Qisqichbaqasimonlar (Crustatsea) kenja tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi Ergasheva Iroda Olim qizi TerDU Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‟nalishi 2- kurs talabasi Xolmamatov Sherali Rustam o’g’li TerDU Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‟nalishi 2- kurs talabasi Ibrohimova Jumagul Qayumjon qizi TerDU Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‟nalishi 2- kurs talabasi Mamarajabova Umida Xujaqul qizi TerDU Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’im yo‟nalishi 2- kurs talabasi kulteti biologiya ta’lim yo‟nalishi 2- kurs talabasi
Tayanch so’z va iboralar: bosh-ko`krak, rostrum, gnatotsefalon,Jabra
Qisqichbaqasimonlar, qisqichbaqalar — boʻgʻimoyoqlilartipiningsinfi. 30000 ga yaqin turi bor. Uzunligi mm ning bir boʻlagidan 80 sm, baʼzi gurlari (mas, yapon krabi) oyoqlari yoyilganida tanasining kengligi 3 m ga yetadi. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan, odatda, 3 boʻlim: bosh, koʻkrak va qorin farq qilinadi; xitin sovut bilan qoplangan. Bir xil qisqichbaqasimonlarning yaxlit bosh kapsulasi (sinsefalon) antennulalarga ega boʻlgan bosh oʻsimtasi va 4 bosh boʻgʻimidan iborat. Bosh boʻgʻimlaridaantennalar, bir juft yuqori jagʻ, 2 juft pastki jag joylashgan. Boshqa qisqichbaqasimonlarning akron va antennal boʻgʻimdan iborat birlamchi boshi (prototsefalon) jagʻ boʻgʻimlari (gnatotsefalon) bilan harakatchan qoʻshilgan. Odatda, qisqichbaqasimonlar koʻkragining bir necha boʻgimlari bosh bilan qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi, ularning oʻsimtalari esa oziqni maydalovchi va ogʻizga suruvchi oyoq jagʻlarga aylanadi. Koʻpchilik qisqichbaqasimonlar boshining keyingi qismi va koʻkrak boʻlimi yon va ustki tomondan qalqonsimon, ikki tavaqali yoki yarim silindr shaklidagi xitinlashgan sovut bilan qoplangan. Ayrim qisqichbaqasimonlar (mas, shoxdor moʻylovdilar boshi choʻziq pastga egilgan tumshuq — rostrumga aylangan. Qisqichbaqasimonlarning turli guruhlarida koʻkrak va qorin boʻgʻimlari soni va oyoqlarining tuzilishi har xil. Tuban qisqichbaqasimonlar koʻrkak oyoqlari harakatlanish, nafas olish va oziqni ogʻizga surish vazifasini bajaradi. Birmuncha yuksak tuzilgan qisqichbaqasimonlarda bu vazifalarni har xil oyoqlar bajarada.
Suvda yashovchi bo`g`imoyoqlilar qisqichbaqasimonlar sinfiga kiradi. Ular orasida zahkashlar quruqlikda yashashga moslashgan. Ko`pchilik qisqichbaqasimonlar erkin hayot kechiradi. Faqat ayrim turlari baliq va boshqa suv hayvonlari terisida parazitlik qiladi. Qisqichbaqasimonlar bosh qismida ikki juft mo`ylovlarining rivojlanganligi va yurish oyoqlarining uchida ayrisi bo`lishi bilan boshqa bo`g`imoyoqlilardan farq qiladi. Jabralar yordamida nafas oladi. Ko`pchilik turlari baliqlar, kitlar va boshqa suv hayvonlari uchun oziq hisoblanadi, ayrim yirik turlari mazali va qimmatbaho go`shti uchun ovlanadi. Daryo qisqichbaqasi ularning tipik vakili hisoblanadi.