5-mavzu. Harakat xavfsizligini ta’minlash huquqini boshqa tarmoq huquqlari bilan bog‘liqligi. Reja


Harakat xavfsizligini ta’minlash va ekologiya qonunchiligi



Yüklə 102,53 Kb.
səhifə14/16
tarix05.04.2023
ölçüsü102,53 Kb.
#93609
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
5-MAVZU

5. Harakat xavfsizligini ta’minlash va ekologiya qonunchiligi.

Har bir fan, huquq sohasi o‘z manbalariga ega bo‘lib, ushbu manbalar asosida rivojlanadi. Tabiat bilan jam iyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solishda yordam beradigan, qatnashadigan huquqiy hujjatlar ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralishi mumkin. Ekologiya huquqining manbalari sifatida me’yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, har qanday huquqiy hujjat manba bo‘lib xizmat qilmaydi.


Ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralayotgan huquqiy hujjat quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilinganligi;
2. Belgilangan doirada majburiy ahamiyat kasb etishi;
3. Ekologik qoida-talablarni belgilashi;
4. Rasmiy shakl, tuzilish, amal qilish muddatlari va boshqa atributlarga ega bo‘lishi, hokazo. Ekologiya huquqining manbalari deganda - atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni lartibga solishda xizmat qiladigan qonunchilik hujjatlari tushuniladi. Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining me’yoriy hujjatlari yig‘indisi ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi.
Ekologiya huquqining manbalari keng qamrovli ijtimoiy munosabatlarni tartbiga solishi uchun ham ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Yuridik kuchi bo‘yicha manbalarni qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlarga bo‘linadi.
2. Ekologik munosabatlarni tartibga solish yo‘nalishlari bo‘yicha: - tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi; - tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchiligi; - aholining ekologik xavlsiziligini ta’minlash qonunchiligi.
3. Munosabatlarni tartibga solish predmeti bo‘yicha: - umumij va maxsus ekologik qonunchilik hujjatlari.
4. Huquqiy tartibga solish holati bo‘yicha moddiy va protsessual ahamiyatidagi qonunchilik hujjatlari.
5. Qonunchilik hujjatlarining tizimi bo‘yicha oddiy kodifikatsiyalashgan manbalar.
6. Qonunchilik hujjatlarining qo‘llanilish doirasi bo‘yicha:
- hududiy-mintaqaviy
- respublika miqyosida
- xalqaro miqyosidaga manbalar va hokazo.
Demak ekologiya huquqining manbalari ekologik munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonunlar va jam iyat qonunchilik hujjatlarini mujassamlantirgan holda tartibga soladi. Bu esa o‘z navbatida ekologik qonunchilik hujjatlarining hajmini ko‘payishiga olib keladi. Tabiat-jamiyat tizimida o‘zaro munosabatlarni tartibga solishda bir tomondan qonun, farmon, qaror, nizom kabi me’yoriy hujjatlar, ikkinchi tomondan, ushbu qonun hujjatlarini qo‘llanilishiga yordam berish va davomiyligini ta’minlashda ekologik normativ, standart va yo‘riqnomalar kabi minglab me’yoriy-texnik ahamiyatdagi hujjatlar qo‘llaniladi.
Ekologiya huquqining manbalari boshqa huquq sohalari manbalariga chambarchas bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tamoyillari, usullari, qoidalarini qo‘llashda umumiylikka egadir. Lekin shuning bilan bir qatorda o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega bo‘lib, boshqa huquq sohalari qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatidan farq qiladi. Ular muhim ahamiyatga ega bo‘lib, birinchidan, ekologiya sohasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonuniyatlar ustuvorligini e’tirof etadi, ikkinchidan, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda jamiyat-davlatning mavjud barcha vosita va tadbirlaridan foydalanadi.
Ekologik qonunchilik hujjatlari birinchidan, tabiatning ustivor qonunlarini jam iyat-davlat qonunchilik hujjatlari bilan mujassamlantiradi, ikkinchidan, tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holatini belgilash va kafolatlashda boshqa huquq sohalari ya’ni konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, mehnat huquqi, moliya huquqi, qishloq xo‘jalik huquqi, jinoyat huquqi va fuqarolik huquqi kabilarining qonunchilik hujjatlari qoida-talablarini ekologik masalalarni hal qilishga yo‘naltiradi.
Demak, ekologiya huquqining manbalari atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq jarayonlarda paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunchilik hujjatlari tizimidan iboratdir.
Ekologik qonunchilik hujjatlari murakkab tizimga ega bo‘lib, o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra biz ularni o‘rganishni oson bo‘lishi uchun uch asosiy qismga bo‘lib o‘rganamiz:
1. Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari;
2. Ekologiya sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari tizimi;
3. Ekologiya sohasidagi qonunosti me’yoriy hujjatlar tizimi.
Ekologiya huquqining asosiy manbasi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, inadaniy-ma’rifiy sohalaridagi asoslari mustahkamlangan bo‘lib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha davlai-huquqiy mexanizmining sbakllantirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuning uchun ham Konstitutsiyada belgilangan qoidalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar ekologik huquq, burchlari va erkinliklarini ifoda etadilar.
Shuni alohida ta’kidlash joizki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiat-jamiyat tizimidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus qoida-talablar ham belgilangan bo‘lib, ekologiya huquqi manbalarining poydevorini tashkil etadi. Asosiy qonunimizning 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanish bilan bog‘liq ekologik qoida-talablar mustahkamlangandir.1 Konstitutsiyamizning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” - deb, belgilanib fuqarolaming ekologik majburiyatlarini konstitutsiya darajasida mustahkamlaydi. “Jamiyatning iqtisodiy negizlari” - deb nomlangan XII-bobda, respublikamiz hayotining iqtisodiy asoslari ya’ni mulkchilik masalalari, xo‘jalik yuritish va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari belgilanib, hozirgi paytda bozor munosabatlarini rivojlantirish amalga oshiri lay olgan islohotlarni chuqurlashtirishda ahamiyati beqiyosdir. Ushbu bobning 54-moddasida quyidagicha belgilangan: “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”. Ushbu moddada birinchidan, mulk huquqining mazmuni e’tirof etilsa, ikkinchidan, mulkdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan jism oniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik va ishlab chiqarish jarayonida ekologik muhitga ziyon yetkazmasligi ya’ni ularning ekologik majburiyatlari mustahkamlanadi.
Konstitutsiyaning 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘sim lik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb ifodalangan bo‘lib, davlat ekologik siyosatining asosiy tamoyillarini o‘z ichiga oladi. Ushbu konstitutsiyaviy qoidaning ahamiyati shundaki, birinchidan, mustaqilligimizning moddiy asosini tashkil etuvchi tabiiy boyliklarning xalqimizning boyligi, mulki ekanligi, ikkinchidan, tabiiy resurslardan faqat oqilona foydalanish zarurligi, uchinchidan, respublikamiz tabiati davlat muhofazasiga olinganligi, ya’ni ekologik-huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan kafolatlanishi kabi muhim tamoyillarni mustahkamlaydi.
Asosiy qonunimizning XXI bobida mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy holati belgilangan. Ushbu bobning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyat organlari vakolatlarining asosiy yo‘nalishi sifatida - atrof muhitni muhofaza qilish kabi m a’suliyati e’tirof etilgan. Konstitutsiyadagi qoiaa talablar ekologik huquqiy munosabatlar tizimidagi asosiy tamoyillarni mustahkamlaydi. Ushbu konstitutsiyaviy tamoyillar asosida atrof tabiiy muhitni m uhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsiz]igini ta’minlashga qaratilgan qonun, farmon, qaror, nizomlar kabi me’yoriy-huquqiy huj jatlar qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoida-talablari va tamoyillari asosida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi. Asosiy qonunimizda davlat ekologiya siyosatining asosiy yo nalishlari belgilansa, ushbu konstitutsion qoidalarga mos ravishda qabul qilinadigan qonunlarda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning talablari, mexanizmi mustahkamlanadi.
Respublikamiz mustaqilikka erishgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining qo‘yidagi qonunlari qabul qilindi:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni;
2. O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonuni;
3. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi qonuni;
4. O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni;
5. O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to g‘risida”gi qonuni;
6. O‘zbekiston Respublikasining “O'sim lik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni;
7. O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni;
8. O‘zbekiston RespubliKasining “Yer kodeksi” ;
9. O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonuni;
10.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida” gi qonuni;
11 .O‘zbekiston Respublikasining “O‘rm on to‘g‘risida”gi qonuni;
12 .O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonuni;
13.O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni;
14 .O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni;
15.O‘zbekiston Respublikasining “Xizmat va mahsulotlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni;
16.O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatlari favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni;
17 . O‘zbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni;
18.O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiya xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni;
19. O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuni va boshqalar.
Ushbu qonunlarda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy obyektlardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘­liq ijtimoiy munosabatlarning maqsadi, vazifasi, obyekt va subyektlari, tabiiy resurslarning huquqiy holati, ushbu sohada yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari, erkinliklari, kafolatlari va vakolatlari, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi, muddati va talablari, ekologik qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik chora-tadbirlari kabi ekologik-huquqiy qoida talablari belgilangandir. Shuning uchun ham yuqorida ta’kidlangan O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari ekologik munosabatlarni tartibga solish uchun qabul qilingan bo‘lib, ekologiya huquqining maxsus manbasi sifatida e’tirof etiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tabiat-jamiyat tizimidagi o‘zaro ta’sirlar, ya’ni ekologik ijtimoiy munosabatlarning doirasi keng va murakkab bo‘lib, ularni tartibga solish jarayonida jamiyat va davlat hayotining barcha vositalaridan foydalanadi, ya’ni nafaqat ekologiya huquqining maxsus qoida-talablaridan, balki boshqa huquq sohalarining qoida-talablarini muvofiqlashtirgan holda qollaniladi.
Demak, ekologik huquqiy mexanizmni ta’minlashda turli huquq sohalarining quyidagi me’yoriy hujjatlari ham ekologiya huquqining manbasi sifatida ham qaraladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi;
2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi;
3. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;
4. O‘zbekiston Respublikasining M ehnat kodeksi va boshqalar.
Ushbu qonun hujjatlari ham ekologik qoida talablarni belgilagan holda ekologiya huquqidagi maxsus qoida-talablar bilan bog‘liq ravishda ekologik qonunchilikni buzganlik uchun intizomiy, ma’muriy, jinoiy, fuqarolik javobgarlikni qo‘llash, tabiatdan foydalanganlik uchun soliq va turli to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga soladi. Ekologiya sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari davlat ekologik-huquqiy mexanizmini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, qonun osti me’yoriy hujjatlar bilan о‘zaro bog‘liq ravishda ekologik munosabatlarni tartibga soladi.


Yüklə 102,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin