O‘lchov deb berilgan kattalikni shartli ravishda birlik deb qabul qilingan boshqa bir kattalik bilan taqqoslanadigan bilish jarayoniga aytiladi:
O‘lchov deb berilgan kattalikni shartli ravishda birlik deb qabul qilingan boshqa bir kattalik bilan taqqoslanadigan bilish jarayoniga aytiladi:
Q = U g
bu yerda Q – o‘lchaniladigan kattalik, U – o‘lchaniladigan kattalikda qancha birlik borligini ko‘rsatadigan son, g – o‘lchov birligi.
O‘lchanadigan kattalikni o‘lchov birligi bilan taqqoslash uchun qo‘llaniladigan asbob o‘lchov asbobi deb ataladi.
O‘lchaniladigan kattalikning qiymati sonini aniqlash uchun o‘lchovlarning bevosita va bilvosita usullaridan foydalaniladi.
Bevosita - o‘lchovlar o‘lchaniladigan kattalikni o‘lchov asboblarining o‘lchamlari yoki ko‘rsatmalari (tarozi, xajm o‘lchash schyotchiklari va bosh) bilan bevosita taqqoslashga asoslangan. Masalan: uzunlikni-metr bilan va bosimni – manometr bilan o‘lchash usullari bevosita usul deyiladi. Bevosita o‘lchovlarning quyidagi asosiy usullari mavjud: bevosita aniqlash usullari, kompensatsion (nol) va differensial (farqlash) usuli.

Bevosita aniqlash usuli bilan o‘lchaniladigan kattalikning miqdori to‘g‘ridan-to‘g‘ri asbobning chiqish kattaligiga aylanadi va asbob bevosita o‘lchaniladigan kattalikning miqdorini ko‘rsatadi.
Kompensatsion (nol) usuli deb noma’lum o‘lchaniladigan kattalikni ma’lum kattalik bilan solishtirishga aytiladi. O‘lchaniladigan kattalikning miqdori tenglashtiriladigan (ma’lum) kattalik qiymatiga teng muvozanatda bo‘ladi. Bunday asboblar qatoriga potensiometrlar, kuchli kompensatsiyali asboblar va mayinli tarozilar kiradi.
Differensial (farqlash) usuli shundan iboratki, asbob yordamida o‘lchanadigan va qandaydir bir ma’lum kattalik o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Undan so‘ng o‘lchanadigan kattalik ma’lum kattalik qiymati va olingan farqni algebraik ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Bilvosita – bunday usul bilan noma’lum kattalik Q bevosita emas, balki o‘zi funksional bog‘lanish bilan bog‘langan boshqa bir yoki bir necha kattaliklarni (A,B,S, .......) to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda o‘lchanadigan kattalik quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:

Q=f (A,B,C,…)
O‘lchov asboblari deb o‘lchanadigan kattalikni o‘lchov birligi bilan bevosita yoki bilvosita taqqoslash uchun xizmat qiladigan qurilmaga aytiladi.
O‘lchov asboblarining asosiy elementlari - sezgir element yordamida bevosita o‘lchovni amalga oshiradigan o‘lchov mexanizmi va hisoblagich qurilmadan (o‘zi yozadigan va umumiy yig‘indisini ko‘rsatadigan) iborat.

O‘lchov asboblarining sifati - o‘lchovning aniqligi, sezgirligi va tezkorligi bilan xarakterlanadi.
O‘lchov asbobining aniqligi uning ko‘rsatmalarining ishonchligi bilan belgilanadi, ya’ni o‘lchov natijalari o‘lchanadigan kattalikning amaldagi qiymatidan qanchalik farq qilishi bilan.
Asbobning sezgirligi - deb uning o‘lchanadigan kattalikdagi uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishlariga nisbatan javob berish xususiyatiga aytiladi. Asbobning sezuvchanligini ko‘rsatkich (strelka)ning chiziqli yoki burchakli, siljishining, o‘lchanadigan kattalikda ushbu siljish tufaylshi sodir bo‘lgan o‘zgarishiga nisbati orqali ifodalash mumkin.