Kiyim inson tanasini atrof muhitning har xil ta’sirlaridan asrash vositasi sifatida paydo bo’lgan.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida kiyim deb, o’simlik, hayvonot va sun’iy materiallardan tayyorlanadigan va odamni atrof-muhitning nomaqbul ta’sirlaridan asraydigan, organizmning normal sog’lom holatini saqlaydigan va bezak vazifasini o’taydigan har xil narsalar aytiladi.
Kiyim insoniyat moddiy madaniyatining elementlaridan biri hisoblanadi.
Kiyimni konstruktsiyalash-bu murakkab jarayon. Bu tikuvchilik buyumlarini loyihalash umumiy jarayonning tarkibiy qismi bo’lib, bu ishda model’er-rassomlar, konstruktsiyalar, materialshunoslar, texnologlar singari ko’plab mutaxassislar mehnat qiladi.
Konstruktsiya asosining chizmasini hisoblash va tuzish metodini tanlash ishlab chiqarish spetsifikatsiyasiga bog’liq.
Kiyimning yakka buyurtma yo’li bilan bilan tikishda o’lchab-hisoblab konstruktsiyalash metodi juda mos keladi, chunki bu metod aniq o’lchangan tufayli gavdaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtdagi hamma o’lchab-hisoblab va proportsional-hisoblab tuzish
metodlari kiyim bo’laklarini chizmasini tuzishning tarkibiy usulidir. Yangi modelning manekenda yoki gavdada yaxshi turishiga kiyimni kiydirib ko’rish yo’li bilan erishiladi.
164-96-100 razmerining qomatdan olingan o’lchamlari.