DOIRA
Doira (childirma, chirmanda) – o`zbek, tojik va uyg`ur xalqlari orasida keng tarqalgan. Doira ansambl va yakka holda ham ijro etiladi. Doira jo`rligidagi raqslar o`zbek va tojik xalqlari orasida juda keng tarqalgan. Shashmaqom doira usulisiz ijro qilinmaydi. Buxoroda har bir maqom aytuvchi hofiz, maqom usullarini doirada ustalik bilan o`zlashtirganlar va o`z ashulalariga jo`r bo`lganlar. Shashmaqomdagi har bir kuyning o`ziga xos usuli bor. Shunga ko`ra, usullar shu kuy nomi bilan yuritiladi. Masalan: “Usuli Muhammas” (Muhammas usuli), “Usuli Talqin”, ”Usuli Tasnif” va boshqalar. Doira (childirma, chirmanda, doyra, daff, dapp) — o’zbek, tojik, uyg’ur va boshqa sharq xalqlarining cholg’u asbobi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi o’rik, yong’oqyog’ochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tamburinnikiga o’xshash xalqachalar osiladi.
Doira qadimiy musiqa cholg’ularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, eramizdan avvalgi 2-asr)da topilgan terrakota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholg’ulari tojik, arman, ozar, uyg’urlarda dap, dapp, daff, def deb nomlanadi.
20-asrda o’zbek doira ijrochilik anʼanalarini Usta Olim Komilov, T. Inog’omov, D. Sottixo’jayev, Rahim Isoxo’jayev, F. Azimov,Qahramon Dadayev, O. Kamolxo’jayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar mukammallashtirgan.
Tuzilishi[tahrir]
Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, so’nggi yillarda zarang, akatsiya, lo’lilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tamburinnikigao’xshash maʼdandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.
Gardish diametri 400—510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qo’l barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda hamda turli xil milliy cholg’u ansambllarida jo’rnavoz cholg’u sifatida foydalaniladi.
Chalish usuli[tahrir]
Doirani chalishda qo’llaniladigan ritm birliklari (naqralar) haqida qadimiy manbalarda yozilgan. Doira usuli odatda ikki xil zarbdan iborat. Biri — bak (baka, bako, bakka, bakko). Bak doira gardishiga yaqin joyga urilganda chiqadigan tovushdir. Ikkinchi zarb — bum. Bumni chalish uchun barmoqlarni cho’zib doiraning o’rtaroq qismiga uriladi.