1-AMALIY MASHG`ULOT Takt va pedagogik takt haqida tushuncha. Pedagogik taktni qo‘llash shartlari. Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi. Pedagogik texnika. Nutq texnikasi va madaniyati. Mashg`ulot rejasi: Topshiriq Pedagogik texnika haqida tushunchalaringizni ayting
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini sanang va har biriga izoh bering.
3.Mimika nima . Pantomimika nima.
4.O‘qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo‘llari qaysilar.
1.Tashkiliy qism.
2.Nazariy bilimlarni tekshirish.
3. .Pedagogik texnikani shakllantirishga doir mashqlar.
4. O‘qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirishga doir mashqlar.
5.Mikrodars: Darsni boshlash va tashkiliy qismni o’tkazish.
6.Mashg’ulotni yakunlash
M a sh g’ u l o t n i n g b o r i sh i : Tashkiliy qism.
Nazariy bilimlarni tekshirish uchun savollar: «Mimika» va «Pantomimika» tushunchalari o’rtasidagi farq va bog’liqliklarni aniqlash. Venn diagrammasidan foydalangan holda o’tkaziladi.
Mimika Pantomimika
Fikr-mulohazalarini umumlashtirgan holda kesishadigan ikkita doirachani to’ldiradilar. Bunda doirachalarning kesishgan qismiga umumiy xususiyatlar, kesishmaydigan qismiga o’ziga xos xususiyatlar yoziladi.
Juftliklardagi talabalardan biri topshiriq taqdimotini o’tkazadi. «Venn diagrammasi»ni to’g’ri va ko’p so’zlar bilan to’ldirgan talabalar rag’batlantiriladi va baholanadi.
Bu mashqda topshiriq mazmuni auditoriyaga notanish bo’lsa ishlash oson bo’ladi. O’qituvchi topshiriqlarni kartochkalarga yozib tarqatadi va tayyorlanish uchun vaqt beradi. Talabalar navbat bilan topshiriqlarni bajaradilar. Boshqalar mimikani o’qiydilar.
1-topshiriq. Sinfga kirdingiz. O’quvchilarning darsga tayyorgarligidan hursandsiz.
2-topshiriq. Sinfga kirdingiz. Sinf tartibsiz. Siz hayratdasiz.
3-topshiriq. Sinfga kirdingiz. O’quvchilar berilgan topshiriqni yaxshi bajarganlar. Siz ularga shunday deysiz…
4-topshiriq. Sinfga kirdingiz. O’quvchilar juda yomon ish qilganlaridan habardorsiz.
5-topshiriq. Siz qator oralab yurib o’quvchilar qanday ishlayotganlarini kuzatayapsiz. Ular yaxshi ishlayapti.
6-topshiriq. Qator oralab yuripsiz. Maqsadingiz o’quvchilar qanday ishlayotganini nazorat qilish.
7-topshiriq. Qator oralab yuripsiz. O’quvchilardan biri boshqa kunga qaraganda yaxshi ishlayapti. O’zi sezgan holda ta’kidlab o’ting.
8-topshiriq. Qator oralab yuripsiz. O’quvchilar qiynalayapti. Siz bezovtasiz. Hammada shunday qiyinchilik mavjud, hayrat bilan qaraysiz.
Mikrodars: Darsniboshlashvatashkiliyqismnio’tkazish. Talabalarning 3-4 nafari mutaxassislik bo’yicha biror bir fan bo’yicha darsning tashkiliy qismini o’tkazadilar. Boshqa talabalar o’quvchilar vazifasida ishtirok etadilar. Darsni boshlash va tashkiliy qismni o’tkazish uchun 3-4 minut vaqt ajratiladi. Tinglovchi talabalar va o’qituvchi ekspert sifatida bajaruvchi talabalarning faoliyatlarini baholaydilar va quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
sinfga kirish va salomlashishning to’g’ri bajarilganligi;
so’rov vaqtida barcha o’quvchilarning diqqatini mimika, pantomimika orqali o’ziga jalb eta olish;
tashkiliy qismni o’tkazishda so’rovning ob-havo va sana bilan bog’liqligi.
Mashg’ulotni yakunlash.
O’qituvchi mavzuni xulosalaydi, talabalar reytingini e’lon qiladi. Keyingi mashg’ulotga tayyorlanish uchun topshiriqlar beradi va darsni yakunlaydi
Ushbu elektron havoladan va adabiyotlardan foydalanishingiz mumkin
https://talaba.su/pedagogik-texnika-pedagogik-mahoratning-tarkibiy-qismi-va-sifati/
Adabiyotlar:
Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik – T.: SANO-STANDART, 2017.
Xodjayev B.X., Choriyev A., Saliyeva Z.T. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi. Darslik. – T.: IQTISODIYOT DUNYOSI, 2018.
Ro’ziyeva D.I., Tolipov O’.Q. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019.
5. Xalikov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – Toshkent, Iqtisod moliya, 2012.
6.Якушева С.Д. Основы педагогического мастерства. Учебник. – Москва.: Академия, 2012.
7.Omonov N.T., Madyarova S.A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Т.: Iqtisod–moliya, 2009.
8.Mahmudov N. M. O‘qituvchi nutq madaniyati. Darslik. – Toshkent, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007.
9.Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2006.
10.Очилов М., Очилова Н. Ўқитувчи одоби. Сайланма. –Т.: Ўқитувчи,1997.
11.Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture. USA, 2012 Routledge.
Neil Selwyn. Education and Technology: Key Issues and Debates.