Daromad, jami daromad, stavka, imtiyoz, rezident. norezident, mexnatga xaq to’lash, kompensatsiya to’lovlari, moddiy naf, mulkiy daromad, divident, deklaratsiya, jami daromad, yakka tartibdagi tadbirkor.
1. Daromadidan soliq to’lovchi jismoniy shaxslar. Rezident va norezidentlar.O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e‘tirof etiladi.
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o’n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O’zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
Yuqoridagi mezonga javob bermaydigan shaxs O’zbekiston Respublikasining norezidenti deb e‘tirof etiladi.
2. Jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish ob‘ekti, jami daromadi tarkibi.Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish ob‘ekti bo’lib ћisoblanadi:
- O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingandaromadlari;
- O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar Soliq Kodeksining 58-bobiga muvofiq qat‘iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar bo’lganligi uchun, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq solish ob‘ekti bo’lmaydi.
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.Agar soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga Soliq Kodeksining 173 moddasiga muvofiq quyidagilar kiradi:
1) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar;
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4) boshqa daromadlar.Mehnatga haq to’lash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy shaxslarning mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish predmeti bo’lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to’lanadigan barcha to’lovlar mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar deb e‘tirof etiladi.
Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi:
- rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlari;
- kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya);
- ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash.
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi: foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, royalti va boshqalar.Soliq to’lovchi tomonidan moddiy naf tarzidaolinadigandaromadlar quyidagilardir:
1) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini ko’zlab, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni to’lash, shu jumladan: jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta‘lim muassasalarida o’qitish, tarbiyalash; kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari haqini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash;oziq-ovqat, oylik yo’l chiptalari yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash; sanatoriy-kurortlarda davolanish yo’llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash; yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi bo’lgan boshqa xarajatlari;
2) sovg’alar, tekin berilgan, shu jumladan hadya shartnomasi asosida berilgan tovarlar, soliq to’lovchining manfaatlarini ko’zlab, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati;
3) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xodimlarga realizatsiya qilinadigan narxi va shu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) hisoblab chiqarilgan qiymati o’rtasidagi salbiy tafovut;
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yo’l, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo’yicha beriladigan imtiyozlar summasi;
5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
6) ish beruvchi tomonidan to’lovlar hisobiga to’lanib, xodimdan ushlab qolinishi lozim bo’lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar;
2) stipendiyalar;
3) jismoniy shaxslarga xayriya va ekologiya jamg’armalarining mablag’laridan ko’rsatiladigan moddiy yordam;
4) donorlik uchun pul mukofotlari;
5) alimentlar;
6) hayvonlarni (qoramol, parranda, mo’ynali va boshqa hayvonlarni, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so’yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar;
7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari bo’yicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati;
8) musobaqalarda, ko’riklarda, tanlovlarda sovrinli o’rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;
9) yutuqlar;
10) grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari bo’yicha olingan summalar;
11) jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo’yicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari;
12) yaratilgan fan, adabiyot va san‘at asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar;
13) O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg’alarining qiymati;
14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo’la beriladigan pul mukofoti;
15) xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asos bo’yicha tugatilgan taqdirda, mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy yordam sifatida beriladigan ishdan bo’shatish nafaqasi va boshqa to’lovlar.
Dostları ilə paylaş: |