268-modda. Transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish Yo‘lovchi, piyoda, velosiped, ot-ulov transportining haydovchisi yoki yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari tomonidan, ushbu Kodeksning 261-263, 265 yoki 266-moddalarida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, harakat xavfsizligi qoidalarini yoki barcha turdagi transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(268-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha harakat odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(268-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) O‘sha harakat:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Harakat xavfsizligini ta’minlash munosabatlarida xalqaro huquqining ishtiroki.
Ilmiy texnika revolyutsiyasi yuz berayotgan paytda ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa munosabatlaming globallashuv jarayoni kuzatilmoqda. Bunday sharoitda jahonning bir burchagida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar boshqa burchagida yashovchi xalqlar va davlatlar uchun ham aks sado berayotir. Ushbu omillar yuz berayotgan jarayonlami muvofiqlashtirilishini, davlatlar va xalqlar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini taqozo etmoqda. Yer kurrasida aholi soni tez sur'atlar bilan ko‘payib, uning resurslari va iqtisodiy imkoniyatlari deyarli o‘zgarmasdan qolayotgan bir paytda barchani ish bilan ta’minlash, ochlik va kasalliklarga, qashshoqlikka qarshi kurashish dolzarb vazifalardan ekanligi shak-shubhasizdir. Insonning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy huquqlaridan biri bo‘lgan mehnat qilish huquqini ro‘yobga chiqarish, ishsizlikka qarshi kurashish, aholi bandligini ta’minlash borasidagi xalqaro hamkorlik va bu sohadagi ijtimoiy munosabatlami xalqaro huquqiy tartibga solish Birlashgan Millatlar Tashkilotining bevosita ishtiroki hamda rahbarligi ostida, uning ixtisoslashtirilgan va mintaqaviy tashkilotlari keng jalb etilgan holda amalga oshiriladi. Mehnat, bandlik va minimal mehnat sharoitlarini ta’minlashga doir global masalalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng ahamiyatli xalqaro huquqiy hujjatlari: «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi» (1948-yil 10-dekabr), «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida»gi xalqaro Pakt (1966-yil 19-dekabr) va boshqa hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan. «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi»ning 23-moddasiga ko‘ra, «har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay sharoitga ega bo‘lish va ishsizlikdan himoya qilinishi huquqiga ega». «Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 6-moddasiga ko‘ra: «Ushbu paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir insonning ishlab mablag‘ topish imkoniyatini qamrab oladigan mehnat qilish huquqini tan oladi. Mehnat turini har bir odam erkin holda tanlaydi yoki unga erkin holda rozi bo‘ladi. Shu Paktga a’zo bo‘lgan davlatlar esa fuqarolami mazkur huquq bilan ta’minlash uchun zarur choralar ko‘radi». Mehnatni xalqaro huquqiy tartibga solishda, ayniqsa Xalqaro Mehnat Tashkilotining o‘mi kattadir. Xalqaro Mehnat Tashkiloti BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega holda ish olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyingi o‘tgan o‘n yil davomida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotning barcha jabhalarida tub islohotlami amalga oshirmoqda va ularning mohiyati - demokratik, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat barpo etish maqsadida umuminsoniy va demokratik qadriyatlami joriy eta borish, fuqarolaming huquqlarini ta’minlashga qaratilgan xalqaro andozalarga moslashishdan iborat. O‘tgan yillar davomida BMTning inson huquqlariga oid eng muhim hujjatlari, Xalqaro Mehnat Tashkilotining bir qator konvensiyalari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida O‘zbekiston xalqi umumiy e’tirof etgan xalqaro huquqiy normalar ustivorligini tan olish qayd etilgan. Shunga muvofiq ravishda, barcha qonunlarda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida ham (10- moddasi) O‘zbekiston ishtirok etayotgan xalqaro huquqiy shartnomalarning qoidalari milliy qonunchilikka nisbatan ustuvor ekanligi ta’kidlanadi. hozirgi kunda mehnatni huquqiy tartibga solish borasidagi xalqaro andozalar, agar ular O‘zbekiston tomonidan tan olingan bo‘Isa, bevosita qo‘llanilishi, ularning qoidalari O‘zbekiston qonunlari tarkibiga kiritilishi, ular asosida qonun hujjatlari ishlab chiqilish orqali O‘zbekistonda mehnat huquqining rivojlanishiga ta’sirini o‘tkazmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 10-moddasida: «Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasida xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki konvensiyaning qoidalari qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalaming yoki Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasining qoidalari mehnatga oid munosabatlar bevosita qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ham qo‘llaniladi», deyiladi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan muassasasi sifatida 170 davlatni o‘zida birlashtiradi. Uning tashkiliy tozilishi, vakolatlari va ish olib borish shakllari o‘z Ustavida belgilab qo‘yilgan. Xalqaro Mehnat Tashkilotining oliy organi bo‘lib har yili bir marta uning barcha a’zo davlatlaridan iborat tarkibda chaqiriladigan xalqaro mehnat konferensiyasi hisoblanadi. Ushbu konferensiya faoliyatida har bir a’zo davlat 4 delegatdan (2 ta hukumatdan, 1 ta tadbirkorlardan, 1 ta xodimlardan) iborat tarkibda qatnashadi. Xalqaro mehnat konferensiyasi 56 kishidan iborat (28 kishi hukumatlardan, 14 tadan tadbirkorlar va xodimlardan) ma’muriy kengashni tashkil etadi. Xalqaro mehnat byurosi Xalqaro Mehnat Tashkilotining doimiy kotibiyati sanalib, kundalik ijroiya faoliyati bilan shug‘ullanadi, Bosh direktor tomonidan shakllantiriladi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti tarixiga nazar tashlansa, uning barpo etilishida AQSH kasaba uyushmalari, Amerika Mehnat Federatsiyasi muhim rol o‘ynaganligini ko‘rish mumkin. 1910-yildan boshlab Amerika Mehnat Federatsiyasi raisi Samyuel Gomiers boshchiligida Amerika kasaba uyushmalari bir necha yil davomida xalqaro miqyosida mehnatkashlarni himoya qilishning xalqaro tizimlarini yaratishga intilib keldi. 1919-yilda AQSH Prezidenti Vudro Vilson «Millatlar hamjamiyati»ni yaratish tashabbusini olg‘a surdi. Ushbu ikki g‘oya boshqa davlatlar xalqlari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi va 1919-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Versal konferensiyasida muhokama qilinib, 1919-yil 25-yanvarida xalqaro mehnat qonunchiligi bilan shug‘ullanuvchi 15 kishidan iborat komissiya tuzildi. Komissiya Buyuk Britaniya taqdim etgan loyiha bo‘yicha yangi (bo‘lajak XMT) muassasa vakolatlari, unda hukumatlar, ish beruvchilar va xodimlar vakillarining ishtiroki, konvensiyalar ishlab chiqish, qabul qilish, ratifikasiyalashni tashkil etish, ijro etilishini nazorat qilish mexanizmlari muhokama etildi. 1919-yili Millatlar Ligasi va Xalqaro Mehnat Tashkiloti tuzish to‘g‘risida Versal bitimi qabul qilindi. Xalqaro Millatlar Ligasi maqsad va vazifalari faoliyat prinsiplari va shakllari uning Ustavida, Ustav tarkibiga kiritilgan Filadelfiya Deklaratsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Xalqaro Mehnat Tashkiloti o‘z faoliyatini quyidagi tamoyillarga asoslangan holda yuritadi: - mehnat to var emas; -so‘z erkinligi va tashkilotlarga birlashish erldnligi doimiy taraqqiyotning zarur shartidir; - biron bir joydagi qashshoqlik ummniy farovonlikka tahdid soladi; -umumiy farovonlikka ko‘maklashish maqsadida bar bir davlatda va xalqaro miqyosda muhtojlik bilan uzluksiz kurash olib borilishi kerak. Ustavda belgilanishicha, mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun quyidagi masalalar bo‘yicha xalqaro miqyosida choralar qabul qilish lozim; -ish kuni va ish haftasi muddatini cheklash orqali ish vaqtini me’yorlashtmsh; -ishchi kuchini yollashni tartibga solish; -ishsizlikka qarshi choralar ko‘rish; -qoniqarli turmush sharoitlarini ta’minlovchi ish haqi kafolatlari; -mehnatkashlami kasalliklar, kasb kasalliklari va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan himoya qilish; -bolalar va o‘smirlar hamda ayollami himoya qilish; - qarilik va nogironlik bo‘yicha kafolatli nafaqalar; - chet elda ishlayotgan mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish; -bir xil qiymatdagi mehnat uchun teng haq to‘lash; -tashkilotga birlashish erkinligi tamoyilning tan olinishi; -kasb-hunar ta’limini tashkil etish va boshqalar. Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustaviga muvofiq norma ijod qilish, ya’ni mehnat sohasida xalqaro huquqiy andozalarni yaratish uning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan bo‘lib hisoblanadi. Shuni aytish kifoyaki, 1997- yil iyun oyigacha bo‘lgan davrga kelib Xalqaro Mehnat Tashkiloti qabul qilgan xalqaro huquqiy hujjatlar soni 364 taga etdi. Ulardan 180 tasi konvensiya, 184 tasi tavsiyalardan iborat. Mustaqillikka erishganimizdan keyingi yiUar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Xalqaro Meh-nat Tashkilotining 11 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Bular: 1. Ish vaqtini 40 soatgacha qisqartirish haqidagi 40-konvensiya; 2. Yillik haq to‘lanadigan ta’tillar haqidagi 52-konvensiya; 3. Onalikni muhofaza qilish haqidagi 103-konvensiya; 4. Mehnat va ish bilan ta’minlash sohasida kamsitishlar to‘g‘risidagi 111-konvensiya; 5. Majburiy mehnatni bekor qilish haqidagi 105-konvensiya; 6. Bir xil qiymatdagi mehnat uchun erkak va ayollami teng taqdirlash haqidagi 100-konvensiya; 7. Kuch ishlatish yoki majburlash yo‘li bilan mehnat qildirishni taqiqlovchi 29-konvensiya; 8. Korxonalardagi mehnatkashlar vakillari huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar haqidagi 135-konvensiya; 9. Jamoaviy muzokaralami tashkil etish va olib borish huquqi tamoyillarini qo‘llash to‘g‘risidagi 98-konvensiya; 10.Jamoaviy muzokaralarga ko‘maklashish to‘g‘risidagi 154- konvensiya; ' ILIsh bilan ta’minlash sohasidagi siyosatga oid 122-konvensiya kabilardan iborat. Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyalari va tavsiyalari Xalqaro Mehnat Konferensiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Xalqaro Mehnat Konferensiyasi qabul qilgan konvensiya Xalqaro Mehnat Tashkiloti a’zosi bo‘lgan kamida ikki davlat tomonidan ratifikatsiya qilinishi bilan ko‘p tomonlama xalqaro bitimga aylanadi va uni ratifikatsiya qilgan davlatlar uchun ham, ratifikatsiya qilmagan davlatlar uchun ham majburiyatlar yuklaydi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti tavsiyalari xalqaro shartnoma hisoblanmaydi va shu tufayli ulami ratifikatsiyalash talab etilmaydi, ammo barcha a’zo davlatlar unga amal qilishlari, o‘z milliy qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishlari lozim bo‘ladi.