EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR XIV bob. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar 193-modda. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish Sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, yoxud davlat komissiyasining a’zolari tomonidan bu obyektlarni normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning o‘limi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan darajada atrof muhitning o‘zgarib ketishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(193-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 194-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sog‘lig‘i, tirik tabiat uchun xavfli bo‘lgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir ma’lumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(194-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(194-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)