1. Fe'l so'z turkumi haqida umumiy ma'lumot. Fe'l nisbatlari, fe'lning vazifadosh shakllari, fe'lning mayllari



Yüklə 39,15 Kb.
tarix25.04.2023
ölçüsü39,15 Kb.
#102652
1. Fe\'l so\'z turkumi haqida umumiy ma\'lumot. Fe\'l nisbatlari, fe



Fe'l. Uning grammatik xususiyatlari. Fe'l nisbatlari. Fe'lning vazifadosh shakllari. Fe'l mayllari. Fe'llarda shaxs-son kategoriyasi. Fe'l zamonlari. Ko'makchi fe'llar, to'liqsiz fe'l. Fe'l larning
yasalishi.


Reja:


1).Fe'l so'z turkumi haqida umumiy ma'lumot.
2).Fe'l nisbatlari, fe'lning vazifadosh shakllari, fe'lning mayllari.
3).Fe'lning zamonlari
Fe'l arabcha so'z bo'lib "harakat" degan ma'noni bildiradi. Harakat-holat ma'nosini ifodalab, nima qildi. (bo'di)?. nima qiyapti( bo'yapti)?, nima qiladi(bo'ladi)? singari so'roqlarga javob bo'luvchi so'z turkumiga fe'l deyiladi. Fe'l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko'ra bir qancha turlarga boʻlinadi.
1.Yumush fe'l lari: ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi va boshqalar.
2.Tafakkur fe'l lari: o'ylaydi, o'qidi, kashf qildi kabi.
3.Sezgi fe'l lari: sezdi, his qildi.
4.Ruhiy holat fe'l lari:kuldi,xursand bo'ldi, qayg'urdi, iztirob chekdi.
5.Nutq fe'l lari:gapirdi, so'z ladi, bayon qildi, ifoda qildi.
6.Ishora fe'l lari:imo qildi, labini burdi,ko'zini qisdi va boshqalar.
7.Jismoniy holat fe'l lari: og'ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog'aydi, charchadi.
8.Tabiy holat fe'l lari: eridi, muzladi, uxladi va boshqalar.
9.Ko'rish fe'l lari: qaradi, ko'rdi, boqdi, termuldi.
Harakat-holat fe'l lari.
Fe'l lar nimani atab kelishiga ko'ra harakat va holat fe'l lariga boʻlinadi.
Harakat fe'l lari----shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida roʻy bergan harakatni bildiruvchi fe'llar harakat fe'l lari hisoblanadi:yurmoq, yugurmoq, chiqmoq, bormoq,qimirlamoq, yelmoq, sudralmoq, sakramoq, uchmoq, o'tmoq,silkinmoq......
Holat fe'llari -----shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtish jarayonini ifodalovchi fe'llarga holat fe'llar deyiladi: o'ylamoq, fikrlamoq, ikkilanmoq, sarg'aymoq, kumloq, yig'lamoq, qizamiq, q otmoq...
O'timli va o'timsiz fe'llar.
Fe'llar grammatik maʼnoga ko'ra ikkiga boʻlinadi:o'timli hamda o'timsiz. Tushum kelishigidagi so'zlar bilan bogʻlanadigan fe'llar o'timli fe'llar hisoblanadi:o'qidi, ko'rdi, yod oldi....
O'timli fe'l kimni? nimani? so'roqlarga javob bo'ladi:kitobni o'qidi, do'stini ko'rdi, she'rni yod oldi....
Tushum kelishigidagi so'zlar bilan bog'lanmaydigan fe'llarga o'timsiz fe'llar deyiladi,:bordi, uxladi, ranjidi..
O'timsiz fe'llar nimani? kimni? so'roqlarga javob bo'lmaydi:uyga bordi, xonada uxladi, do'sti ranjidi...
Fe'l nisbatlari
Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe'l shakllari nisbat shakllari sanaladi. Fe'ldan anglashilgan harakat- holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o'rtasida munosabatni ifodalovchi ifodalovchi fe'l shakllariga nisbat shakllari deyiladi.
Shunga ko'ra fe'llar 5 ta nisbatga bo'linadi:1) aniq nisbat; 2) o'zlik nisbat; 3) orttirma nisbat ;4) majhul nisbat; 5) birgalik nisbat.
Nisbat shakllari fe'llning asos qismidan keyin qo'shiladi.
Aniq yoki bosh nisbat
Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishi ni bildiradi. Qo'shimchasi mavjud emas:ishladi, o'qidi.
O'zlik nisbati
Bajaruvchining o'zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe'l shakli o'zlik nisbati deyiladi.
O'zlik nisbatida harakatni bajaruvchini shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan holda boʻladi. Masalan:Mashina o'z joyidan qo'zg'aldi..Gul ochildi.
O'zlik nisbati shakli asosga -(i)n, -(i)l qo'shimcha larini qo'shish bilan hosil boʻladi: unli bilan tugagan fe'l asosiga o'zlik nisbatining - n, - l, undosh bilan tugagan fe'l asosiga esa-in yoki -il qo'shimchalari qo'shiladi: Halima juda ozoda kiyinadi.
Odatlanmoq,jonlanmoq, harakatlanmoq seskanmoq, faxrlanmoq, zavqlanmoq, otlanmoq, afsuslanmoq kabi so'zlarda -n o'zlik nisbat qo'shimchasi bordek tuyulsa-da, ular qo'shimcha tarkibida yaxlitlanib qolgan, shuning uchun o'zlik nisbatiga kirmaydi, balki aniq nisbatga kiradi.
Majhul nisbat
"Majhul" so'zi " nomaʼlum ", " noaniq "degan ma'nolarni bildiradi. Bajaruvchisi noma'lum boʻlgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe'l shakli Majhul nisbat deyiladi :Maktabini muzeyi Yangi eksponatlar bilan boyitildi. ( kim tomonidan boyitilganligi aniq emas).
Majhul nisbat fe'l kim tomonidan?, nima tomonidan? so'roqlarga javob bo'ladi : xat yozildi ( kim tomonidan?).
Majhul nisbat shakli unli bilan tugagan fe'l asosiga - n, - l. undosh bilan tugagan fe'l asosiga -in, - il, qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. : Soch taraldi.
O'zlik hamda majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki holatning bajaruvchisi nuqtai nazaridan farq qiladi. O'zlik nisbatida harakat- holat bajaruvchining o'z ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi nomaʼlum bo'ladi. Masalan: Gulnoza kiyindi. (O'zlik nisbat). Kiyim chiroyli qilib kiyildi.( majhul nisbat).
Orttirma nisbat
Fe'l o'zagidan ifodalangan harakatga da'vat qilingan shaxs ma'nosini anglatadi. Orttirma nisbat shakllari: -t, -dir, tir, -,giz, - kuz, -g'iz, -qiz, -gaz, -kaz, -ir, -iz, -ar qo'shimchalari kiradi. Ular quyidagicha qo'shiladi.
Ba'zan fe'l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo'shimchalar qo'shilishi mumkin. O'qit—o'qittir..
Agar fe'l asosiga orttirma nisbat qo'shimchalari birdan ortiq qo'shilganda, orttirma nisbat qo'shimchasidagi so'z ma'nosi kuchayadi.
Fe'l larning orttirma nisbat o'zlik va birgalik nisbatdagi fe'llardan ham hosil qilinishi mumkin. :yuvin+ tir =yuvintir.
Orttirma nisbatdagi fe'llardan birgalik va majhul nisbatdagi fe'llar hosil qilinishi mumkin: isitildi(majhul), yozdirishdi (birgalik).
Orttirma nisbat qo'shimchalari o'timsiz fe'lni o'timliga aylantiradi., aynan shunga ko'ra orttirma nisbat va o'zlik nisbat qo'shimchalari o'zaro zidlanadi.. Masalan, (daftarga) yozildi—(daftarni) yozdiradi.
Birgalik nisbat
Fe'l o'zagidan ifodalangan harakatning bir necha shaxs tomonidan bajarilgaini ifodalaydi. Birgalik nisbat shakli unli bilan tugagan fe'l asosiga -sh, undosh bilan tugagan fe'l tugagan asosiga esa -ish qo'shimchasini qo'shish orqali hosil boʻladi : ishlashdi, kelishdi. Gaplashishdi.
Ba'zan birgalik nisbat qo'shimchasi fe'l yasovchi -la qo'shimchasi bilan yaxlitlanib, bir butunlikni hosil qiladi va murakkab qo'shimcha -lash qo'shimchasiga aylanadi, bunday holda fe'llar birgalik nisbatda emas, aniq nisbatda boʻladi. Masalan: gaplashmoq, bahslashmoq, hazillashmoq, tezlashmoq. Va boshqalar.
Bunda biz -lash murakkab qo'shimcha bo'lganini -la va -sh qo'shimchlarga ajratish orqali bilib olishimiz mumkin, ajratganimizda -la o'zi birga birikkan asos bilan birga ma'no anglatsa -lash murakkab qo'shimcha sanalmaydi va birgalik nisbatida keladi, ma'no anglatmasa -lash murakkab qo'shimcha sanaladi va aniq nisbatda keladi: Choyxonani ta'mirlashdi,. (ta'mir+la+sh)..
AGAR NISBAT QO'SHIMCHLARI FE'L ASOSIGA BIRDAN ORTIQ QO'SHILGANDA, ASOSGA QO'SHILGAN OXIRGI NISBAT SHAKLIGA QARAB QAYSI NISBATDA LIGI ANIQLANADI. Kiyin turildi( majhul nisbatda ).Keltirishdi (birgalik).
FE'LNNING VAZIFA SHAKLLARI.
Fe'llar gapda boshqa so'zlar bilan bog'lanib, kesim, ega , to'ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe'l maxsus shakllarga ega boʻladi. Turli gap bo'laklari vazifasida kelishi uchun xoslangan fe'l shakllari fe'lning vazifa shakllari sanaladi
Fe'l larning to'rta vazifa shakllari mavjud:
1) sof fe'l shakli—kesim vazifasida;
2) harakat nomi shakli--ega, to'ldiruvchi vazifasida ;
3) sifatdosh shakli—aniqlovchi vazifasida;
4) ravishdosh shakli— hol vazifasida keladi.
Sof fe'l
Sof fe'l gap ichida fe'l-kesim vazifasini bajaradigan fe'l shaklidir. Sof fe'llar fe'lga xos boʻlgan barcha xususiyatga, ya'ni bo'lishli-bo'lishsizlik, o'timli-o'timsizlik nisbat, zamon, shaxs-son, mayl xususiyatlariga ega.:Men boraman. Bo'lishli, o'timsiz, aniq nisbatda, kelasi zamon, 1-shaxs, birlikda, xabar mayli, gapda fe'l-kesim.
HARAKAT NOMI
Fe'lning otga xoslangan shakli harakat nomi deyiladi. Ish harakatning bajarilish-bajarmasligi, harakat-holatning nomi kabi ma'noni bildiradi va otning shakl yasovchisini olib, unga xos sintaktik vazifani bajaradi.
Fe'l asoslariga -ish, -sh, -uv, -v, -miqdori qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan yasaladi:o'qish, yozish, o'quv,yozuv,olmoq.
Harakat nomi a yoki i unlisi bilan tugagan fe'l asoslariga -v qo'shimchasini qo'shilganda, a unlisi o unlisiga istiqomat unlisi u unlisiga aylanadi. Va shunday yoziladi: ishla+v=ishlov, tani+v=tanuv.Demak, harakat nomi qo'shimchasi qo'shilganda bir unli tovush boshqa bir unli tovushga aylanadi. Harakat nomi qo'shimchasi hisoblangan -moq qo'shimchasiga egalik qo'shimchasi qo'shilganda q undoshi g' undoshi ga almashadi :bormoq---barmog'i...
Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, lozim, darkor, shart so'zlari bo'lganda, kesimni ega bilan moslashtiruvchi shaxs-son qo'shimchalari harakat nomiga qo'shiladi. Men o'qishim kerak;sen o'qishing--lozim, u o'qishi shart.
SIFATDOSH
Fe'lning sifatga xoslangan shakli sifatdosh deyiladi. Sifatdoshlar fe'l asoslariga -gan, -kan, -qan,-ydigan, -adigan, -yotgan, -aytgan, -(a) r qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan hosil boʻladi.
Sifatdoshlar shaxs va narsalarining belgisini bildirishi bilan sifatga o'xshaydi. Sifatlar shaxs va narsaning turg'un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar o'zgarish, harakat belgisini ifodalaydi. Solishtirsak: katta(sifat), daryo(sifatdosh) daryo. Sifatdosh fe'l singari ish-harakatni anglatib, zamon, nisbat, bo'lishli-bo'lishsizlikni bildiradi :qolgan-bo'lishli, o'tgan zamon, aniq nisbatda.
Sifatdosh quyidagi zamon shakllariga ega.
1) O'tgan zamon sifatdoshi-- -gan, -kan,-qan, qo'shimchalari yordamda hosil qilinadi:otgan, tikkan, chiqqan..
Bo'lishsiz shakli -mavjud yordamida yasaladi:borgan---bormagan.
2) Hozirgi zamon sifatdoshi ---hozirgi zamon sifatdosh sifatdoshi fe'l asoslariga --(a) yotgan, qo'shimchalarini qo'shish yordamida hosil qilinadi:yurayotgan,(mashina), kulayotgan (bola)....
3) Kelasi zamon sifatdoshi-, -ydigan, -(a) r, -adigan qo'shimchalarini qo'shish bilan yasaladi;boradigan (joy), o'qiydi gan(kitob), oqar suv... Sifatdoshning bo'lishsiz shakli fe'l lardagi kabi -ma qo'shimchasi yordamida yasaladi.
RAVISHDOSH.
Fe'lning ravishga xoslangan shakli ravishdosh deyiladi. Ravishdoshlar harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o'xshaydi. Ravishdosh ham ravish kabi fe'lga bog'lanib, uning belgisini bildiradi :solishtirsak;piyoda (ravish) keldi, shoshilib(ravishdosh) keldi. Ravishdosh fe'lga bog'lanib, ko'pincha hol boʻlib keladi:U yaylovda yayrab yoyotar edi.
Ravishdoshlar ma'no jihatdan holat, payt, maqsad, va sabab ravishdoshlarga bo'linadi.
1) Holat ravishdoshi :-bilan, -ib,-a, -v, -gancha,-kancha, -qancha qoshimchalar qo'shilib harakatni holatni bildiradi va qanday, qanday qilib ? so'roqlarga javob bo'ladi. yugurib kelmoq,kulgancha turmoq....
2) Payt ravishdosh: -b, -ib, -a, -y, -gancha, -kancha, -kuncha, -q uncha shakllari qo'shilib harakatni qay paytda sodir bo'lganini bildiradi va qachon, Qachongacha? so'rog'iga javob bo'ladi:musiqa tingach, ko'chadan chiqqach, u kelguncha, Guli chiqquncha..
3) Maqsad ravishdoshi; -fani, -kani, -qani, -gali qo'shimchalari qo'shilib, harakatning maqsadini bildiradi va nima maqsadda? So'rogiga javob bo'ladi; o'tirgandiki tashqariga chiqdi.
4) Sabab ravishdoshi:-b, -ib, -a, -y qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi va nima sababli? sorog'iga javob bo'ladi

FE'LLARDA MAYL SHAKLLARI.


So'z lovchi ning fe'ldanfe'ldan anglashilgan harakat-holatiga munosabatini bildirgan fe'l shakllariga mayl shakllari, shunday shakllar tizimiga esa mayl kategoriyasi deyiladi.
Fe'llarning to'rtta mayl shakli mavjud:1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli; 3) shart mayli ; 4) maqsad mayli.
Xabar (yoki ijro) mayli---harakat holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi xabar darakni bildiruvchi fe'l shakli xabar shakli hisoblanadi.
Xabar maylining maxsus qo'shimchasi yo'q. Xabar mayli fe'l asosiga zamon va shahs-son qo'shimchalarini qo'shish orqali ifodalanadi. Keldi, keladi,
Buyruq-istak mayli---harakat va holatini bajarish yoki bajarmaslik haqidagi buyruq , istak, iltimos, maslahat ma'nolarini bildirgan, harakatni bajarishga da'vat etish ma'nosini bildiradigan fe'l shakliga buyruq-istak mayli shakli deyiladi.
Buyruq-istak mayli shakllari fe'l asoslariga quyidagi qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan hosil qilinadi: -y(ay), -(a)yon, -gin, -kin, -qin, -(i) ng, -sin(lar), -(a) ylik, -(i) nglar.Hayot saboqlarini o'rgangin..
Fe'lning zamon, shahs-son qo'shimchalarisiz qismi || shahs buyruq-istak maylini ifodalaydi. Bu qismga buyruq-istak ma'nosini kuchaytirish uchun -gin qo'shimchasini qo'shish ham mumkin, shuning uchun bu ikki shakl ma'nodosh sanaladi: kel-keling-kelgin; ol-oling-olgin.
Shart mayli--boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart boʻlgan harakat va holatni, shuningdek, istak-xohishni bildirgan fe'l shakli shart mayli shakli sanaladi, shart mayli -Sa qo'shimchasi yordamida yasaladi:Aysam, tilim, aytmasam dilim.
Shart mayli edi, ekan to'liqsiz fe'llari bilan kelganda orzu-istak ma'nosini bildiradi: -Sa edi shakli ba'zan -Saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi; ko'rsaydi, o'qisaydi...
Shart mayli shakli kerak so'zi bilan kelganda taxminan-gumon ma'nosini bildiradi: Bu bola yaxshi bilsa kerak (bilmasligi ham mumkin)
Maqsad mayli---harakatning biror maqsadda bajarilishini bildiradi, -moqchi qo'shimchasi yordamida hosil qilinadi. Masalan; Yozmoqchiman., yozmoqchisan,, yozmoqchi,.
FE'LLRDA SHAHS-SON KATAGORIYASI.
Fe'ldan ifodalangan harakatning shahslarga munosabatini bildigan qo'shimchalarga shaxs-son qo'shimchalarini deyiladi. Masalan, keldim yozding,boraman so'zlaridagi -maydoni,-ng, -man qo'shimchalari. Bunday qo'shimchalarning
shahs-son qo'shimchalari deb yuritilishiga sabab shuki, shahs qo'shimchalari ayni paytda sonni ham bildirib turadi:yo birlik, yo ko'plik shaklida bo'ladi. Masalan:
BIRLIK KO'PLIK
yozdi-m yozdi-k
yozdi-ng yozdi-ngiz(laring)
yozdi- yozdi-lar(yozishdi).
Baʼzi holatlarda birinchi shaxsni ifodalash uchun ikkinchi shaxs qo'shimchasi , shuningdek, birlik ma'nosini ifodalash uchun ko'plik qo'shimchasi qo'llanishi mumkin. Bunday holatlar ma'lum uslubiy maqsadda roʻy beradi. Ikkinchi va uchinchi shaxs birlik shakllari o'rnida ko'plik shakli qo'llanilsa, shaxs ko'pligi emas, balki shaxsga hurmat ma'nosi ifodalanadi. Masalan:Dadam keldilar, Ayrim o'zbek shevalarida shart maylidan keyin qo'shiladigan shaxs-son shakllari o'rniga o'tgan zamonning— gan shakli, hozirgi zamon va kelasi zamon shakllaridan keyin ishlatiladigan shakl qo'llaniladi. Masalan:borsa, o'rniga borsamiz borsavuz. II shaxs buyruq mayli qo'shimchalari o'rniga III shaxs buyruq mayli qo'shimchasi ishlatiladi. Masalan: kiring o'rniga kirsinlar. Bunday holat o'zidan katta yoki obroʻli kishilarga nisbatan qo'llanilib, hurmat ma'nosi ifodalaydi. Fe'llning I va II shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi. III shaxsda esa zamon qo'shimchalari shaxs ma'nosini ham ifodalaydi. O'tgan zamonning -di hamda kelasi zamon shart mayli -Sa shakllaridan soʻng -m, -ng, -k, -ngiz qo'shimchalari:kelsam, bordingiz, keldik, ravishdosh, sifatdosh shakllari hamda sof fe'lning hozirgi zamon shakllaridan soʻng -man, -miz,-san,-siz qo'shimchalari qo'llaniladi. Fe'lning shaxs-son shakllari bir-birining o'rnida almashib qo'llanishi mumkin:Uka shunaqa narsa bilan hazil qiladimi? (3shaxs birlik hazil qilasanmi—2- shaxs, birlik o'rnida qo'llaniladi)
FE'LNING ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki bajarmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, ana shunday shakllar tizimiga esa zamon kategoriyasi deyiladi.
O'TGAN ZAMON SHAKLLARI.
O'tgan zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin bo'lganini bildiradi. Bu zamon shakllari fe'l asoslariga -di, -(i) bdi, -gan, -kan,-qan qo'shimchalarini va ulardan soʻng shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. -di qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli so'zlovchining bevosita oʻzi ko'rgan harakat va holatni bildiradi. -di qo'shimchasidan soʻng shaxs-son qo'shimchasining -m, -k, -ng -ngiz shakllari qo'llaniladi. -(i)b qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli ilgari roʻy bergan harakat va holatning sozlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi va bu qo'shimchadan soʻng shaxs-son qo'shimchasining -man, -miz, -san, -siz, -di(lar) shakllari qo'shiladi:boribman, boribsan, boribsiz.... Bu shakllar garchi "o'tgan zamon" umumiy ma'nosi asosida birlashsa ham, lekin ularning har qaysisi bir-biri bilan ma'lum ma'nosiga ko'ra farq qiladi; -gan shakli -di ga nisbatan harakatning nutq soʻzlagan vaqtdan ancha oldin roʻy berganini bildiradi. -ibdi, -ibman, -ibsan shakllari esa so'zlovchi nutq momentidan oldin roʻy bergan harakakni boshqa shaxsdan eshitganligiini yoki oldindan kutilgan harakatning amalga oshganligini bildiradi.
HOZIRGI ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtda roʻy berishi yoki bermasligini bildirgan shakllarga hozirgi zamon shakllari, shunday shakllar tizimiga esa hozirgi zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi zamon ma'nosi -yapti, -yotir, -moqda singari qo'shimchalar qo'shish orqali ifodalanadi. Masalan :yozyapti, yozmoqda, yozayotir. Bulardan -yapti, -moqda, fe'l asoslariga, -yotir esa fe'lning ravishdosh shakliga qo'shiladi. Hozirgi zamon shakllari ma'lum uslubga xoslangani bilan o'zaro farqlanadi, -yapti uslubiy betaraf (neytral) shakl bo'lsa, -moqda, -yotir yozma nutq uslubiga xosdir. -yap shakli undosh bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -ayap holida talaffuz qilinsa ham, -yap yoziladi
KELASI ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtdan soʻng roʻy berish-bermasligini bildirgan zamon shakllariga kelasi zamon shakllari, shunday shakllar tizimiga esa kelasi zamon kategoriyasi deyiladi. Kelasi zamon ma'nosi fe'llning -a ravishdosh shakliga -di, -jak, fe'l asoslariga -a, -y, -ar, -urush, -gusi qo'shimchalari qo'shish orqali hosil boʻladi. Masalan; o'tiraman , yashayman,kelajak, kelar, kelur, kelgusi, keladi kabi. Bulardan -adi, -ar uslubiy betaraf shakllar bo'lsa, -jak, -gay, -urush, -gusi shakllari badiiy va publitsistik uslubga xosdir. Uslubiy betaraflik belgisiga koʻra -adi va -ar shakllari bir guruhni tashkil qilsa ham, ular ifodalanayotgan harakatga gumon-taxmin ma'nosini bildirish-bildirmasligiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisi bunday ma'noga betaraf bo'lsa, ikkinchi shakl gumon-taxmin ma'nosiga ega. Solishtirsak ;keladi— kelar.
KO'MAKCHI FE'LLAR.
Ravishdoshning -a/y, -(i) b shakllariga qo'shilib, o'z mustaqil ma'nolarini yo'qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi ) va tarzi (tezligi, imkoniyati) ni bildiruvchi boshlamoqchi, olmoq, yubormoqchi, turmoq, chiqmoq singari fe'llar ko'makchi fe'llar hisoblanadi,.
Salim kitobni o'qib chiqdi. Gapida chiqdi fe'li "tashqarida bo'lmiq" lug'aviy ma'nosini yo'qotib, gapdagi o'qib yetakchi
fe'llning ma'nosini biroz o'zgartirish, ya'ni undan anglashilgan harakatning tugallangan ligini bildiradi. Bunday so'zlar ham tuzilishiga koʻra, FE'L+FE'L tarzida bo'ladi. Birinchi fe'l so'zning asosiy leksik ma'nosini ifodalaydi. Shuning uchun u yetakchi fe'l sanaladi. Ikkinchi qismi esa birinchi qismga(yetakchi fe'lga) qo'shilib, unga turli xil qo'shimcha ma'nolarini yuklaydi, lekin yetakchi fe'lning leksik ma'nosini o'zgartib yubormaydi. Undan yangi fe'l hosil bo'lmaydi. Shuning uchun bunday fe'llarga ko'makchi fe'llar deyiladi. Shuni takidlash kerakki , faqat ko'makchi fe'l vazifasini bajaruvchi alohida fe'llar mavjud emas. Bir qator mustaqil fe'llar yetakchi fe'l qo'shilganda ko'makchi fe'l vazifasida keladi. Ularga quyidagilar kiradi :boshla,yot, tur, bor, o'tib bo'l, bitir,bit, ol,ber, qo'y, chiq,kel, ket, yubor,tashla,sol, tush, qara,boq va boshqalar kiradi,
Ko'makchi fe'lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe'l hisoblanadi, Ko'makchi fe'l faqat yetakchi fe'l bilan birgalikda qoʻllaniladi. Ana shu xususiyati bilan mustaqil qo'llanuvchi olmoq(xatni olmoq)., tugatmoq(o'qishni tugatmoq), turmoq(o'rindan turmoq), tashlamoq(qogʻoz tashlamoq) fe'llardan farq qiladi.
1) ravishdoshning -a/-y shakliga qo'shiluvchi BOSHLAMOQ ko'makchi fe'li harakatning boshlanishini bildiradi.
2) ravishdoshning -a/-y shakliga qo'shiluvchi OLMOQ ko'makchi fe'li esa harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma'nosini anglatadi.
3) ravishdoshning -(i) b shakliga qo'shiluvchi YUTMOQ, TURMOQ, TURMOQ ko'makchi fe'llari harakatning davomiyligini bildiradi.
4) ravishdoshning -(b) shakliga qo'shiluvchi YUBORMOQCHI, TASHLAMOQ, QO'YMOQ ko'makchi fe'llari harakatning
tez va oson bajarilishini ifodalaydi.
5) ravishdoshning -(b) shakliga qo'shiluvchi CHIQMOQ ko'makchi fe'li harakatning to'la yakunlanganini bildiradi.
Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasida ko'makchi fe'l birdan ortiq bo'lishi mumkin. Aytib bera olmay qoldi.
TO'LIQSIZ FE'L.
To'liqsiz fe'llar ish-harakat ma'nosiga ega bo'lmay, grammatik modallik ma'nolarini gina ifodalaydi. To'liqsiz fe'llar asli bir E (arxaik forma yer) fe'l negizining turli formali bo'lib (edi, ekan, emish), ular hozirgi tilda ayrim-ayrim so'zlar sifatida tushuniladi. Bu so'zlar boshqa fe'l formalari bilan birgalikda fe'lning turli formalarini hosil qiladi.
Edi, ekan, emish fe'llari to'liqsiz fe'llar sanaladi. Bu fe'llar yetakchi fe'lning zamon shakllaridan soʻng keladi. Shaxs-son qo'shimchalari to'liqsiz fe'lga qo'shiladi; kelgan ekansan,kelgan emish, kelgan edi..
Edi, emish, ekan to'liqsiz fe'llari -di, -mish,-kan shaklida ham keladi ;borgan edi —borgandi,borgan emish—borganmish,kelar ekan —kelarkan. To'liqsiz fe'llar tuslanadi :edim, eding, edi, edik, edingiz, edilar kabi. To'liqsiz fe'llar fe'l bo'lmagan so'zlarga ham qo'shilib ularning kesim, vazifasini bajarayotganini ko'rsatadi :Otam o'qituvchi edi.
FE'LLARNING YASALISHI.
Ot, sifat, ravish so'z turkumlari singari fe'llar ham boshqa so'z turkumlaridan yasaladi.
a) Morfologik yoki fe'l yasovchi qoʻshimchalar yordamida.
b) sintaktik (kompozitsiya) yoki so'zni qo'shish yordamida fe'l yasash.
Maxsus fe'l yasovchi qoʻshimchalar yordamida fe'llarning yasalishi morfologik usul deyiladi. Morfologik, ya'ni fe'l yasovchi qoʻshimchalar yordamida ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov, taqlidiy so'z turkumlaridan fe'l yasaladi. Fe'l yasovchi qoʻshimchalar quyidagilar:
1) -la ot negizida qo'shilib, o'sha negizdan anglashilgan predmetga ega qilish (qitiqla,tuzla,moyla) o'sha predmet holatiga o'tish (muzla), o'xshash bo'lish (cho'lla), o'lchash (metrla, kilola,) o'ringa taalluqli bo'lishi (yerla, osmonla)negizidan anglashilgan paytda aloqador bo'lish (qishla) kabi ma'nolarni ifodalaydi.
2) -a, (-la) qo'shimchasi ot, sifat, ravish negizlariga qo'shilib, yuqorida -la qo'shimchasi uchun sanalgan kabi ma'no lardagi fe'llarni yasaydi:qona,o'yna, yasha,qiynalib, guldira.
3) -y, (-ay) qo'shimchasi ot, sifat, ravish negizlariga o'shilib, negizidan anglashilgan holatga kirish ma'nosini ifodalaydigan fe'l yasaydi. Masalan:kuchay,ozay.
4) -r, (-ar) qo'shimchasi sifat negiziga qo'shilib, negizdan anglashilgan holatga kirish harakatni ifodalaydigan fe'l yasaydi. Masalan: qizar,eskir.
5) -ik,(-iq)qo'shimchasi ot, ravish, son undovlardan negizdan anglatgan holda ega bo'lish ma'nosidagi fe'lni anglatadi. Masalan: yo'liq, kechik.
6) -irsiy, (-ur)qo'shimchasi ot va undovlarga qo'shilib, negizdan anglashilgan ishni bajarish ma'nosidagi fe'lni yasaydi. Masalan :gapirish, tupur.
7) -sira qo'shimchasi ot, sifat va olmoshlardan negiz anglatgan predmetni istash,o'sha xususiyatlarga ega bo'lish kabi ma'nolardagi fe'lni yasaydi. Masalan :suvsira, uyqusira.
8) - i qo'shimchasi ot va sifat negizlariga qo'shilib, negizdan anglashilgan predmet yoki holatga ega bo'lish ma'nosidagi fe'lni yasaydi. Masalan :changi, tinchi.
9) -qir, -illa qo'shimchalar taqlidiy so'zlardan o'sha ishni bajarish ma'nosidagi fe'lni yasaydi.M:hayqir.o'shqir, guvilla. 10) -lan,-lash qo'shimchalari ayni bir vaqtda ham fe'l, ham fe'lning biror nisbat formasini yasaydi. Bu qo'shimchalar asosan ot, sifat, sondan fe'l yasaydi, Masalan :otlan,zavqlan, gaplash,ikkilan, birlash,sirlash.
Fe'llarning sintaktik usulda yasalishi.
Sintaktik usul bilan murakkab fe'l hosil qilinadi. Murakkab fe'llarning ikkinchi qismi har vaqt fe'l bo'lib, birinchi qismi fe'l bo'lishi ham fe'ldan boshqa so'z turkumi. Masalan; ot, sifat va boshqalar bo'lishi mumkin. Murakkab fe'llar birinchi qismning fe'l yoki fe'ldan boshqa so'z turkumiga oid bo'lishiga ko'ra ikki turga boʻlinadi :
a) birinchi tip murakkab fe'llar.
b) ikkinchi tip murakkab fe'llar.
Birinchi tip murakkab fe'llar fe'l bilan birikishidan tuziladi. Masalan: himoya qilmoq, OH urmoq, qo'l qo'ymoq, hurmat qilmoq, qaror qil,ado et kabi. Birinchi tip murakkab fe'llarni yasashda et, ayla,qil,bo'l ko'makchi fe'llari, shuningdek, ber, qo'y, sol, chek, sur, ur kabi fe'llar ishtirok etadi. Masalan : javob ber,qo'y, imzo chek kabilar.
Ikkinchi tip murakkab fe'llar kamida ikki fe'lning birikish usuli bilan yasaladi. Bunda birinchi qism ; -a, -y yoki -b, -ib qo'shimchasi bilan yasalgan ravishdosh formasida bo'ladi., Ikkinchi qismi esa tuslanadi. Bunday fe'llar ikki xil boʻladi.
1) Leksikalizatsiyalashgan murakkab fe'l.
2) Grammatikalizatsiyalashgan murakkab fe'l.
Birikkan fe'llarning har biri oʻz leksik ma'nosini saqlanadi holda birgalikda bitta murakkab harakatni ifodalasa leksikalizatsiyalashgan murakkab fe'l hosil boʻladi. Masalan :olib chiq, sotib ol, ola kel kabi.
Birikkan fe'lning leksik ma'nosini ifodalagan holda ikkinchisi grammatik maʼno ifodalasa, grammatikalizatsiyalashgan murakkab fe'l yoki fe'lning analitik formasi hosil boʻladi. Masalan :yozib ko'r, o'qib ber, ko'rib chiq, kabi. Murakkab fe'lning leksik ma'nosini ko'pincha uning birinchi qismi ifodalaydi. Unda birikkan so'z esa murakkab fe'l bo'ladi. Masalan :yozib ko'r, ko'rib chiq, olib tur fe'l larida ish-harakat yozib, ko'rib, olib fellaridan anglashilib ko'makchi fe'llar (ko'r, chiq, tur) yetakchi fe'lning ma'nosiga qo'shimcha modal ma'no qo'shadi. Ikkinchi tip murakkab fe'l yasashda tubandagi fe'llar ko'makchi fe'l sifatida ishlatiladi.
1) gorizontal harakat bildiradigan kel, tur, bor, yur,o't, chiq, yuborilgan so'zlari.
2) Holat bildiradigan o'tir, yot, qol,bo'l so'zlari.
3) Turli ish-harakatni bildiradigan : ol,bil,quy,ber, tashla,ko'r, boqiladi, yoz, boshlarida so'zlari. Ko'makchi fe'llar yetakchi fe'lga shunday modal ma'nolarni qo'shishi mumkin.
a) harakatning davomli ekanligini :ayta tur.
b) harakatning endi boshlanishi ;ayta boshla.
d) harakatning takrorlanib turishi ;aytib yur.
e) harakatning tugallanganligi ; aytib bo'l.
f) harakatning so'zlovchidan boshqa shaxsga yoki boshqa shaxsdan so'zlovchiga yo'nalishi ; olib bor, aytib bor, aytib kelib, yozib ol, yozib ber kabi.
g) harakatning bajarilishi usuli ; yozib tashla, aytib tashla, aytib yubor.
Yetakchi fe'l bilan ko'makchi fe'l bir formada bo'lsa juft fe'l hosil boʻladi. Bunda ham leksik maʼno salmogʻi birinchi qismda bo'ladi. Masalan ; aytdi-qo'ydi, o'tdi-ketdi , oldi-qoldi, bordi-keldi kabi.
So'z qo'shilishi bilan fe'l yasalishi va uning sinonimiyasi.
Yasashga asos qismga yasovchi vosita sifatida aylamoq, qilmoq, etmoq, olmoq, bermoq, singari so'zlari qo'shilib yangi fe'l yasalishi ham mumkin. Masalan :javob berdi, olib keldi, bayon qildi, kasal bo'ldi va hakozo. Bunday yo'l bilan, odatda, Qo'shma fe'llar hosil boʻladi. Qo'shma fe'llar tarkibiga koʻra ikki turli bo'ladi. :
a) ot-fe'l tuzilishidagi Qo'shma fe'llar. Masalan :tasdiq qildi, vayron bo'ldi kabi ;
b) fe'l-fe'l tuzilishdagi Qo'shma fe'llar. Masalan :borib keldi, kirib chiqdi, olib keldi kabi :.
Fe'ldan boshqa so'zlarga qilmoq, aylamoq, etmoq, bolmoq fe'llarning qo'shilishidan hosil boʻlgan Qo'shma fe'llar ot-fe'l tuzilishidagi Qo'shma fe'llarni hosil qiladi. Masalan: bayon qilmoq (etmoq, aytmoq), turmush qilmoq, o'sal bo'lmoq, bayram qilmoq (etmoq), Yangi bo'lmoq, shunday bo'ldi, taraqqiy etdi kabi. Ikki fe'lning o'zaro birikishidan hosil boʻlgan fe'llar fe'l-fe'l tuzilishidagi qo'shma fe'llar sanaladi. Bunday qo'shma fe'llarning birinchi qismi fe'lning -b, (-b), ba'zan -a ravishdosh shaklida boʻladi. Shaxs-son, zamon, Bo'lishi-bo'lishsizlik singari qo'shimchalari qo'shma fe'lning ikkinchi qismiga qo'shiladi. Masalan, sotib olmoq,olib keldi, (ola keldi).
Ot+fe'l tuzilishidagi qo'shma fellarda ikkinchi qismmni tashkil etgan ayla uslubiy xoslangan bo'lib, faqat badiiy uslub doirasida qo'llaniladi. Qilmoq, etmoq, bo'lmoq fe'llar esa uslubiy betaraf so'zlardir. Masalan, javob qildi, javob berdi, javob etdi, javob ayladi kabi qo'shma fe'llar o'zaro sinonimik munosabatda bo'lib, ular uslubiy jihatdangina farqlanadi. Javob ayladi badiiy uslubga xos, qolganlari uslubiy betaraf so'zlar sanaladi.
Fe'llar ham boshqa mustaqil soʻz turkumlari kabi tub va yasama bo'ladi. Masalan , kel,ket,yur ,o'qi, singari fe'llar tub fe'llar : ishla, o'yna, jonlan,tasdiq qildi, kasal bo'ldi kabi fe'llar yasama sanaladi. Yasama fe'llar yasashga asos qismiga ma'lum yashovchi vosita qo'shish yordamidi bilan hosil qilinadi. Yasovchi vosita qo'shimcha yoki soʻz bo'lishi mumkin. Jumladan, yuqorida keltirilgan misollardan oxirgi ikkitasi yasashga asos qismga (tasdiq, kasal,) .
Bo'lishli va bo'lishsizlik shakllarining uslubiy xususiyatlari.
Bordi, bormadi, borgan emas, borgani yo'q fe'l shakllariga e'tibor bersangiz, birinchi shakl bilan qolgan shakllar bolishli -bo'lishsizlik ma'nosini ifodalashlariga ko'ra bir-biridan farq qilayotganini ko'rishimiz mumkin. Fe'l asosidan ifodalangan harakatning roʻy berish yoki bermasligni bildirgan shakllarga bo'lishli-bo'lishsizlik shakllari, shunday sistemasiga bo'lishli-bo'lishsizlik kategoriyasi deyiladi. Bo'lishsizlik ma'nosi maxsus shakllarga ega. Bo'lishsizlik ma'nosi esa, aksincha, bunday shakllarga ega emas. Masalan, keldi—bo'lishli ;kelgan emas, kelgan (i) yo'q —bo'lishsizlik.Bo'lishsizlik fe'llarning shaxs-son qo'shimchalari bilan o'zgarishi o'ziga xos xususiyatga ega. Bo'lishsizlik ma'nosi emas yordamida ifodalanganda shaxs-son qo'shimchasi undan soʻng, yo'q yordamida ifodalanganda esa oldin qo'llaniladi
Ayrim shevalarda shaxs-son qo'shimchalari yo'q dan soʻng qo'shiladi. Masalan ;borganini yo'q o'rniga borgan yo'qman borganingy yo'q o'rniga borgan yo'qsan. Bo'lishsizlikning yuqoridagi 3ta shakli (-ma ,emas, yo'q) o'rtasida ham ma'lum mano ma'no farqlanishi bor..
FE'LLARGA OID MISOLLAR.
1) Bir badavlat savdogar bolalariga ziyofat berayotgandi. —Hozirgi zamon.
2) Har kuni taassurotlarini kundalik daftariga yozib bordi —Ko'makchi fe'l.
3).Bilmagan ayb emas, Bilishga tirishmaslik ayb —Harakat nomi.
4) Ozod bilan Nosirning ko'nglini vahima xuddi oqshom g'ira-shirasi singari bilinar-bilinmas kela boshladi.
5) Afrosiyob —tez yurar poyezd —Sifatdosh.
6) Bolalarning ko'z ongida o'rmon bilinar-bilinmas yurishi kelardi. — Kelasi zamon sifatdoshi
7) Ana shundan keyingina Nosirning dami chiqdi.
8) Ozoda Gulmirani tinchilantirdi. —Orttirma nisbat.
9) Shaharda Koklamzorlashtirish oyligi bo'lib o'tgandi. —O'tgan zamon.
10) Novcha niholcha hamon ajal bilan olishib yotibdi. —Hozirgi zamon sifatdoshi.
11) Ko'chadan shoshilib mashinalar o'tib borardi. —Kelasi zamon sifatdoshi
12) Chollar, kampirlar, yigitlar, qizlar, bolalar, qizchalar o'tyapti yo'ldan. —Hozirgi zamon.
13) Inson qancha uzoq yashasa shuncha ko'proq yashagisi keladi. —Xabar mayli.
14) Kun bo'yi g'aflat bosib uxlama, sergak bo'l. —Buyruq mayli.
15) Kiyim chiroyli qilib kiyildi. —Majhul nisbat.
16) Bugun mahorat va qobiliyatimizni ro'yobga chiqarish uchun qancha imkoniyat hozirlab berildi —Ravishdosh
17) Chunki shahar juda go'zal va mashhur edi. —Fe'lning to'liqsiz shakli.
19) O'zbekiston—Alloh nazari tushgan, pirlar duosi ketgan go'shadir.—to'liqsiz fe'l.
20) U onasi qumsar, har dam uning rasmiga qarab sog'inardi. — sifatdosh
FE'LLARGA OID TESTLAR.
1) Fe'l so'zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anlatadi.?
A) arabcha "harakat"
B) lotincha "harakat"
C)fors-tojik "harakat"
D) nemischa "harakat"
2) Ruhiy holat fe'llariga misollar keltirilgan qatorni toping.
A) iztirob chekdi, xursand bo'ldi, kuldi.
B) yig'ladi, gapirdi, ko'rdi.
C)o'yladi, mehnat qildi, so'zladi.
D) termuldi, xursand bo'ldi, kashf qildi.
3) Fe'llar grammatik ma'nosiga ko'ra nechiga bo'linadi.
A) 2ga
B) 3ga
C) 4ga
D) 5ga.
4) Bajaruvchi ning harakati va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe'l shakllari...........sanaladi.
A) nisbatan shakllari
B) Fe'lning vazifa shakllari.
C)Fe'lning munosabat shakllari.
D) Fe'lning zamon shakllari.
5) Fe'lning nechta vazifa shakllari mavjud?
A) 4ga
B) 3ga
C)2 ga
D) 5ga
6) Orttirma nisbat qo'shimchalarini toping.
A) -ir,-ar, -tir, -dir.
B) -giz, -in,-sh, -la.
C) -uv,-la,-qiz, -giz.
D) -in, -il, -iz, -kaz.
7) -gan, -kan,-qan,-ydigan, -(a) r qo'shimchalari fe'lning qaysi vazifa shakliga kiradi.
A) sifatdosh.
B) sof fe'l.
C) ravishdosh
D) harakat nomi.
8) Kelasi zamonning -jak, -gay, -ar, -gusi shakllari qaysi uslubga xosdir.
A) badiiy va publitsistik.
B) so'zlashuv va badiiy.
C) rasmiy va publitsistik.
D) so'zlashuv va rasmiy.
9) Ota vafot etgan kampirini eslab, ba'zan o'sib yig'lardi. Yig'lardi fe'li qaysi nisbatda?.
A) Aniq nisbat.
B) Majhul nisbat.
C) birgalik nisbati.
D) O'zlik nisbat.
10) Qizlar ham, bolalar ham meni yaxshi ko'rishadi. Ko'rishadi fe'li qaysi nisbatda?.
A) Birgalik nisbati.
B) Majhul nisbat.
C) Orttirma nisbat.
D) O'zlik nisbat.
11) Fe'lning qaysi shakli zamonni ko'rsatmaydi?.
A) Harakat nomi.
B) sof fe'l.
C) Sifatdosh.
D) Ravishdosh.
12) Kampir tong qorong'usida xamir qilgani turib ho'kizdan xabar oldi. Gapda fe'lning qaysi shakllari qatnashgan?.
A) Harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh.
B) Sifatdosh, sof fe'l.
C) Ravishdosh, sof fe'l, harakat nomi.
D) Sof fe'l, harakat nomi, sifatdosh.
13) Harakat fe'llari berilgan qatorini toping.
A) Yiqilmoq,kuylamoq, gapirmoq.
B) o'tirmoq, uxlamoq, o'ylamoq.
C) yozmoq, uxlamoq. ko'rmoq.
D) fikrlamoq, o'smoq, o'ylamoq.
14) Berilgan so'zlardan o'timli fe'llarni toping.
A) joylashtirmoq, kiymoq,o'qimoq.
B) jiringlamoq, o'xshamoq, yuzlanmoq.
C) so'roqlamoq, kiyinmoq, jilmaymoq.
D) almashmoq, kelmoq, gaplashmoq.
15).........so'zi moyillik so'zidan kelib chiqqan bo'lib, bajaruvchi ning biror bir ish-harakatni bajarishga moyilligini bildiradi. Nuqtalar o'rniga mosini qoying..
A) mayl.
B) Nisbat.
C) harakat nomi.
D) zamon.
16).Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishi nima deyiladi?.
A). Aniq nisbat yoki bosh nisbat.
B) o'zlik nisbati.
C) Majhul nisbat.
D) birgalik nisbati.
17).Kiyintirildi so'zi qaysi nisbatda turibdi?.
A) majhul nisbat.
B) orttirma nisbat.
C) o'zlik nisbat.
D). Nisbat qatnashmagan.
18).Ravishdoshning -(i) b shakliga qo'shiluvchi qaysi fe'l ko'makchi fe'li harakatning to'la yakulanganini bildiradi.
A) chiqmoq.
B) tashlamoq.
C) turmoq.
D). olmoq.
19).Shart mayli edi, ekan to'liqsiz fe'llari bilan kelganda qanday ma'nosini bildiradi.
A). Orzu-istak.
B) Taxmin
C) buyruq-istak.
D). shartlilik.
20).Kiyim chiroyli qilib kiyildi. Bunda qaysi nisbat shakli qatnashgan?
A) Majhul nisbat.
B) o'zlik nisbat.
C) aniq nisbat.
D) nisbat qatnashmagan.


Yüklə 39,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin