1-amaliy mashg’ulot Ekologik jihatlarni (aspektlarni) aniqlash Topshiriq



Yüklə 76,04 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü76,04 Kb.
#203184
  1   2   3

1-amaliy mashg’ulot


Ekologik jihatlarni (aspektlarni) aniqlash
Topshiriq: Quyida keltirilgan har bir ishlab chiqarish uchun aloqador ekologik jihatlarni aniqlang. Jadvalni to’ldiring.



Jihat

Atrof-muhitga ta’siri

Jihat tavsifi (bevosita/bilvosita, doimiy /potensial)













  1. Salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonasi

Korxona hududida quyidagilar joylashgan:

  • ma’muriy bino;

  • ishlab chiqarish binosi;

  • muhandislik binosi;

  • ishlab chiqaradigan qurilma;

  • yuk mashinalari to’xtash joyi va xaydovchilar uchun xona;

  • engil avtomobillar to’xtash joyi;

  • oqova suvlarni tozalash qurilmasi;

  • saqlash uchun 2 ta sig’im;

  • yong’in xavfsizligi uchun 2 ta suv saqlash sig’imi;

  • zahira dizel yoqilg’isi uchun 2 ta yer ostiga joylashtirilgan sig’im;

  • kanalizatsiya uchun nasos stansiyasi;

  • qattiq chiqindilarni joylash va saqlash uchun platforma.

  1. Ishlab chiqarish binosi quyidagilar bilan jihozlangan:

  • shisha idishlar uchun to’ldirish liniyasi;

  • 1,5 litr hajmli RET ishlab chiqarish liniyasi.

Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish texnologik sxemasi quyidagilardan iborat: xom ashyoni qabul qilish va saqlash; suv tayyorlash, shakar shabati pishirish, uglerod IV oksidi gazi bilan to’yintirish, tayyor ichimliklarni to’ldirish va ro’yxatga olish. Ichimliklar tayyorlash texnologiyasi uchun zamonaviy Pre-Mix usulini qo’llaniladi, bunda birinchi navbatda tayyorlangan shabatlarni suv bilan aralashtiriladi, keyin olingan aralashma bilan to’yintirilib, qadoqlashga yuboriladi.
Suvni tozalash texnologiyasi suvni yumshatishga asoslangan. Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda suvning qo’llanilishiga qarab, zavod ikki xil suvni yumshatuvchi texnologiyalar qo’llaniladi.
Ichimliklar tayyorlash uchun ishlatiladigan suv tozalash inshooti orqali o’tadi, birinchi bosqichda suvni kalsiy oksidi gidrat bilan tozalanadi. Hosil bo’lgan cho’kmani koagulyatsiyasini yaxshilash uchun temir sulfat ishlatiladi. Keyinchalik, suv qum filtri va faollashtirilgan ko’mir yuklangan kolonkada tozalanadi. Ushbu texnologiya nafaqat qattiqlik tuzlari tarkibini, balki ishqoriylikni ham kamaytirish, shuningdek dezinfeksiya uchun suvga qo’shilgan ortiqcha xlor konsentratsiyasini kamaytirish imkonini beradi.
Texnik maqsadlar uchun suv ion almashinish filtrida yumshatiladi. Ion almashinish filtridan oldin suv aktivlangan uglerod yuklangan filtrda xlordan tozalanadi. Bu ionitga zaharli ta’sir etuvchi suvdagi ortiqcha xlorni tozalash imkonini beradi.
Suv tozalash inshooti uchun suv sharbat tayyorlash uchastkasiga kiradi, u yerda sharbat tayyorlash vaqtida shakarni suvda eritishga sarflanadi. Keyin sharbat pasterizatsiya qilinadi, aralashtiriladi va sovutiladi. Aralashtirilgan shabat ichimliklar tayyorlash va bilan to’yintirishga yo’naltiriladi. Tayyorlangan to’yingan ichimlik 250 ml li shisha idishlarda quyiladigan birinchi liniyaga yuboriladi. Bu liniya shisha idishlar va qutilarni yuvish bosqichlarini o’z ichiga oladi. Shishalar 2,5% li ishqor eritmasi, keyin esa suv bilan yuviladi, dezinfeksiya qilinadi va ichimlik to’ldirish uchun yuboriladi.
Ikkinchi liniyada 1,5 litr hajmli PET idishlarga ichimlik quyish quyidagilarni: qoliplarni qizdirish, idishni puflab shaklga keltirish, sovutish va ichimlikni to’ldirishdan oldin ularni xlorli suv bilan dezinfeksiya qilish bosqichlarini o’z ichiga oladi.
Ichimliklarni to’yintirish uchun ishlatiladigan karbonat angidrid gazini ishlab chiqarish yoqilg’ini yonishi (tabiiy gaz, dizel yoqilg’isi) va yonilg’i tutun gazlarini tozalashga asoslangan. Hosil bo’lgan gazlar sovitilib, oltingugurt oksidlaridan tozalash uchun soda eritmasi bilan yuviladi, so’ngra absorbsiya bosqichiga yuboriladi. Absorbent sifatida monoetanolaminning 8% li eritmasi ishlatiladi. Absorbentga yutilmagan gazlar atmosferaga chiqariladi. Monoetanolaminning bilan to’yingan eritmasi desorberga yuboriladi, u yerda 102-105 oC gacha qizdiriladi va qaynash vaqtida toza gazi ajralib chiqadi. Karbonat angidrid kaliy permanganat bilan skrubberda qolgan monoetanolamindan tozalanadi, so’ngra faollashtirilgan ko’mirli filtrda 99,97% gacha tozalanadi. Tozalangan va quritilgan gazi 40oC gacha sovutiladi, suyuq holatga aylanadi va saqlash uchun sig’imga yuboriladi. Bu texnologiyada monoetanolamin eritmasi yopiq tizimda aylanib turadi va qayta qayta ishlatiladi. Past haroratli ni saqlash uchun har biri 30 tonna bo’lgan past haroratli sig’imlar ishlatiladi.

Yüklə 76,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin