1. Fotoliz (a) va glikoliz (b) tushunchalarining taʼrifi toʻgʻri ko’rsatilgan javobni aniqlang



Yüklə 144,07 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix15.10.2022
ölçüsü144,07 Kb.
#65181
DTM-11



 
5-VARIANT  
1. Fotoliz (a) va glikoliz (b) tushunchalarining taʼrifi 
toʻgʻri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) ketma - ket keluvchi bir qancha fermentativ 
reaksiyalar yig'indisi; 2) kislorodli parchalanish jarayoni;
3) yorug'lik ta'sirida suvning dissotsiyalanishi; 4) DNK 
molekulasining ikki hissa ortishi; 5) organik 
birikmalarning anorganik birikmalardan sintez
A) a – 2; b – 4
B) a – 3; b – 2 
C) a – 2; b – 5
D) a – 3; b – 1 
2. Litosfera fitomassasi (a) va gidrosfera zoomassasi (b) 
tarkibining aniqlang. 
1) spirogira; 2) nereida; 3) yomg’ir chuvalchangi;
4) zarang; 5) nemalion; 6) chetan; 7) zaxkash; 8) aureliya 
A) a – 4,6; b – 2,8 
B) a – 5,6; b – 3,8 
C) a – 1,5; b – 3,7 
D) a – 1,5; b – 2,8 
3. Quyidagi shimpanzening spermatogenez jarayoni 
tavirlangan. Shunga ko’ra, 4 raqam bilan ifodalangan 
hujayra ekvatsion bo’linishning anfaza I yakunidagi 
DNK sonini aniqlang. 
A) 96
B) 72
C) 24
D) 48 
4. Qaysi javobda rudiment organlar berilgan. 
A) odamning quloq suprasining harakatlantruvchi 
muskullar, sherbashara odam, quloq suprasidagi Darvin 
do’mboqchasi 
B) odamdagi qisqarish xususiyatlarini yo’qotgan dum 
muskullari va uning bir juft nervi, ko’p emchakli bola 
C) odam tanasidagi tuklar, dumli bola, ko’richakning 
chuvalchangsimon o’simtasi, uchinchi qovoq, qisqarish 
xuxusiyatlarini yo’qotgan dum muskullari 
D) odamdagi qisqarish xususiyatlarini yo’qotgan dum 
muskullari va uning bir juft nervi, uchinchi qovoq 
5. Yuragi naysimon ko’p kamerali, voyaga yetgani va 
lichinkasi yirtqich organizmlarning aniqlang. 
1) iskaptopar; 2) suluv ninachi; 3) qora uy pashshasi;
4) chivin; 5) moviy ninachi; 6) halqali ninachi
A) 1,2,5 
B) 1,3,4 
C) 1,4,6 
D) 2,5,6 
6. Salamandraga xos bo’lgan hususiyatlarni aniqlang. 
1) to’sh va qovurg’alarni o’zaro tutashib ko’krak qafasini 
hosil qiladi; 2) gastrulatsiya jarayoni urg’ochi 
organizmda kechadi; 3) ontogenez jarayoni bilvosita 
amalga oshadi; 4) triton bilan bir turkumga mansub;
5) povituxa bilan bir turkumga mansub. 
A) 2,4
B) 1,3
C) 3,4
D) 2,5 
7. Odam embrional rivojlanishi davrida soch va suyak 
qaysi murtak varaqalaridan shakillantrishni mos 
ravishda aniqlang. 
A) ektoderma va mezoderma B) ichak nayi va xorda 
C) entoderma va ektoderma D) mezoderma va entoderma 
8. Qaysi irqqa mansub odamlarning terisi qora mag’iz, 
sarg’ish, ko’zlari qo’y ko’z, sochlari tekis, qattiq va qora, 
yuqorigi qovog’i osilgan bo’ladi? 
A) mongoloid
B) negroid 
C) homo sapiens sapiens 
D) yevropoid 
9. Nuqtalar o’rniga mos keluvchi javobni aniqlang. 
Deletsiya …. 
A) genotipik o’zgaruvchanlik, xromasoma mutatsiyasi 
B) ontogenetik o’zgaruvchanlik, gen mutatsiyasi 
C) modifikatsion o’zgaruvchanlik, gen mutatsiyasi 
D) fenotipik o’zgaruvchanlik, genom mutatsiyasi 
10. Odam organizmi sekretsiya bezlari haqidagi noto’gri 
ma’lumotlarni aniqlang 
1) ichki sekretsiya bezi hisoblangan gipofizdan 
somototrop ajraladi; 2) so’lak bezlari tashqi, oshqozon 
osti bezi aralash; ter bezlari ichki sekretsiya bezi 
hisoblanadi; 3) qalqonsimon bez tiroksin garmoni ishlab 
chiqaradi; 4) oshqozon osti bezi fermantlar ishlab 
chiqaradi; 5) buyrak usti bezidan ajraladigon adrenalin 
fermenti qonga quyiladi 
A) 2,5
B) 2,4
C) 3,5
D) 1,4 
11. Odamda ko’z gavhari o’z egikligini o’zgartirishi (a), 
jismoniy va fiziologik rivojlanishining jadallashuvi (b) 
qanday ataladi? 
A) a – akseleratsiya; b – adaptatsiya 
B) a – adaptatsiya; b – atereoskleroz 
C) a – akkomadatsiya; b – akseleratsiya 
D) a – akseleratsiya; b – akkomadatsiya 
12. Qaysi javobda odam organizmi qon aylanish 
sistemasi haqida noto’g’ri ma’lumot keltirilgan? 
A) Ikki tavaqali klapan arteriya qoni harakatida ishtirok 
etadi 
B) Uch tavaqali klapan ham arteriya ham vena qoni 
harakatida ishtirok etadi 
C) Vena qon tomiri devori arteriyalarga o’xshab uchta 
qavatdan iborat, lekin devori arteriyaga nisbatan ancha 
yupqa hisoblanadi 
D) Venalardagi qon bosimi arteriyalarga nisbatan 
pastroq bo’ladi. 
13. Quyidagi jadvalda eukariot hujayratarkibidagi 
organoidlar va ularning tarkibi ifodalangan. Shunga 
ko’ra, organoidlarni tarkibi bilan to’gri juftlang. 
N Organoid 
Tarkibi 
1 Lizosoma 
A Tillakoid, stroma 
2 Ribosoma 
B Oqsil va r-RNK 
3 Xloroplast 
C Gidrolitik fermentlar 
4 vakuola 
D Organic birikmalar va 
tuzlar 
A) 1 – c; 2 – a; 3 – b; 4 – d 
B) 1 – a; 2 – b; 3 – d; 4 – c 
C) 1 – c; 2 – b; 3 – a; 4 – d 
D) 1 – a; 2 – b; 3 – c; 4 – d 


 
14. Olimlarning biologiya fani rivojiga qo’shgan hissalari 
va aniqlangan kashfiyotlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni 
aniqlang. 
1) Nilson Ele – turlararo bepushtlikni bartaraf etish 
yo’llarini aniqlagan; 2) Boyer – ilk bor genlarni klonlash 
yo’llarini ishlab chiqqan; 3) J.Gyordon – yuksak 
hayvonlar klonini yaratishni aniqlagan; 4) I.M.Sechenov 
– qon eritrotsitlaritarkibida agglutinogen moddalari 
bo’lishini aniqlagan. 
A) 2,4
B) 2,3
C) 1,2
D) 1,3 
15. Saur archa va qora jusan o’simliklariga xos bo’lgan 
umumiy tuzilmalarni aniqlang. 
1) anteridiy; 2) spermiy; 3) tuxum hujayra; 4) changdon; 
5) tuguncha; 6) gulo’rni 
A) 1,2,4 
B) 1,5,6 
C) 3,5,6 
D) 2,3,4 
16. Qaysi javobda xasharotxo’rlar turkumiga mansub 
bo’lgan hayvon keltirilgan? 
A) tapir 
B) vixuxol 
C) chumolixo’r D) maral 
17. Quyidagi holatlar o'zgaruvchanlikning qaysi turiga 
misol bo'lishini aniqlang.
1) daltonizm kasalligi; 2) translokatsiya hodisasi; 3) 
odamda ortiqcha barmoqlilik; 4) inversiya hodisasi; 5) 
tamakining 21, 48, 72 xromosomali turlarining borligi; 6) 
karamning poliploid navlarining mavjudligi:
a) xromasoma mutatsiyasi; b) gen mutatsiyasi: c) genom 
mutatsiyasi
A) a-4,5; b-2,3; c-1,6
B) a-2,6; b-1,4; c-3,5 
C) a-1,4; b-3,5; c-2,6
D) a-2,4; b-1,3; c-5,6
18. Ekologik piramida qoidasiga asoslanib 80 kg 
o’simlikni iste’mol qilgan bizon massasi qanchaga 
oshganligini (kg) aniqlang. 
(bizonning biomassasi o’simlikning 40 % quruq moddasi 
massasi hisobiga ortadi.) 
A) 48
B) 32
C) 3,2
D) 4,8 
19. Qaysi javobda dengiz tulkisi haqida to’g’ri ma’lumot 
keltirilgan? 
A) Dum va ko’krak suzgichi xivchinga aylangan, 
serpusht, suv tubida reaktiv harakat qiladi 
B) Uzoq masofadan ko’radi, shakl va rangni farq qila 
olmaydi 
C) Skeleti suyakdan iborat, jabra qopqoqlari va yon 
chiziqlari bo’lmaydi 
D) Qorin aortasidagi venoz qon jabra arteriyalari 
tomonga qarab oqadi 
20. Quyida nechta tipga (a) va nechta sinfga (b) mansub 
hayvonlar keltirilgan? 1) jigar qurti; 2) ildizog’iz 
meduzasi; 3) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 4) qizil 
chuvalchang; 5) nereida; 6) krevetka; 7) biy; 8) 
iskaptoparlar; 9) latimeriya; 10) beluga 
A) a – 7; b – 10 
B) a – 6; b – 10 
C) a – 5; b – 9
D) a – 3; b – 10 
21. Tut ipak qurti (a), bronza qo’mg’izi qurti (b), karam 
kapalagi qurti (c) uchun mos javobni aniqlang. 
A) a – konsument; b – xemotrof; c – konsument 
B) a – avtotrof; b – geteratrof; c – konsument
C) a – konsument; b – fototrof; c – zararkunanda 
D) a – konsument; b – geteratrof; c – zararkunanda 
22. Suv tanqisligida tirik organizmlarning suv bug’lanishini 
kamaytruvchi moslanishlarini aniqlang. 
1) termitlarning yer osti suvlariga qarab yo’l ochishligi; 2) 
alp o’tloqlari o’simliklarida barglarning so’linqrab turishi; 3) 
sahro baqasi maxsus siydik pufagida suvni zaxiralashi; 4) 
qarag’ay barglarining ignasimon shaklda bo’lishi 
A) 3,4
B) 1,2
C) 2,4
D) 1,3 
23. Aminokislotalar berilgan javobni aniqlang. 
A) auksin 
B) gistidin
C) guanin 
D) sitokinin 
24. Qaysi belgilar ikki juft noallel retsessiv gen ishtirokida 
yuzaga chiqadi? 
1) bug’doy donini oq rangi; 2) xo’roz tojining yong’oqsimon 
shaklil; 3) nomozshomgulning gulining pushti rangda 
bo’lishligi; 4) xoldor to’tilar patinig oq rangda bo’lishligi 
A) 1,3
B) 2,3
C) 3,4
D) 1,4 
25. Gen mutatsiyasi (1), bir hududda yashovchi turli 
populatsiyalarning o’zaro munosabati (2) tiriklikning qaysi 
tuzilish darajasida sodir bo’ladi? 
A) 1 – molekula; 2 – biogeotsenoz 
B) 1 – molekula; 2 – populatsiya 
C) 1 – populatsiya; 2 – molekula 
D) 1 – organizm; 2 – populatsiya 
26. Algeologiya sohasining o’rganish ob’yektini aniqlang, 
A) nemalion
B) oq po’panak
C) pnevmokokk 
D) soqolli usneya 
27. Quyida berilganlardan bo’g’imoyoqlilar tipiga oid to’gri 
ma’lumot keltirilgan qatorni aniqlang. 
1) bo’g’imoyoqlilar tipiga qisqichbaqasimonlar
o’rgimchaksimonlar va hasharotlar sinflari kiradi; 2) 
qadimgi bo’g’imoyoqlilardan trilobitlar kelib chiqqan; 3) 
bo’g’imoyoqlilar barcha vakillarining tanasi bosh, ko’krak 
va qorin bo’limlaridan iborat; 4) tanasi xitin po’st bilan 
qoplangan; 5) hasharotlarning ko’zlari murakkab 
mo’ylovlari ikki juft; 6) tashqi skeletga ega 
A) 2,3,5 
B) 2,4,5 
C) 3,5,6 
D) 1,4,6 
28. Quyidagi genotiplar orasidan yong’oqsimon tojli (a) va 
oddiy tojli (b) xo’rozlar genotiplari ko’rsatilgan javobni 
aniqlang. 1) AAbb; 2) AABb; 3) aabb; 4) AABB; 5) aaBB;
6) AaBB; 7) aaBb; 8) AaBb; 9) Aabb 
A) a – 3,7; b – 6 
B) a – 2,4; b – 3 
C) a – 1,9; b – 2,8 
D) a – 1,5; b – 4 
29. ,,Takson’’ atamasiga to’gri tarif berilgan javobni 
aniqlang. 
A) qarindosh bo’lmagan turlarda o’xshash muhit 
sharoitlarida yashash moslanish natijasida o’xshash 
belgilarning mustaqil holda rivojlanishi 
B) har xil yashash sharoitlariga moslanish natijasida ajdod 
tur belgilarining ajralishi 
C) sistematikada qabul qilingan organizmlar guruhlari 
D) tarixiy jarayonda murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga 
o’tish 
30. Tarkibidagi jami nukleotidlarning 25 % ini guaning 
tashkil etgan DNK qo’sh zanjiridagi jami adening 
nukleotidlarining soni 60 ta bo’lsa, undagi jami purinlar 
soni aniqlang. 
A) 50
B) 180
C) 60
D) 120 

Yüklə 144,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin