Amir Temur kuchli va qudratli davlat asoschisi Mustanov Sanjar jdpi, magistr Ilmiy rahbar: jdpi, tarix o’qitish metodikasi kafedrasi dots. A. Xolmurodov



Yüklə 168,6 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.05.2023
ölçüsü168,6 Kb.
#119995
4306-Текст статьи-10521-1-10-20211208



Amir Temur kuchli va qudratli davlat asoschisi 
Mustanov Sanjar JDPI, magistr 
Ilmiy rahbar: JDPI, tarix o’qitish metodikasi
kafedrasi dots. A.Xolmurodov 
Amir Temur buyuk davlat arbobi, faoliyati davomida qonunchilik va
adolatga tayangan hukmdordir. Shu sababli uning nomi buyuk davlat arbobi, 
yengilmas iste'dodli sarkarda sifatida yetti iqlimga mashhur bo‘ldi. U 
tariximizda ulkan markazlashgan qudratli davlatni tashkil etdi. Qudratli 
muntazam armiyani vujudga keltirdi. Jahonda mislsiz ilmiy-madaniy va ma'rifiy 
muhitni yaratdi. Jahon miqyosidagi me'morchilik ishlarini rahnamosiga aylandi. 
Amir Temur iqtisodiy munosabatlarning rivoji uchun ko‘plab yangiliklar 
yaratdi. Uning hukmdorligi davrida davlat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi 
asosiy o‘rin tutar edi. Dehqonchilik ko‘pincha yerni ijaraga olib, ishlashardi. 
Unumdor, sug‘oriladigan yerlar, bog‘lar katta yer egalari, amirlar, beklar harbiy 
boshliqlarga in'om – suyurg‘ol sifatida berilar, ular uchun qat'iy soliq tizimi 
belgilanadi. Shu munosabat bilan Amir Temur yangi yerlar barpo etishga katta 
ahamiyat bergan. Yangi yerlarni o‘zlashtirganlarga soliq bo‘yicha alohida 
imtiyozlar belgilagan. Hatto turli asboblar bo‘yicha ham yordam uyushtirgan. 
Yer-suvdan unumli foydalangan. 1404 yilda Samarqandda bo‘lgan 
Ispaniya elchisi Klavixoning yozishicha, non shunchalik arzon bo‘lganki, undan 
arzon arzon bo‘lishi mumkin emasdi. Gurunch esa haddan tashqari ko‘p. Bir qop 
arpa bir miri (ya'ni kumush tanganing to‘rtdan biri), bitta qo‘y taxminan o‘n 
kumush tanga atrofida bo‘lgan.
1
Ushbu faktlar shundan dalolat beradiki, ya'gi 
dehqonchilik, chorvachilik, polizchilik, bog‘dorchilik kabi sohalar izchil 
rivojlanib borgan. 
Soliq sohasida ham adolat qaror topdi. Bu to‘g‘rida “Tuzuklar”dagi 
quyidagi so‘zlarni ko‘ramiz: “Amr qildimki, xosil yetishgach, soliqni uch bo‘lib 
olsinlar. Agar raiynat soliq to‘lovchi yubormanglar. Agar soliq yig‘uvchini 
yuborishga majbur bo‘linsa, ular soliqni buyruq berish va yaxshi so‘zlar bilan 
1
Klavixo. Dnevnik, s-138. 


olsinlar, kaltak-arqon ishlatib ishni urush-so‘kishga olib bormasinlar. Ularni 
band etib zanjir bilan kishanlamasinlar.
2
Samarqand va boshqa shaharlarda ko‘plab bog‘-rog‘lar yaratilgan. Ularda 
olimlar, ulamolar turli tadbirlar o‘tkazganlar. Dam olganlar. To‘y-tomosha va 
boshqa tantanalarda san'atkorlar, qiziqchilar, qissaxonlarning chiqishlari tashkil 
etilgan. Masalan, Samarqanddan g‘arbda 1378 yili “Bog‘i Behshit” barpo 
qilindi. 1394 yili “Bog‘i Amirzoda Shohrux” bunyod etildi. Shuningdek, “Bog‘i
Bo‘ldi”, “Bog‘i Dilkusho”, “Bog‘i Jamol”, “Bog‘i Zag‘on”, “Bog‘i Baland”, 
“Bog‘i Davlatobod”, “Bog‘i Chinor”, “Bog‘i Nav”, “Bog‘i Jahonnoma”, “Bog‘i 
Maydon” kabi bog‘lar yaratilgan. Bu bog‘larning har birida saroy bo‘lgan.
Bular ham mamlakatning obodonchiligiga va madaniyatiga bo‘lgan e'tiborning 
o‘ziga xos ko‘rinishi edi. 
U hunarmandchilik, savdo va tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi 
uchun ham keng yo‘l ochib berdi. Shaharlarda hunarmandchilik soni orti. Kasb-
hunar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi-yangi guzarlar, ko‘chalar, bozor rastalari, tim 
va toqlar vujudga keldi.
Bu davrda Turkistonning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shoxruxiya, 
Andijon, Termiz, Shaxrisabz, Qarshi va boshqa ko‘pgina shaharlari o‘zining 
tipografik qiyofasi, aholisining kasb-kori, ichki va tashqi aloqalari bilan o‘rta asr 
Sharqining hunarmandchilik va gavjum savdo markazlariga aylandi. 
Hunarmandchilikning rivoj topib, uning turli tuman, tarmoqlar bo‘yicha 
ixtisoslashuvining kuchayishi shaharlarning tarixiy manzarasini tubdan 
o‘zgartirib yubordi. Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarning sonini ortib, 
kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi-yangi guzarlar, ko‘chalar, bozor rastalari 
vujudga keldi. Ko‘pgina shaharlarda zargarlik, misgarlik, ignasozlik, 
sovutsozlik, toshtaroshlovchilar, yog‘och o‘ymakorligi shisha pishiruvchilar, 
ko‘nchilik, kamon yasovchilar, pichoqsozlik, egarchilik kabi hunarmandchilik 
mahallari bo‘lgan.
3
2
Temur tuzuklari, 124-bet. 
3
Temur va Ulug‘bek davri tarixi. T., 1996, 189-bet. 


Hunarmandchilik sohasida to‘qimachilik, kulolchilik, mebel buyumlar 
yasash, temirchilik va binokorlik yetakchi o‘rnini egallagan edi. Mahalliy va 
chetdan keltirilgan ipakdan turli nav shoyi gazlamalar tuzish keng yo‘lga 
qo‘yilgan edi. Atlas, kimxob, banoras va duxobalar qatorida tovlanuvchi yaltiroq 
xoro, nafis va guldor debo kabi shoyidan to‘qilgan gazlamalarning nomlari 
nafaqat mamlakatda chet mamlakatlarda ham qadrlangan. 
Samarqand hunarmandchiligida, ayniqsa, qog‘oz ishlab chiqarish alohida 
o‘rin tutgan. Shahar yaqinidagi Obirahmat arig‘i sohilida qog‘oz ishlab 
chiqariladigan maxsus objuvoz va korxonalar bo‘lgan.
4
Samarqand qog‘ozi 
O‘rta asr sharqi hattotlari orasida g‘oyat mashhur bo‘lgan. 
Bu davrda teri oshlash, charm tayyorlash kasblari ancha rivojlangan. 
Charmdan yengsiz kamzul, poyafzal, ot-ulov anjomlari tikilgan. 
Amir Temur o‘z davlatining kuch-qudratini muttasil oshirib, uni 
mustahkamlash uchun avvalom u harbiy va iqtisodiy islohat o‘tkazdi. Davlat 
boshqaruv tizimlarini harbiy strategiya (savkul yasash) va taktikasi (ta'biyat ul 
jaysh)ni ishlab chiqdi va qattiq sinovlardan o‘tkazdi. 
Otliq askarlar oddiy va saralangan jangchilarga bo‘linib, yengil va og‘ir 
otliq qo‘shinni tashkil etar edi. Bundan tashqari, Amir Temur gvardiya singari 
o‘zining maxsus navkarlariga ham ega edi. 
Amir Temur lashkarida bu asosiy qo‘shin turlaridan tashqari yana 
quyidagilar mavjud: 
1) pontomchilar (ko‘chma ko‘priklar qurish ish ishlari bilan 
shug‘ullanuvchilar). 2) naftandozlar (Gregorian yoki yunon olovini otuvchilar); 
3) qamal qilish mashinalari va tosh otuvchi qurollar uchun ishlashni biladigan 
jangchilar; Amir Temur boshchiligida qamal qilingan ko‘plab qal'alarning
gregorian olovlarni otish va uloqtiruvchi qurollardan mohirona foydalanish 
natijasida qo‘lga kiritilganligi qo‘shinning shu turi juda katta malakaga ega 
bo‘lganligidan dalolat beradi. Boyazitga qarshi bo‘lgan jangda Amir Temur 
gregorian olovini otuvchi moslamalarni fillar ustiga o‘rnatib jangga kiritgan. 
4
“Jizzax haqiqati”, 2012 yil, 9-may. 


Amir Temur mamlakatni kuch-qudratini muttasil oshib borishiga katta 
ahamiyat berdi. Shu munosabat bilan mamlakatni ichki va tashqi savdosini 
kengaytirish sohasida Samarqand va boshqa shaharlarda rastalar, bozorlar va
yo‘llarni obodonlashtirish choralari ko‘rildi, sharqdagi va g‘arbdagi mamlakatlar 
bilan tijorat-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga harakat qildi. 
Muarrixlar va sayyohlar XIV asr oxiri XV Samarqand Buxoroda bozor, 
chorsu, tim toq, kappon va boshqa xil savdo-hunarmandchilik maskanlari 
bo‘lganligidan xabar berishadi. XVI asr boshlarida esa Zahiriddin Muhammad 
Bobur xotiralarida amir Temur zamonasida vujudga kelgan tartibni qayd etib, 
shunday yozadi: “Samarqand shahri ajib orasta shahredur, bu shaharda bir 
xususiyati borkim, o‘zga kam shaharda andoq bo‘lg‘ay. Har xirfagarning bir 
boshqa bozori bor, bir-biriga mahlut emastur, tavr rasmedur”.
5
Bu davrda Samarqand va Xirotda me'morchilik, naqqoshlik, tasviriy san'at 
va adabiyot nihoyat darajada taraqqiy etdi. Bu ikki poytaxt shaharlarda ko‘plab 
hashamatli jamoat binolari qad ko‘tardi. Temuriy hukmdorlar orasida, ayniqsa, 
Ulug‘bek mamlakatda qurilish ishlariga katta ahamiyat berdi. U hukmdorlik 
qilgan davrda bir qancha masjid, madrasa, xonaqoh, hammom, sardoba va 
karvonsaroylar qurildi. Avvalo amir Temur davrida qurib bitkazilmagan 
talaygina binolar oxiriga yetkazildi. Masalan, Amir Temur maqbarasining kirish 
peshtoqi, Shohizinda ansabmlidagi Ko‘kgumbaz masjidi, Yassidagi Ahmad 
Yassaviy qabri ustiga qurilgan binolar shular jumlasidandir. 
Klavixoning kundaligida Amir Temur zabt etgan mamlakatlar va 
shaharlarning umumiy ahvoli, sohibqironning tashabbusi bilan barpo etilgan 
binolar, saroydagi tartib-qoidalar, boshqa davlatlar bilan siyosiy va savdo 
aloqalari haqida qimmatli ma'lumotlar keltiriladi. 
Sohibqiron Samarqand, Xitoy, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent kabi 
shaharlarda fozil kishilarni jamlashga, ularning ilm-fan bilan shug‘ullanishlari 
uchun zarur sharoitlar yaratishga katta e'tibor berdi. Natijada Movarounnarhda 
5
Ivanin M. Ikki buyuk sarkarda. Chingizxon va Amir Temur. Toshkent, 1994 yil, 130-bet. 


kuchli ilmiy, adabiy muhit yaratildi. Ayniqsa, Samarqand ilm-fan va madaniyat 
markaziga aylandi. 
Amir Temur va temuriylar davrida o‘zbek xalqi (u paytda Turkiston 
xalqi) erkin nafas ola boshladi. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti 
rivojlandi, xalq farovonligi yaxshilandi. Ilm-fan va ma'naviy ma'naviy hayot 
taraqqiy etdi. Samarqand hamda Hirotda aniq va gumanitar fanlar yo‘nalishida 
ilmiy maktablar tashkil topdi, olamga mashhur olimu fuzalolar yetishib chiqdi.
6
Bugungi kunda o‘zbek millati deb atalgan xalq jahonga tanildi. Milliy
mushtaraklik, o‘zlikni anglash, o‘zbekka xos milliy mentalitet asoslari qurildi. 
Bugun yangilanayotgan O‘zbekistonimiz rivojlanishning yorqin yo‘liga 
chiqib olgach, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lib, xalq 
farovonligi tabora yaxshilanayotgan ekan bunda bobomiz, sohibqiron Amir 
Temur qoldirgan ma'naviy merosning o‘rni kattaligi shubhasizdir. 
6
Asqarov A. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. T., 2015, 473-bet. 

Yüklə 168,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin