Ovqat ratsionini tuzish



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə1/2
tarix06.02.2023
ölçüsü80,5 Kb.
#83212
  1   2
Ovqat ratsionini tuzish


Ovqat ratsionini tuzish
Talabalarda tо‘g‘ri ratsion tuzish va tо‘g‘ri ovqatlanish haqida tushuncha hosil qilish.
Ovqat ratsionini tuzish prinsiplari
Odam uchun ovqat ratsioni (ma’lum muddatda beriladigan ovqat) tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilinmog‘i lozim. Bir kunda yeyiladigan ovqat sarf etiladigan energiya miqdorini qoplaydigan bо‘lishi kerak. Ovqat ratsionini tuzishda shaxsning bajaradigan ish turiga monand (bolalar uchun yoshiga) holda yetarli miqdorda oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning bо‘lishi hisobga olinishi kerak. Tо‘rt mahal ovqatlanish eng yaxshi rejim hisoblanadi. Birinchi, ertalabki nonushta umumiy kaloriyaning 10-15% ini, ikkinchi nonushta 15-35% ini, tushki ovqat 40-50% ini va kechki ovqatlanish 15-20% ini tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Oqsilga boy bо‘lgan oziq moddalari(gо‘sht, baliq, tuxum) nonushta va tushki ovqatlanishda tanovul qilingani ma’qul. Kechki ovqatlanish uchun esa sut-kо‘kat mahsulotlari qoldirilishi zarur. Organizmga kirayotgan oqsil va yog‘larning kamida 50 % chorva maxsulotlaridan iborat bо‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda taom ratsioniga yetarli miqdorda vitaminlar, mineral tuzlar va suv kirishi kerak.
Organizmga kirgan oziqning hammasi о‘zlashtirilmasligini, ya’ni ichakda sо‘rilmasligini va ishlatilmasligini esda tutish kerak. Iste’mol qilingan oziqning ma’lum qismi ichakdan shlaklar (chiqindi) kо‘rinishida chiqarib yuboriladi. Aralash oziqni о‘zlashtirish о‘rtacha 90 % ga tenglashadi.
Bajariladigan ish turiga qarab sarflanadigan energiya miqdorining har xil bо‘lishi
Odam harakat qilganida energiya kо‘p sarflanadi. Sarflangan energiya ish turiga qarab xar xil bо‘ladi. Turli ishlar vaqtida sarflanadigan energiya miqdorini bilish katta axamiyatga ega. Turli kasbda ishlaydigan kishilarning sarflaydigan energiyasi miqdorini bilish о‘sha kishilar uchun ovqat normalarini aniqlashga imkon beradi. Kasbga qarab sarflanadigan energiya miqdorini aniqlash uchun odamlarni quyidagi gruppalarga bо‘lish mumkin.
Birinchi gruppa. Zо‘r muskul ishi talab qilmaydigan kasbdagi kishilar, idora xizmatchilari, tikuvchilar, mexaniklar, о‘qituvchilar, vrachlar. Ular bir kunda 2600-2800 kal energiya sarflaydi.

Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin