o‘zi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli, ma’muriy huquq — huquq tizimida markaziy o‘rinni egallaydi hamda boshqa huquq tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatadi yoki, aksincha, ularning ta’siriga uchraydi. Ma’muriy huquqda ommaviy manfaatlar quyidagi huquqiy vositalar orqali o‘rnatiladi va amalga oshiriladi:
1) ommaviy manfaatlarni huquqiy tartibga solish, uning xususiyatlarini, mazmuni va turlarini O‘rnatish;
2) ommaviy manfaatlarning ustunligini normativ hujjatlarda tan olish, ularga bevosita rioya etilishini va majburiyligini, ommaviy manfaatlarni himoya qilishning shakllari va turlarini o‘rnatish;
3) ommaviy manfaatlar buzilgan taqdirda, yuridik javobgarlik choralarini belgilash
Ma’muriy huquq normalari davlat huquqi normalaridan kelib chiqqan holda, avvalo davlat boshqaruviga xos bo‘lgan xususiyatlarni va uning boshqa davlat faoliyati turlari bilan (konunchilik, sud, prokuror nazorati) o‘zaro munosabatini, shuningdek, davlat boshqaruvi prinsiplarini mustahkamlaydi. Ma’muriy huquq — davlat huquqi normalarini yanada aniqlashtirib va to‘ldirib, fuqarolaming ko‘pgina huquq va majburiyatlarini, ulaming boshqaruv organlari orqali amalga oshirish mexanizmini hamda ushbu huquqlarni har qanday buzilishlardan himoya qilishni belgilaydi. Ma’muriy huquq — davlat otganlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini, uning vazifa va maqsadlarini, vakolatlari hamda huquqiy maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi. Ma’muriy huquq — boshqariluvchi obyektlamnng aloqalarini tartibga solib turadi. Ushbu normalar rejalashtirish tartibini, mod diy resurslarni taqsimlashni, ish haqini belgilashni ham mustahkamlaydi. Ma’muriy huquq — jamoat tashkilotlari va jamoat organlarining huquqiy maqomini o‘rnatishda katta ahamiyatga egadir. Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham tartibga soladi.
Ma’muriy huquq ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga solib, mazkur munosabatlar uning predmetini tashkil etadi. Huquqiy tartibga solish predmeti — bu ijtimoiy munosabatlar doirasidir. Ijtimoiy munosabatlar o‘zining xususiyatiga ko‘ra huquq normalari o‘rtasidagi alohida bog‘liqlikni vujudga keltiradi va ularni yaqinlashtiradi. Shu sababli, ijtimoiy munosabatlar huquq normalarini ma’lum bir tarmoqqa birlashtirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi fani'ga ko‘ra huquqiy tartibga solish predmeti quyidagi elementlami o‘z ichiga oladi: — huquqiy tartibga solish predmeti subyektlari; — subyektlarning xulq-atvori, xatti-harakatlari; — atrof-muhit obyektlari; — ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi ijtimoiy faktlar (hodisa va harakatlar). Demak, huquqiy tartibga solish predmeti — bu huquqiy ta’sir doirasidagi barcha ijtimoiy munosabatlardir. Huquqiy tartibga solish predmeti shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan va bekor bo‘ladigan aniq munosabatlar doirasi bo‘lib, ular obyektiv ravishda huquqiy tartibga solishga muhtojdir. Jamiyatda vujudga keladigan munosabatlar turlicha bo‘lgani holda, ular muayyan umumiy xususiyatlarga ham egadir: birinchidan, bu munosabatlar — shaxslar uchun hayotiy muhim bo‘lgan munosabatlardir; ikkinchidan, bu munosabatlar — stixiyali tarzda bo‘lmay, balki doimo aniq maqsadga yo‘naltirilgan munosabatlardir; uchinchidan, bu munosabatlar — barqaror, ya’ni takrorlanib turadigan munosabatlardir; to‘rtinchidan, bu munosabatlar — shaxslaming xatti-harakatlari orqali ifodalanganligi sababli, ularni nazorat qilish mumkin.
Huquq tizimida huquq tarmoqlariga ajratishning asoslaridan biri — bu huquqiy tartibga solish uslubidir. Har bir huquq tarmog‘i ning huquqiy tartibga solish predmeti o‘ziga xos xususiyatlaiga ega bo‘lganligi sababli, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uslubi ham o‘ziga xos bo‘lishini taqozo etadi. Huquqiy tartibga solish uslubi — jamiyatdagi mavjud munosabatlarga huquq ta’sirida qoilaniladigan usul, vosita va yo‘llar yig‘indisidan iboratdir. Huquqiy tartibga solish uslubi uzoq tarixiy jarayonda shakllangan bo‘lib, davlat undan huquq normalarini yaratishda va ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqlarni tartibga solishda foydalanadi. Huquqiy tartibga solish uslublarini mazmun-mohiyatiga ko‘ra ikki guruhga: dispozitiv va imperativ uslublaiga bo‘lish mumkin.1 Har qanday huquq tarmog‘i singari ma’muriy huquq ham, o‘zining tartibga solish uslubiga egadir. Ma’muriy huquq tartibga solish funksiyasini amalga oshirib, davlat boshqaruvi jarayonidagi munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini tartibga soluvchi huquqiy vositalar yoki uslublaming muayyan majmuyidan foydalanadi. Tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi bo‘yicha, ya’ni predmet bo‘yicha amaldagi huquq tarmoqlari ko‘pincha o‘zaro juda yaqin bo‘lib, ayrim hollarda o‘zlarining asosiy ko‘rinishlarida hatto bir-biriga mos ham keladi. Huquqning har qanday tarmog‘i huquqning o‘z tabiatida joylashgan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning uch uslubidan foydalanadi, bular: yozma buyruq, ko‘rsatma; man etish, taqiqlash; ruxsat berish. Yozma buyruq, ko‘rsatma — huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatni amalga oshirish, ya’ni boshqacha emas, balki aynan shunday harakat qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik majburiyatni zimmaga yuklash. Man etish, taqiqlash — amalda bu ham ko‘rsatma, ammo u teskari, ya’ni huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni amalga oshirmaslik bo‘yicha yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir. Ruxsat berish — huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni o‘z xohishi bo‘yicha amalga oshirish uchun yuridik ruxsat berilishidir.
Boshqaruv jarayonida turli xildagi huquq normalari ta’siri ostida bo‘ladigan va ma’muriy huquq predmeti doirasiga kirmaydigan munosabatlar tartibga solinadi. Shu tariqa, O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimi turli tarmoqlarining O‘zaro munosabati vujudga keladi. Ma’muriy huquq fani konstitutsiyaviy huquq va moliya huquqi fanlariga juda yaqin turadi. Lekin shu bilan birga bu huquq tarmoqlari O‘zining tartibga solish predmeti (ijtimoiy munosabatlar doirasi) va O‘ziga xos xususiyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Konstitutsiyaviy huquq fani huquq tizimida alohida O‘rinni egallaydi. Unda davlatning ijtimoiy tuzilishi va davlat siyosatining asoslari, davlat bilan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, milliydavlat va ma’muriy-hududiy tuzilish, davlat organlari tizimining asoslari, inson va fuqarolaming asosiy huquqlari, ekrinliklari va burchlari ifodalanadi: Konstiutsiykviy' huquq fanining predmeti ma’muriy huquq fanining predmetidan kengdir. Jumladan, konstitutsiyaviy huquq barcha davlat organlari uchun umumiy bo‘lgan tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish prinsiplarini belgilab beradi. Ma’muriy huquq normalari esa, yuqoridagilarga asoslanib, davlat boshqaruvida ulami o‘z oldigalashni tartibga soladi.
Konstitutsiyaviy huquq fuqarolaming huquqlari, erkinliklari va burchlarini belgilab beradi. Ma’muriy huquq esa ularni amalga oshirish tartibini belgilab beradi, yanada aniqlashtiradi; fuqarolarning huquqiy maqomini boshqa huquq va majburiyatlar bilan to‘ldiradi; fuqarolar tomonidan huquq, erkinlik va majburiyatlar bajarilishining boshqaruv mexanizmini belgilab beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslaming noqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga egadir. Ushbu jarayon konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solingan. Ma’muriy huquq esa, mana shu shikoyatlaming qaysi organga tegishliligini, shikoyatni ko‘rib chiqish muddati va tartibini belgilab beradi. Ma’muriy huquq moliya huquqi bilan ham bog‘liqdir. Moliya huquqi davlatning moliyaviy faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlami, ya’ni davlat va mahalliy organlar oldida turgan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida pul mablag‘lari jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Moliya huquqining asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi milliy daromadini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonidagi ijtimoiy munosabatlami tartibga solishdan iboratdir. Davlatning moliyaviy faoliyati o‘z mazmuniga ko‘ra, davlat boshqaruvining bir ko‘rinishi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan olganda, moliya huquqining tartibga solish predmeti ma’muriy huquqqa qaraganda torroqdir.
Huquq tizimi — huquqning ichki tuzilishi, tarkibi bo‘lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligini va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni hamda nisbatni belgilab beradi.
Huquq tizimi — jamiyatda mavjud bo‘lgan va doimo rivojlanib boradigan ijtimoiy munosabatlaming ifodasi bo‘lib, u huquq normalarining umumiy va farqli xususiyatlarini ko‘rsatib beradi.
Huquq tizimi: birinchidan, ijtimoiy munosabatlaming mazmuni bilan bog‘liq holda, obyektiv ravishda shakllanadi; ikkinchidan, u yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini ko‘rsatadi; uchinchidan, huquq normalarining muayyan guruhlarga birlashishini ko‘rsatadi; to‘rtinchidan, huquq normalarining va ular birlashgan guruhlaming o‘zaro farqlanishini ko‘rsatadi; beshinchidan, ijtimoiy. munosabatlar xususiyatlari va ulaming o‘ziga xosligi huquq normalarining ma’lum darajada ixtisoslashuvjni taqozo etadi.
Ma’lumki, tizimlar nazariyasiga ko‘ra, har qanday tizimning tarkibiy qurilishi muayyan qoidalar va mezonlar asosida tashkil topadi. Biron-bir tizimni chuqurroq anglash uchun, tizim asosida yotadigan shu mezonlami aniqlash ahamiyatga molikdir. Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalariga ham ulaming o‘zaro uzviy bog‘liqligi xos bo‘lib, bu bog‘liqlik nafaqat ulami chiqargan hokimiyat va boshqaruv organlarining holati hamda ushbu normalarni o‘z oldigalash sohasi bilan, balki huquqiy tartibga solish predmetining ichki tuzilmasi qonuniyatlari bilan ham belgilanadi. Demak, ma’muriy huquq o‘zining ichki tuzilmasi yoki tizimiga, ya’ni ko‘plab bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan elementlarga ega bo‘lib, ularda ma’muriyhuquqiy normalar muayyan izchillikda birlashadi va joylashadi. Har qanday mustaqil huquq tarmog‘iga uning butunligi, tizimliligi va tuzilishga ega ekanligi xosdir. Bu holat ma’muriy huquqda yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan, yagona predmet va tartibga solish uslubining mavjudligi — huquq tarmog‘ini tashkil etuvchi huquqiy normalarming o‘zaro aloqasini belgilab beradi.
Ma’muriy huquq — huquqiy normalaming bir butun (yaxlit) tizimi bo‘lib, predmet, maqsad, prinsiplar, tartibga solish uslubini birlashtiradi. Huquqiy normalar bir-biriga mos kelishi, yagona prinsiplarga asoslanishi, yagona atamalarni o‘z oldigalashi lozim. Huquq tarmog‘i ichida turli yuridik kuchga ega bo‘lgan, umumiy va maxsus huquqiy normalaming subordinatsiyasi (bo‘ysinuvi) mavjud bo‘ladi. Ma’muriy huquq tarmog‘ining asosiy tamoyillariga — samaradorlik, qonuniylik, oshkoralik, davlat va shaxsning o‘zaro javobgarligini kiritish mumkin.
Ma’muriy huquqning asosiy maqsadiga esa quyidagilar kiradi:
a) amalga oshirilishi ijro hokimiyatining funksiyalanishi bilan bog‘liq bo‘lgan fuqarolaming, ular jamoalarining huquqlari va erkinliklarini bajarilishiga imkoniyat yaratib berish;
b) ijro (ma’muriy) hokimiyatning samaraii faoliyat yurishiga sharoit yaratib berish;
d) ma’muriy faoliyatda demokratik jarayonlaming amalga oshirilishini huquqiy ta’minlash;
e) jamiyat va uning barcha institutlarining mavjud bo‘lishi uchun iqtisodiy, moddiy baza rivojlanishiga imkoniyat yaratib berish;
f) fuqarolar va jamiyatni ma’muriy o‘zboshimchalikdan, suiiste’molliklardan himoya qilish. Fuqarolar va davlatning mavjud bo‘lishi va rivojlanishi — ma’muriy-huquqiy tartibga solish orqali qay darajada yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish ta’minlanganligiga bog‘liqdir.
Ma’muriy huquq tizimi deganda, uning davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar bilan obyektiv belgilangan ichki tuzilishi, ma’muriy-huquqiy normalaming muayyan izchillikda birlashishi va joylashishini tushunish lozim1. Ma’muriy huquq tizimi — ma’muriy-huquqiy normalar va institutlami birlashtiradi.
Ma’muriy-huquqiy normalar ko‘p sonli huquqiy hujjatlarda (manbalarda) mustahkamlangan. Huquq manbalari — huquqiy normalar ifodasining tashqi shakllari, huquq mavjud bo‘lishining shakllari hisoblanadi.
Huquq manbasi deganda — mazkur jamiyat tomonidan huquqni tushunish xususiyati bilan belgilangan ijtimoiy normalami majburiy deb bilish uslubini tushunish kerak. Tarixda majburiy normalar mavjud bo‘lishining uch shakli ma’lum: normativ-huquqiy hujjatlar, sud presendenti va huquqiy odat.
O‘zbekiston huquq tizimining roman-germaif turiga kiradigan o‘ziga xosligi, normativ-huquqiy hujjatlarning ma’muriy huquq manbasi sifatidagi ustuvorligini belgilaydi. Respublikamizda mulkchilikning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish va ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish, korxona, muassasa va kiradigan o‘zigasida raqobatni avj oldirish, boshqarishning oldingi uslubidan (ma’muriy-buyruqbozlik) butunlay voz kechish, iqtisodiy omil va vositalami keng joriy etish — bozor munosabatlarining tub negizidir. Ushbu jarayonda davlat boshqaruvi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Bu qonunchilikning asosini — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 8-dekabrda bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi chaqiriq O‘n birinchi sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — ma’muriy huquqning asosiy manbasi sifatida, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirishning boshlang‘ich huquqiy asoslarini belgilab bergan.
Ma’muriy huquqning asosiy manbalaridan yana biri — bu 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan va 1995-yil 1-apreldan kuchga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksidir. Ushbu kodeksga binoan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolaming huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlaming o‘z vaqtida va obyektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek, bunday. huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston: Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks — qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo o‘z oldigalanilishi va ijro etilishini belgilaydi. Ma’muriy-huquqiy normalar boshqa Kodekslarda ham O‘z ifodasini topgan, ya’ni davlat boshqaruvi jarayonida ijro hokimiyati organlari faoliyatini, fuqarolar va nodavlat tashkilotlarining boshqaruv sohasidagi huquq va majburiyatlarini tartibga solishga qaratilgan normalami quyidagilarda ham uchratish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan havo kodeksi, — O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanishga hamda undan foydalanuvchilarning barchasi faoliyatiga, shu jumladan, aviatsiya faoliyatiga taalluqli munosabatlarni tartibga soladi;
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan va 1998-yil 1-yanvardan kuchga kiritilgan Soliq kodeksi — soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq to‘lovchilaming huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibotini va soliq haqidagi -qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib turadi;
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan Bojxona kodeksi — tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o‘tish; bojxona nazorati; bojxona rasmiylashtiruvi; bojxona to‘lovlari; dastlabki qarorlar; chet ellik shaxslaming ayrim toifalari uchun boj imtiyozlari; nazorat ostida tovar yetkazib berish; bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik; bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik o‘trisidagi ishlami yuritish; jazolar berish o‘trisidagi qarorlami ijro etishni tartibga soladi;
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan Shaharsozlik kodeksi — shaharsozlik faoliyati obyektlari va subyektlarini; davlat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlarini; shaharsozlik hujjatlari, Davlat shaharsozlik kadastrini; O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishini; aholi punktlari va shahar atrofi zonalari hududlaridan foydalanish tartibini belgilab beradi.
Ma’muriy huquqning keng tarqalgan manbalaridan yana biri — bu O‘zbekiston Respublikasining qonunlaridir. Bir necha davlat boshqaruvi organlarining huquqiy maqomi joriy qonunlarda o‘z ifodasini topgan.

Yüklə 102,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin