1-amaliy mashg’ulot. Sqlda so'rovlar bilan ishlash



Yüklə 0,6 Mb.
tarix26.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#59660
1-amaliy


1-amaliy mashg’ulot. SQLda so'rovlar bilan ishlash
SQL orqali ma'lumotlar omboriga ma'lumotlar kiritish, ularni o'zgartirish yoki o'chirish mumkin. Bularning barchasi quyidagi komandalar orqali amalga oshiriladi:
- SELECT : ombordan ma'lumotlarni chaqiradi;
- DELETE : omborgi ma'lumotlarni o'chiradi;
- INSERT : omborga ma'lumotlarni kiritadi;
- UPDATE: ombordagi ma'lumotni o'zgartiradi.
SQL ning boshqa komandalari ma'lumotlar omborini strukturasini tashkil qilishda ishlatiladi, ya'ni ular ma'lumotlar bilan ishlamaydi.
- CREATE: ma'umotlar ombori, jadval yoki indeks yaratadi;
- DROP: ma'lumotlar omborini yoki jadvalni o'chiradi.
Sql so’rovlarini yaratish uchun Создание menyusining Конструктор запросов tugmasi tanlanadi. Hosil bo’lgan so’rov nomi ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Hosil bo’lgan oynadan Rejim SQL buyrug’i tanlanadi(24.6- rasm).

1- rasm. So’rovlar yaratishning Sql rejimi
Ma’lumotlar tiplari.
SQL tilida quyidagi asosiy ma’lumotlar tiplari ishlatilib, ularning formatlari xar xil MBBT lar uchun farq qilishi mumkin:

Jadvallarni yaratish uchun CREATE TABLE buyrug'i ishlatiladi. Ushbu buyruq bilan jadval ustunlari va ularning atributlarini aniqlaydigan bir qator operatorlardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, jadvalning xususiyatlarini ifodalaydigan bir qator operatorlardan foydalanish mumkin. Bitta ma`lumotlar bazasida 2 milliardgacha jadval bo'lishi mumkin.


Jadval yaratish uchun umumiy sintaksis quyidagicha:
CREATE TABLE jadval_nomi
(1_ustun_nomi 1_ustun_tipi 1_ustun_atributlari,
2_ustun_nomi 2_ustun_tipi 2_ustun_atributlari,
................................................
N_ustun_nomi N_ustun_tipi N_ustun_atributlari,
jadval atributi
)

Endi har bir komanda strukturasi ko`rib chiqamiz.


CREATE TABLE `Mahsulotlar` (
`ID` INT NOT NULL PRIMARY KEY,
`Mahsulot_id` INT NOT NULL,
`Mahsulot nomi` VARCHAR(25),
`Ombordagi miqdori` VARCHAR(12) DEFAULT NULL,
`Saqlash muddati` VARCHAR(12) NOT NULL,
`Mahsulot narxi` INT NOT NULL);
Yuqoridagi misolda “Mahsulotlar” nomli ob`yekt yaratiladi. Unda barcha ustunlar keltirilgan va ularda yacheykalar bo`sh qolish yoki qolmasligi NOT NULL va DEFAULT NULL orqali belgilangan. Qaysiki NUT NULL bo`lgan atribut har bir yacheykasi ma`lumot bilan to`ldirilishi hahrt. Agar DEFAULT NULL bo`lsa atribut yacheykasi bo`sh qoldirilishi ham mumkin.
INSERT INTO Mahsulotlar (Mahsulot_t_id, Mahsulot nomi, Ombordagi miqdori, Saqlash muddati, Mahsulot narxi) VALUES (`2` `Olma` `50 kg` `4 oy ` `5000`);
Yaratilgan “Mahsulotlar” obyektining barcha ustunlariga ma`lumot kiritiladi.
SELECT * FROM Mahsulotlar;
“Mahsulotlar” ob`yektidagi barcha ma`lumotlar chiqariladi. (*) o`rniga bironta atribut yozilsa o`sha atribut ma`lumotlari chiqariladi(24.7- rasm).


2- rasm. Select buyrug’idan foydalanish
1 -TOPSHIRIQ

  1. Har bir talaba jurnaldagi raqami bo’yicha mavzu olib, SQL rejimida CREATE TABLE buyrug’idan foydalanib , kamida 8 ta maydon elementlariga ega jadval yaratsin.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin