tarkibini doimo tabiiy tarzda yangi avlodlar tomonidan keksa avlodlar o‘rni
to‘ldirishi orqali yangilanishi tushuniladi.
Aholi takror barpo bo’lishining quyidagi 3turi farqlanadi.
1. Toraygan takror barpo bo‘lish – bunda yashayotgan aholi o‘zining o‘rnini to‘ldiruvchilarni takror barpo qilmaydi. O‘tayotgan avlodlarning miqdori hayotga qadam qo‘yayotgan avlodlarni miqdoridan ortiq bo‘ladi.
2. Oddiy takror barpo bo‘lish. Aholi takror barpo bo‘lishining mazkur turida hayotga qadam qo‘yayotgan avlod bilan keksa avlod miqdori teng bo‘ladi va aholining statsionar turi vujudga keladi
3.Kengaygan takror barpo bo‘lish. Bu turda hayotga qadam qo‘yayotgan har bir avlod ketayotgan avlod miqdoriga nisbatan ko‘pligi
bilan tavsiflanadi. Aholida yosh-jinsiy tarkibining progressiv turi vujudga keladi, uning mutloq miqdori esa o‘sa boradi.
Aholi takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti. Bu koeffitsient
Aholi takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti. Bu koeffitsient
har bir ayolning reproduktiv davrida nechta qiz bola ko‘rishi mumkinligini
aniqlab beradi hamda quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
R=
Bu yerda R- aholi takror barpo bo’lishining brutto koeffisenti ,ug’ulganlar orasida qizlarning ulushi ,15-49 yosh guruhidagi tug’ulish koeffisentining yig’indisi ,-yosh guruhlari bo’yicha tug’ulish koeffisenti.
Aholi takror barpo bo‘lishini yanada to‘liqroq tavsiflash uchun nettokoeffitsientidan (Rn) foydalaniladi. U bir ayolning butun hayoti davomida tuqqan qizlarining o‘rtachasini anglatadi va qizlarning tug‘ilish paytidan onasining yoshiga eta olishligini ko‘rsatib beradi. Aholi takror barpo bo‘lishining netto koeffitsienti aholi soni o‘sishining yaqin kelajagini emas, balki mavjud davrdagi tug‘ilish va o‘lim darajasining umumiy tavsifini o‘zida namoyon etadi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: R

bu yerda: Rn – aholi takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsienti; R – aholi takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti; – onasining yoshigacha yashagan qizlar.Aholi takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsienti quyidagi qator afzalliklarga ega: birinchidan, u o‘lim jadvali tuzish davrida ayollarning ayrim yosh guruhlaridagi tug‘ilish darajasini hisobga oladi, ikkinchidan, netto-koeffitsientni hisoblashda aholining o‘lim darajasi, keyingi yosh guruhigacha yashab qolish ehtimoli hisobga olinadi. Shunday qilib, aholi takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsienti yangi avlodning eskisining o‘rnini bosish jadalligini tavsiflab beradi, bunda tug‘ilish va o‘limning mavjud darajada va kelajakda saqlanib qolishining shartlari inobatga olinadi.