4- ma’ruza: Farmoyish hujjatlari. Mttlarida buyruq, famoyish matnining yozilishi. Reja



Yüklə 84,27 Kb.
tarix24.03.2023
ölçüsü84,27 Kb.
#89407
3 bos.6semestr4-mavzu


4- Ma’ruza: Farmoyish hujjatlari. MTTlarida buyruq, famoyish matnining yozilishi.
Reja.
1. Buyruq, farmoyish matnlarining leksik sintaktik xususiyatlari.
2. Buyruq, farmoyish matnlarini tayyorlashda fikrning aniqligini ta’minlash.
3. MTT larida buyruq, farmoyish matnlarining yozilish tartibi.
Muayyan muassasa, tashkilot oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabi farmoyish hujjatlari tayyorlanadi. Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi.
Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit ko‘rsatiladi, asos qilingan buyruq (hujjat)ga havola qilinadi. Asoslashga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda to‘g‘ridan - to‘g‘ri buyruqning farmoyish qismi beriladi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» so‘zini bosh harflar bilan ikki nuqta qo‘yib yozishdan boshlanadi. Shundan so‘ng farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bo‘lsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi fe’lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, o‘tkazilsin, qabul qilinsin kabi). Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani, ba’zan esa ilgarigi joriy yoki boshqa hujjat bekor qilinganligi qayd etiladi. Ba’zan farmoyishdan so‘ng buyruqqa asos bo‘lgan hujjat nomi ham ko‘rsatiladi.
Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling:
— hujjat jo‘natilayotgan (yozilayotgan) tashkilot nomini, mansabdor shaxs ismi, otasining ismi va familiyasini rasmiy nomlanishlariga to‘la muvofiq holda
yozish;
— hujjat matniga aniq sarlavha qo‘yib, sarlavhani bosh harflar bilan yozish; masalan: XIZMAT SAFARI HAQIDA;
— hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini o‘rniga muvofiq joylashtirish, tartibi, harflar hajmini to‘g‘ri belgilash;
— gap qurilishida so‘zlar tartibiga qat’iy rioya qilish;
— matnda ko‘chma ma’noli so‘z va iboralarni, qochiriq yoki kinoyaga ishora qiluvchi birikmalarni, mavhum ma’noli so‘zlarni qo‘llamaslik;
— murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va his-hayajon mazmunidagi gaplardan foydalanmaslik;
— norasmiy va asoslanmagan ma’lumot yoki dalillarni kiritmaslik;
muayyan andazaga solingan, qoliplangan, soha atamasi sifatida qabul qilingan birikmalarni qo‘llash;
— qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qo‘llamaslik;
— so‘zlar va gaplarda imlo me’yorlariga amal qilish, tinish belgilarni o‘z o‘rniga to‘g‘ri qo‘yish, tuzatish yoki o‘chirishlarga yo‘l qo‘ymaslik;
— matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavozimi va ismi, familiyasini aniq ko‘rsatish.
Masalan: 2010- yilning 18- oktabri, «Hashar» shirkati raisi Said Olimov kabi.
Hujjat matnida faol qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan so‘z birikmalari.
1. Birlashmaning 2010- yil 3- martdagi 03—58 raqamli buyrug‘ini bajarish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. 2. Xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, katta harflar bilan yoziladigan «tavsiya etaman» so‘zi qo‘llaniladi. 3.Boshqarmaning 2010- yil 18-oktabrdagi 152- raqamli buyrug‘i bilan litseyga 4 (to‘rt) ta kompyuter o‘rnatildi. 4. Binoni isitish quvurlarini almashtirish ishlari joriy yilning 28- oktabrigacha bajarilsin. 5. O‘z roziligi bilan. 6. Yetakchi mutaxassis lavozimiga. 7. mehnat shartnomasidagi muddat tugashi munosabati bilan.
Mustahkamlash uchun savollar.
  • Farmoyish hujjatlari qanday yuzaga keladi?
  • Farmoyish hujjatlariga qaysi hujjatlar kiradi?
  • Buyruqlari loyihasi qaysi mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi?
  • Buyruqlar qanday turlarga bo‘linadi?
  • Kadrlarni shaxsiy tarkibiga oid buyruqlarnining zaruriy qismlari va o‘ziga xos jihatlarini sanab bering?
  • Farmoyishning buyruqdan farqli jihatlarini aytib bering?

Yüklə 84,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin