1-amaliy. Vertikal zovurlarning Buxoro viloyati gidrogeologiyasi sharoitiga qarab konstruksiyalarini tanlash. Vertikal zovurning rejada joylashishi Zax qochirish meliorasiyasining asosiy muammosi kurg‘oqchil zonada sho‘rlangan va sho‘rlanishiga moyil bo‘lgan sug‘oriladigan erlarni yaxshilash sanaladi. Tuproqdagi ortiqcha namni qochirish faqat issiqlik va mikrobiologik rejimlarni yaxshilab qolmasdan balki zaxi qochirilayotgan maydondagi er usti xavo qatlamining namlik va xarorat sharoitlarini o‘zgartiradi. [1]
Zax qochirish – ortiqcha namiqqan erdagi suvni ketkazish tuproq tarkibida xavo miqdorini oshiradi, bu esa unda organik moddalarning chirishi tuproq unumdorligini oshirishga imkon beradi.
30 yilarning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda sug‘oriladigan erlarning sho‘rlanishiga va botqoqlashishiga qarshi kurashish maqsadida bir qancha zovur va kollektorlar qurildi. Meliorasiya ishlari asosan 1947 yilarda boshlandi. Eng ko‘p meliorativ ishlar Farg‘ona vodiysida, Mirzacho‘lda, Xorazm viloyatida boshlandi.
O‘zbekistonda sho‘rlangan erlar miqdori sug‘oriladigan erlarning 45-55% ini tashkil qiladi. Sho‘rlangan erlar miqdoran o‘zgarib turadi.
Zax qochirish meliorasiyasi deganda, faqat zax erlar zaxinigina ketkazish emas, balki tuproqning aktiv qatlamidagi tuzlarni zovurlar vositasida yuvish yo‘li bilan butunlay yo‘qotish va minerallashgan sizot suv sathini kritik chuqurlikdan pastga tushirib yuborishni xam tushunish lozim. Meliorasiya tadbirlari kompleksini amalga oshirish yo‘li paxta xosildorligini 12-15 s/ga dan 30-35 s/ga etkazishga imkon yaratadi.
Sug‘oriladigan erlardagi ortiqcha tuzlar odatda sho‘r yuvish va kollektor zovur tarmoqlar qurish yo‘li bilan daladan chetlashtiriladi. Masalan, Xorazm viloyati erlarining sho‘rlanishiga kuchli darajada moyil ekanligiga qaramasdan, bu erda mutassil ravishda yuqori hosil olinmoqda.
Bunga KZTlar salmog‘ining kattaligi tufayli erishilmoqda, zero bu tarmoq sug‘oriladigan xududdan eng katta miqdorda tuzlarni chetlashtirishga imkon bermoqda. Eng katta sizot suv sathining o‘rtacha chuqurligi 1,5 m bo‘lgan taqdirda ham yuvish–sug‘orish rejimi hisobiga tuproqda chuchuk qatlam xosil qilinadi va u muntazam ravishda yuvib turiladi. G‘o‘zaning ildiz tizimi amalda chuchuk sizot suv bilan ta’minlab turiladi. Bu esa suv quyish sonini va sug‘orishdan keyingi ishlov berish sonini kamaytirish imkonini beradi, natijada hosil birligining tannarxi kamayadi.
Er osti suvlarining manbalari jihatidan O‘zbekiston xududi uchta asosiy tabiiy zonaga bo‘linadi.
1. Tog‘lar, tekisliklar zonasi, Farg‘ona vodiysi, Mirzacho‘l, Zarafshan vodiysinig yuqori qismi.
2. Bir tomoni tog‘larga tutashgan tekisliklar zonasi Buxoro viloyati, Qashqadaryo viloyati bir qismi.
3. Daryolar hisobiga hosil bo‘ladigan sizot suvli tekisliklar zonasi: Qizilqum, Qoraqum. Sizot suvlar doimo o‘zgaruvchan, ya’ni oquvchan bo‘ladi. Ular suv omborlari daryo, ko‘l, kanal va sug‘orish maydonlari orqali filtrlanish hisobiga balandroqda joylashgan uchastkalardan oqib keladigan suvlar va nihoyat tuproqda suv bug‘larining kondensiyalanishi va yog‘in suvlarining sizib o‘tishi hisobiga to‘xtovsiz to‘lib turadi. Shunday qilib, bular sizot suvlarining kirish qismi hisoblanadi.
Sug‘oriladigan erlardagi zovurlarning tasniflanishi. Qishloq xo‘jalik erlaridagi zovurlar ishlash xususiyati va qurilishga qarab tabiiy va sun’iy turlarga bo‘linadi. Tabiiy zovur deganda er osti suvlarining gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda oqib ketishi hamda bug‘lanishi sanaladi. Tog‘li va tog‘oldi rayonlardagi daryolar ko‘pincha tabiiy zovur xizmatini o‘taydi, chunki ular ancha tikroq nishabli, chuqur daralar orqali o‘tadi. Relefning daryo tomonga qarab pasayib ketishi faqat er usti suvlarinigina emas balki sizot suvlarning ham oqib ketishiga yordam beradi.
Agar er xududlari katta va sizot suvlar yuza joylashgan bo‘lsa, er sathidan namning bug‘lagishi sezilarli natijalar beradi. Sug‘oriladigan erlarda tuproq sathidan bug‘lanish hisobiga sizot suvlar sathining rostlab turilishi quruq zovur nomini olgan. Ammo shuni qayd qilib o‘tish lozimki, sizot suvlarning sug‘oriladigan dalalardan sug‘orilmaydigan dalalar tomonga qarab oqishi mazkur erlarning intensiv ravishda sho‘rlanishiga olib keladi. Sizot suvlarning er ostidan tabiiy ravishda oqib ketishi qulay meliorativ sharoitini vujudga keltiradi va agar bu oqim suv balansining kirim qismidan katta bo‘lsa, bunday territoriyada sun’iy zovur qilish talab etilmaydi. Tuproq sathida boradigan bug‘lanish bilan transpirasiya, garchi sizot suvlar sathini pasaytirsa-da, lekin sug‘oriladigan rayonlarda odatda tuproqning aktiv qavatida tuz to‘planishiga yordam beradi.
Sun’iy zovur ikkiga bo‘linadi:
Biologik zovur.
2. Gidrotexnik zovur.
Biologik zovur – suvga o‘t o‘simliklarni (beda) ekish hamda kanal va yo‘l yoqalari bo‘ylab daraxt qatorlari barpo qilishdan iborat.
Gidrotexnik zovur gorizontal hamda vertikal turlarga bo‘linadi. Usti ochiq gorizontal zovur o‘z navbatida doimiy va muvaqqat zovurlarga bo‘linadi. Muvaqqat zovurlar, odatda, katta normalarda sho‘r yuvish o‘tkaziladigan davrga mo‘ljallab quriladi. Sun’iy gidrotexnika zovurini xarakteri va kostruktiv elementlarga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Ushlab qoluvchi zovur.
Nasosli zovur.
Kuchaytiruvchi zovur.
Vakumli zovur.
Gorizontal (doimiy) zovur. (yuza (1,5m gacha) va chuqur (2,5-3,5m) bo‘ladi).
Usti yopiq gorizontal zovur qanday materialdan qurilganligiga qarab bir necha xilga bo‘linadi:
Quvur zovur (materiali sopol, beton, yog‘och, sement, plastmassa, gidrofob shisha bo‘lishi mumkin)
Poyali, kashinali (shox-shabbali) zovur.
Ko‘rsatib o‘tilgan zovur turlaridan qaysi biridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi tabiiy va xo‘jalik sharoitlariga (tuproq, gruntlar, relef), qurilish ishlarini olib borish uchun energetika resurslari va mashinalarining mavjudligi, suvda eriydigan tuzlar tarkibiga qarab aniqlanadi.
Vertikal zovurni rejada joylashtirishning 3 xil sxemasi mavjud bo‘lib, ular ixtiyoriy, chiziqli, bir tekis joylashishi mumkin.
I – variant. Qachonki suvli qatlamning turlicha to‘yinishiga mos ravishda Q, S va R xar xil bo‘lgan xolda.
II – variant. Bunda quduqlar 1 yoki 2 qator qilib massiv atrofida joylashtirib chiqiladi. Bu variant xududlarni chetdan oqib keluvchi sizot suvlari kelishidan ximoya vositasida ishlatiladi.
III – variant. Ma’lum maydondagi sizot suvlar sathini bir tekisda pasaytirish uchun ishlatiladi.
U yoki bu variantni tanlash quyidagi faktorlarga bog‘liq:
1. Quduqning vazifasiga.
2. Gidrogeologik va meliorativ sharoitlarga.
3. Iqtisodiy sharoitlarga.
4. Quduq konstruksiyasiga.
5. Kerakli surib chiqarish rejimiga.
6. Rostlovchi sig‘imning bor yoki yo‘qligiga.
Vertikal zovur ishlatilganda, uni boshqarishni avtomatlashtirish va dispetcherlik xizmatini qo‘llash imkoniyati paydo bo‘ladi.